Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana17.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1705566
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2LfoB8D6piLNZF4A7mWsvNuj8DjAct0Qf0L0IqhN

 
Asosiy qism 
1. Geoaxborot tizimida datum tushunchasi 
Geoaxborot tizimida qo„llaniladigan Datum sferoidning joylashuvini yYerning 
markaziga nisbatan aniqlaydi, ya‟ni sferoid va datum bir-biri bilan bog„liq 
tushunchalardir.
Yer shaklining shardan farqlanishini birinchi bo„lib Nyuton e‟tirof etdi. 1682 
yili u e‟lon qilgan nazariya – Butun dunyo tortishish qonuniga binoan, Yer o„z o„qi 
atrofida ma‟lum tezlikda aylanishi tufayli, u shar shaklida bo„lmay, balki ikki 
qutblari bo„yicha siqilgan sferoid (ellipsoid) shaklida ekanligini ma‟lum qildi. 
Yerning shakli juda murakkab va o„ziga xos xususiyatga ega.
Yerning tabiiy yuzasi balandlik va chuqurlik, tog„lik va tekislik, tizma tog„ va 
vodiylardan iborat. Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli 


19 
deganda, uning tabiiy shakli e‟tiborga olinmaydi, faqat uning matematik shakli 
tushuniladi. Ana shu matematik shakllardan Yerning tabiiy shakliga eng yaqini 
geoiddir. Geoid – okean suvi tinch turgan paytda uning sathi bo„yicha okean 
quruqlik ostidan sathiy yuza o„tkazilganda hosil bo„ladigan yumaloq shakldir. 
Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza o„tkazish mumkin. Sathiy yuza 
o„ziga hos xususiyatga ega bo„lib, uning barcha nuqtalarida shovun chizig„i 
perpendikulyar yo„nalgan bo„ladi. Bu shakl yer shakli deb qabul qilingan.
Yerning shakli deyilganda, qurulikdagi past-balandliklar e‟tiborga olinmaydi. 
Chunki, yer yuzining ko„p qismi (71%) okean va dengizlar, o„z qismi (29%) 
quruqlikni tashkil etadi. Yerning geoid shakli tortish kuchi ta‟siriga, tortish kuchi 
esa yer bag„ridagi jinslarning joylashishi va zichligiga bog„liq. Yerning ichki 
tuzilishi bir xil bo„lsa, yer yuzasi silliq bo„lardi. Yerning ichki qismi har xil 
jinslardan tashkil topganligi uchun geoid yuzasi to„lqinsimon bo„ladi. 
Biz geodeziya kursidan bilamizki, Yerning asosiy sathiy yuzasi boshlanich 
yuza deb qabul qilingan va u okean suvlarining tinch turgandagi yuzasidan 
boshlanadi. Tinch holatdagi okean va dengiz suvlari satining fikran qita‟lar ostidan 
shovun chizig„iga perpendikulyar qilib davom ettirishdan hosil bo„lgan 
shaklga geoid deb ataladi. 
Datum tushunchasi – Yerning matematik modeli bo„lib, joyning geografik 
koordinatasini hisoblash uchun asos yoki referens bo„lib xizmat qiladi. Datum 
tushunchasi Yerning haqiqiy shakli va ellipsoid orasidagi farqni ajratish uchun 
qo„llaniladigan hisoblashlar yig„indisi sifatida qaraladi. 
...............................................................................................................................
................................................................................................................................ 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling