Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali
Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi (3)
Amir Temurning tarixiy xizmati yana shundan iboratki, uning harakatlari
tufayli Osiyo va yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona – jo’g’rofiy- siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Islom Karimov Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaligi, diplomatliligi va yetuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli milliy yuksalish va insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ulkan markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-mo’g’ul an’analariga amal qilgan holda o’z davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida in’om qilish yo’li bilan boshqargan. Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarini to’rt ulusga bo’lib, farzandlariga in’om etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib berilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalar-da, lekin amalda batamom markaziy hokimiyatga bo’ysundilar. Temurning o’ta darajadagi zukkoligini shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida o’zaro nizolar kelib chiqmasligi uchun ularning faoliyatini doimo o’zi nazorat qilib turadi.Temur davlatining eng ko’zga ko’ringan va muammoli tomoni shundaki, sohibqiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya topgan bo’lsa-da, davlat mafkurasining boshqaruv tayanchi kuchli hokimiyat ekanligini tushundi va davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan vazirlarni tanlashga harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi lozim deb hisoblagan: birinchisi-asllik, toza nasllilik, ikkinchisi-aql- farosatlilik, uchinchisi-sipohu raiyat ahlidan xabardorlik, to’rtinchisi-sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik.Amir Temur hukmronlik qilgan davlarda davlatning markaziy ma’muriyati boshida devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar yig’ish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganlar.Bu davrlarda yerga egalikning ba’zi turlari mavjud bo’lib, ular suyurg’ol yerlar, vaqf yerlar, jamoa yerlari edi. Xususiy yer egalari tarxon unvonini olganlar, davlatga soliq to’lashda ba’zi imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod qilganlar. Amir Temur davrida asosiy soliq daromad solig’i-xiroj bo’lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron sahroni obod qilsa, yoki yer osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron bog’ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod qilsa, faqat yerni o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun doirasida xiroj solig’i olingan. Undan tashqari ushr, mol, suvloq kabi soliq turlari mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga binoan to’plangan. Soliq to’plovchi soliq yig’ish jarayonida soliqni yaxshi so’zlar bilan to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini nazorat qilishi shart edi. Amir Temur davlatni mustahkamlashda qonun-qoidalarning tutgan o’rniga keng e’tibor berdi. Fransuz olimi Alfons de Lamartin Amir Temur davlati haqida shuday degan edi: «Evropa na Iskandarda, na Atillada va na Moskoviya zafarini quchgan yangi fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas». «Davlat ishlarini, -deb yozgan edi Amir Temur, saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim». Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi. Dastlab, Samarqandni poytaxt qilib olgach, u juda katta imtiyozlarga ega bo’lgan shaharga aylanadi. Sohibqiron harakati bilan Samarqandda dunyoning yirik shaharlaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar bino etildi. Hatto g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar qo’nib o’tadigan maxsus joylar ham qurilgan. SHahar atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralib, Ohanin, SHayxzoda, CHorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar ham aynan shu yerda quriladi. Temur noyob qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli go’zal bog’lar qurdirardi.Temur ulkan sohibqiron sifatida o’zining ona yurti Keshga katta diqqat-e’tibor bilan qaradi. YOzma manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur SHahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo ettiradi. Sohibqirondagi ulug’ sahovatning yana bir tomoni shunda ediki, u bepoyon dashtlar bilan qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga keng e’tibor berdi. Jumladan, Xoja Ahmad YAssaviy maqbarasini qurish bilan bu yerda nafaqat obodonchilik, balki ko’chmanchi va o’troq aholi orasidagi munosabatni yaxshi yo’lga qo’yish, urug’lar o’rtasida tinchlik saqlash maqsadi yotgani ma’lum.Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib o’tmoq lozim. Temurning sa’y-harakatlari bilan Buxoro, SHahrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchilikning keng rivojlanishi shaharlarda hunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib borishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Sohibqiron savdo yo’llari rivojiga, uning tinchligiga keng e’tibor berib bordi. SHaxsan o’zining nazorati ostida savdo yo’llari nazorat qilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi.Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashqari siyosiy hayotda ham kuch keng yo’lga qo’ydi. Sohibqiron chet davlatlar bilan aloqani keng yo’lga qo’ydi. U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat’iy, faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara oldi. Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabalaridan so’ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. SHunday qilib u yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini ko’rsatib o’z davlati shuhratini yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatini dovrug’i bu mamlakatlarga yetib borishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatishga intilganlar. SHu bois ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Temurning chet davlatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p yordam bergan.Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. Sohibqiron o’z davrining fan va madaniyati jonkuyari sifatida shuhrat qozondi. Temur taqvodor ruhoniylarga chuqur hurmat bilan qaradi. Ularning duolarini oldi, doimo kamsitilgan mazhab tarafdorlarini o’z himoyasiga oldi. Darvesh, faqir va miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslik uchun barcha talablarini bajardi.O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy taraqqiyotida Temurning diniy va dunyoviy bilimlariga e’tibor berishi katta ahamiyatga ega edi. Sohibqiron doimo ilm ahli va ulamo bilan suhbatda bo’lib, qalbi toza kishilarga talpingan. Temur davridagi ilm-fan, me’morchilik, san’at sohalari o’z davriga nisbatan o’ta darajada rivojlanib, yuksak ma’naviy boylik darajasiga ko’tarildi. SHu davrning nodir qo’lyozmalari tarixning mo’jizasiga aylanib qoldi.Din jamiyatda mafkuraning ustunlaridan biri bo’lganligi sababli sohibqiron dinga keng e’tibor berdi. U nafaqat askarlarini, balki barcha fuqarolarini musulmonchilik ruhida tarbiyalashga harakat qilgan. Uning doimo amal qilib kelgan «Kuch adolatdadir» degan so’zlari uning davlatni boshqarishdagi yuksak qobiliyatidan dalolat beradi.Mashhur muarrixlardan biri Nizomiddin SHomiy o’zining «Zafarnoma» asarida shunday yozadi: «... uning adolatiyu siyosati o’rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridagina emas, balki Xo’tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atrofigacha, Bobil Abvobdan to Misr va Rum hududigacha bo’lgan yerlardan savdogarlar u yerda tursin, bolalaru, beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollari keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsa ularning bir doniga ham ko’z olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va poyonsiz marhamatlar Amir sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir».Bu o’rinda shuni ta’kidlash joizki, Temurning hayoti katta jangnoma, u ko’plab mamlakatlarni o’z tasarrufiga oldi. Lekin bu yerdagi asosiy masala - Temur shaxsining ustunligini va idora qilish qudratining sirlarini, mohir sarkarda va tinchlik pos-boni, fuqaro farovonligi rahnamosi sifatidagi shaxs ekanligi, uning yuksak me’moriy inshootlar qurishdagi o’rnini izohlash, uning yechimini topishdir. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling