Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida
ularni tashqi iqtisodiy
aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham yuritiladi)
– bu jahonning turli
mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmuidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon
bo‘ladi:
• 1) tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
• 2) kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
• 3) ishchi kuchi migratsiyasi;
• 4) ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
• 5) fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
• 6) valyuta-kredit munosabatlari.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya –
bu turli mamlakatlar iqtisodiy
aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular
xo‘jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
• 1) erkin savdo hududlari;
• 2) bojxona ittifoqi;
• 3) to‘lov ittifoqi;
• 4) umumiy bozor;
• 5) iqtisodiy va valyuta ittifoqi;