Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali
«Temur tuzuklari» - adolatli hamda kuchli davlat barpo etishdagi muhim
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Temur «Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan» davlatni barpo etdi.
«Temur tuzuklari» - adolatli hamda kuchli davlat barpo etishdagi muhim
qonun-qoidalar sifatida: Buyuk strateg, mohir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qat’iy islohatchisi, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyatning homiysi bo’lgan Amir Temur «Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan» davlatni barpo etdi. Islom Karimov Amir Temur va temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar anchagina bo’lib, ular orasida «Temur tuzuklari» buyuk jahongir hayotiga va faoliyatiga bag’ishlangan asarlar ichida shubhasiz alohida ahamiyat kasb etadi. «Temur tuzuklari» jahonning mashhur kutubxonalaridan joy olgan qimmatli asardir.«Temur tuzuklari» ikki qism, 56 ta banddan iborat tarixiy va huquqiy asar bo’lib, unda sohibqironning davlat tuzilish va mamlakatlarni boshqarish xususidagi nuqtai nazari bayon qilinadi. Bu asardan ko’plab sharq hukmdorlari o’zlarining faoliyatlari davomida foydalanganlar va unga yuqori baho berganlar. Jumladan, SHoh Jahon (1628- 1657), Qo’qon xoni Muhammad Alixon (1821-1842), Buxoro amiri Abdullahadxon (1885-1910) «Tuzukot» dan parchalar ko’chirtirib, ulardan o’z faoliyatlarida foydalanganlar. «Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning yetti yoshidan to vafotiga qadar (1342-1405 yil 18 fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat tuzishi, qo’shni yurt va mamlakatlarni, masalan Eron va Afg’onistonni o’z tasarrufiga kiritishi, Oltin O’rda xoni To’xtamishxon ustixon, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.Ikkinchi qismi Sohibqironning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o’ziga xos vasiyat va pandu nasihatlaridan iboratdir. Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi. Amir Temur o’z oldiga ulug’ davlatning ichki siyosati va ishchan davlat tizimini qadimiy tajribalardan ijodiy foydalangan holda tuzish, harbiy siyosatni zamon talabi asosida tobora takomillashtirib, mo’g’ul istilosi asoratlarini tezroq bartaraf etib, xo’jalikni oyoqqa turg’izish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni bir me’yorga tushirish va rivojlantirish, aholi manfaatlarini himoya qilish, islom diniga rivoj berish, ilm-fan, madaniyat, me’morchilikni tubdan rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini keng ko’lamda jadallashtirish kabi dolzarb vazifalarni qo’ygan edi. Uning bunday sa’y-harakatlari katta kuch-g’ayrat, mablag’, bilim va oqilona tadbirlarni talab etar edi. Temur yetuk siyosatdon va mohir davlat arbobi bo’lib, u o’zidan avval o’tgan hukmdorlardan farqli ravishda, davlat va mamlakatni boshqarishda bir yoki ikki tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyangan. Amir Temur davri ma’naviyati va hozirgi zamon: Amir Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash – o’zligimizni anglash demakdir. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling