Toshkent iqtisodiyot va
nisbatan yuqori darajasiga o‘tish
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
nisbatan yuqori darajasiga o‘tish. YUqori darajada rivojlangan
mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo‘lgan xo‘jalik o‘zaro aloqalarining juda katta tarmog‘iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan etkazib beriluvchi ko‘plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSH “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi. Uchinchi yo‘nalish – xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. • Jahonda xo‘jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o‘zgarishi ko‘p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog‘liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo‘ladi: a) butun jahonni to‘liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo‘ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo‘ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o‘tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi. To‘rtinchi yo‘nalish – xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. • Jahon xo‘jaligi sub’ektlarining o‘zaro aloqasi hamda o‘zaro bog‘liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko‘proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. Shuningdek, jahon xo‘jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat: • 1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi; • 2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi; • 3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi; • 4) turli mamlakatlarda aholi sonining o‘zgarishining farqlanishi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling