Toshkent irrigasiya va qishloq


Download 250 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi250 Kb.
#1374991
1   2   3
Bog'liq
2 5274006469807702967

Korxona majburiyati: 
 
1. Ishlab chiqarishga oid ishlar boshlangunga qadar talabalarni 
texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va ularning bilimini 
korxonada o`rnatilgan tartiblar asosida tekshirib ko`rish. 
2. Amaliyotchi talablarni dasturga mos keladigan amaliyot joylari 
bilan ta`minlash, texnika va hujjatlardan foydalanish imkoniyatini 
yaratib berib, ixtisosligi bo`yicha iqtisodiy sohada mehnatni ilmiy 
tashkil qilishda zaruriy bilimlarga ega bo`lish uchun sharoit 
yaratib berish, talabalar o`rtasida siyosiy- tarbiyaviy ishlarni 
o`tkazish. 
3. Talabalarga: Malakaviy amaliyotni o`tish davrida talabalarni 
bepul maxsus kiyim poyafzal va korxona xodimlariga mos 
o`rnatilgan qoidalar bo`yicha alohida himoya vositalari bilan 
ta`minlash. 
 



Talabalarga eslatma 
1. Talaba malakaviy amaliyot o`tadigan korxonaga (tashkilotga)
belgilangan vaqtda kelishi va amaliyot o`tsh uchun hujjatlarini 
rasmiylashtirishi lozim. 
2. Amaliyotchi ta laba a ma liyot dastur ida ko`z da tutilga n
topshiriqlarni to`la bajarish lozim. 
3. Talaba mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab 
chiqarish sanitariyasi qoidalartiga rioya qilish lozim. 
4. Talaba kundaligini amaliyot rahbarlarining talabi bilan va 
amaliyot davomida qanday tekshiruvda ko`rsatishi shart. 
5. Talabalar haftada 1 marta kundaligiga bajarilgan ishlarni 
tasdiqlatish uchun amaliyot rahbariga imzo qo`ydirishi lozim. 
6. Talaba malakaviy amaliyot davomida ekskursiyalarni, nazariy 
bilimlarni va alohida berilgan topshiriqlarni kundalikning ma`lum 
bo`limlariga yozib boradi. 
7. Siyosiy jamoa ishlarining bajarilishi kundalikning ma`lum 
bo`limida qayd qilinadi va korxona “Kamolot” jamg`armasi 
bo`shlig`ining imzosi, korxona muhri bilan tasdiqlanadi. 
8. Talaba malakaviy amaliyot oxirida korxona tomonidan 
beriladigan tavsifnomani rasmiylashtirish uchun kundalik 
amaliyot rahbariga ko`rsatishi lozim. Bu tavsifnoma korxona 
rahbarining imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. 
9. Malakaviy amaliyot tugaganidan keyin, talaba rasmiylashtirilgan 
kundalikni hisobot bilan birgalikda institutdan biriktirilgan 
amaliyot rahbariga topshiradi. 
YO`RIQNOMA
1. Malakaviy (Ishlab chiqarish) amaliyoti o`quv jaroyonining 
tarkibiy qismi hisoblandi va kurs, malakaviy bitiruv ishi 
(loyihani) boshlang`ich manba sifatida o`z ichiga oladi. 
2. Talaba ishlab chiqarish amaliyotini o`tish davrida korxonaning
ichki tartib – qoidalariga to`la bo`ysunishi kerak, korxonaning 
aniq talablariga va sharoitiga, malakaviy amaliyot dasturiga 
muvofiq hamma topshiriqlarni bajarishi shart. 
3. Talaba amaliyot dasturi va topshirig`iga mos hisobotni tuzish va
muntazam ishlashi kerak va malakaviy amaliyot tugashi 
arafasida hisobotni tugatishi shart.

Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling