Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketish oqibatlari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketish oqibatlari: 
Uchta  xonlik  boshqaruv  tizimida  feodal  munosabatlar  asos  qilib  olingan  edi. 
Xonliklar  hududida  yer  egaligining  uchta  turi:  davlat  yerlari,  xususiy  yerlar,  vaqf 
yerlari mavjud edi. 
Xonliklar  aholisi  asosan  dehqonchilik,  chorvachilik  va  hunarmandchilik  bilan 
shug’ullanar  edilar.  Asosiy  soliq  turlari  xiroj,  zakot  bo’lib,  shu  bilan  birga  turli 
majburiyatlar  mavjud  edi.  Bular  Xiva  xonligida  begar,  qazuv,  mushrifona  va 
boshqalar bo’lsa, Buxoro amirligida urush paytda olinadigan favqulodda soliq-jul, 
suv  haqi,  nimsara  va  boshqalar,  Qo’qon  xonligida  esa  hashar,  harbiy  xizmat 
majburiyatlari bor edi. 
Xonliklar  boshqaruvida  islom  mafkurasi  asosiy  o’rinni  egallagan  bo’lib,  diniy 
mutaassiblik  mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatar edi. Ayniqsa, xonliklar 
ichidagi  etnik  guruhbozlik  fuqarolarning  tinch  va  osoyishta  hayot  kechirishiga 
to’siq  bo’lar  edi.  Undan  tashqari  turli  urug’  vakillari  davlat  boshqaruvida  yuqori 


mavqega  ega  bo’lish  uchun  boshqa  urug’  vakillariga  qarshi  zimdan  va 
ochiqchasiga  kurash  olib  borib,  siyosiy  beqarorlikni  keltirib  chiqarar  edilar.  Buni 
Xiva  xonligidagi  XVIII  asr  voqealarida  yaqqol  ko’rishimiz  mumkin.  Bu  davrda 
Xivada turli urug’ vakillaridan xonlar ko’tarildi. 
Bu  xonlarning  almashishi  xalq  uchun  katta  kulfatlar  keltirar  edi.  XVII  asr 
oxirlariga kelib, Xiva xonligida qo’ng’irotlarning mavqei osha  bordi va 1804 yilda 
ular  Xiva  xonligi  taxtini  egallab,  1920  yilgacha  bu  xonlikda  hukmronlik  qilishdi. 
Qo’qon  xonligida  hukmronlik  qilishgan  minglar  sulolasi  o’zlarining  tashqi 
istilochilik  urushlari  va  o’zaro  sulolaviy  kurashlari  bilan  xonlik  aholisining 
ijtimoiy,  iqtisodiy  ahvolini  yanada  og’irlashtirdi.  Ayniqsa  Xudoyorxon  davrida 
talonchilik  urushlari  va  solingan  ko’plab  soliqlar  xalqning  ko’plab  noroziligiga 
sabab  bo’ldi,  natijada  Xudoyorxon  ikki  marotaba  taxtdan  haydalib,  yana  taxtni 
egalladi.  Minglar  sulolasi  Qo’qonda  1710  yildan  1876  yilgacha  hukmronlik 
qilishdi.XVII-XVIII asrning birinchi yarmida bitta iqtisodiy hududdagi bir elat, bir 
xalqning  uchta  mustaqil, siyosiy xonlikka ajralib ketishi, bu hududda yashayotgan 
xalqlarning  boshiga  juda  og’ir  kulfatlarni  keltirdi.  Xonliklar  ichidagi  sulolaviy  va 
o’zaro  urushlari  xalqning  og’ir  ahvolini  yanada  og’irlashtirdi.  Xivaliklarning 
turkman  urug’lariga  qarshi  uyushtiradigan  mavsumiy  talonchilik  yurishlari, 
Buxoro  amirligining  Kitob  va  SHahrisabz  bekliklariga  qarshi  olib  borgan  doimiy 
urushlari,  Qo’qon  xonligining  Toshkent  va  Xo’jand  uchun  Buxoro  amiriga  qarshi 
kurashlari  bitta  xalqning  parchalanishiga,  o’zaro  madaniy,  savdo  aloqalarining 
uzilib  qolishiga  sabab  bo’ldi.  Xonliklar  hududidagi  xalq  norozilik  harakatlari 
shafqatsizlik bilan bostirildi, har qanday ilg’or fikr, yangilik diniy mutaassiblarning 
ta’qibiga uchrar edi. Bu paytda nafaqat boshqa hududlar bilan hatto Qo’qon, Xiva, 
Buxorodagi madaniy markazlarning ham o’zaro aloqasi yo’q edi. Bu o’z navbatida 
O’rta  Osiyo  ilm-fanini  turg’unlikka,  hatto  tanazzulga  olib  keldi.  Tabiiy  fanlarga 
e’tibor umuman yo’qoldi. O’rta Osiyo xalqlari yevropa fan texnika taraqqiyotidan 
bexabar bo’lib, orqada qolib ketdi.Rossiya bilan o’rnatilgan savdo aloqalari asosan 
bir guruh boylar qo’lida bo’lib, ular madaniy aloqalarga, fan-texnika taraqqiyotini 
kirib  kelishiga  aytarli  ta’sir  ko’rsatmadi  va  o’lkadagi  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat  chor  Rossiyasining  o’z  agressiv  maqsadlari  uchun  sharoit  yaratib  berdi. 
Natijada Rossiya O’rta Osiyoni osonlik bilan bosib oldi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling