Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


 -mavzu.  Turkistonda sovet hokimiyatining   o’rnatilishi va unga qarshi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

10 -mavzu.  Turkistonda sovet hokimiyatining   o’rnatilishi va unga qarshi 
qurolli harakat. 
Reja: 
1. 1917 yil fevral inqilobining Turkistonga ta’siri.Muxtoriyatchilik  harakati. 
       2.      Turkistonda  mustabid  sovet  hokimiyatining  o’rnatilishi,  uning 
shovinistik siyosati 
       3.   Xorazm va  Buxoroda  demokratik harakatlarning o’sib borishi. Xiva 
xonligi va Buxoro amirligining emirilishi. 
      4. Turkistonda sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat va uning ahamiyati. 
 
Turkistondagi oktyabr voqealari va bolsheviklarning zo’ravonlik bilan hokimiyatni 
egallashi ularga o’z maqsadlarini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. 
SHunga  qaramay,  ular  Petrogradda  tuzilgan  Lenin  boshchiligidagi  bolsheviklar 
hokimiyatining «Rossiya xalqlari Deklaratsiyasi» (1917 yil 2 noyabr), «Rossiya va 
sharqning  barcha  musulmon  mehnatkashlariga»  Murojaatnoma  (1917  yil  20 
noyabr),  hujjatlarda  ko’rsatilgan  millatlarning  o’z  taqdirini  o’zi  belgilashi 
to’g’risidagi  huquqlardan  foydalanib,  Turkiston  muxtoriyati  hukumatini  e’lon 
qildilar.  Uch  oygina  yashagan  bu  muxtor  respublika  tugatilishi  oqibatida  jadidlar 
ta’qibga  uchradilar.  Munavvarqori  Abdurashidxonovning  guvohlik  berishicha, 
«Ittihodi  taraqqiy»  (1917-1920),  «Milliy  ittihod»  (1920-1925),  «Milliy  istiqlol» 
(1925-1929)  va  «Turkiston  Milliy  Birligi»  (1921-1923)  (raisi  Ahmad  Zakiy 
Validiy)  maxfiy  tashkilotlari  o’lkada  hokimiyatni  qo’lga  olish  maqsadida  faoliyat 
yuritgan.Sovet  davrida  jadidlardan  chiqqan  milliy  ziyolilar  sovet  organlarida 
faoliyat ko’rsatdilar  va  o’z  faoliyatlari  bilan  xalq  ta’limi  san’atini  rivojlantirishga 
ma’rifiy  ishlarni  taraqqiy  ettirishga  harakat  qildilar.  Jadidlarning  ayrim  qismi 
mustabid  tuzumning  siyosatiga  ko’nikmay  xorijga  o’tib  ketdilar,  muayyan  qismi 
esa  istiqlolchilar  harakatiga  qo’shilib  ketdilar.  Istiqlolchilik  harakatiga  g’oyaviy 
rahnamolik qilish, ayniqsa, sovet organlarida ishlab,  milliy  mustaqillik  g’oyalarini 
targ’ib  qilishdagi  sa’y-harakatlari  jadidlarning  sovetlar  tomonidan  1929,  1937-
1938  yillarda  ommaviy  qirg’in  qilinishiga  olib  keldi.Buxoro  amirligi  va  Xiva 
xonligida jadidchilik  harakati Turkistondagi kabi  XIX asr oxiri-XX asr boshlarida 
shakllangan  bo’lsa  ham  bu  hududlardagi  tarixiy  sharoit  undagi  jadidchilik 
harakatiga  ham  o’ziga  xos  xususiyatlar  baxsh  etdi.  Buxoro  va  Xiva  jadidlari 
dastlab  amir  va  xon  hukmronligini  cheklash,  mavjud  tuzum  sharoitida  islohotlar 
o’tkazib, jamiyat taraqqiyoti va milliy mustaqillikni qo’lga kiritishni maqsad qilib 
qo’ygan  bo’lsalar,  keyinchalik  xon  va  amir  yakka  hukmronligi  har  qanday 
taraqqiyotga  to’siq  ekanligini  tushunib  yetdilar.  CHunki  1917  yilda  Xivada 
Asfandiyorxon  ruxsati  bilan  tuzilgan  yosh  xivaliklardan  iborat  majlis  va  nozirlar 
kengashi,  ularning  taqiqlanishi  va  Junaidxon  davridagi  yosh  xivaliklarning  qattiq 
ta’qib  qilinishi;  Buxoro  amiri  Said  Olimxonning  o’zi  qabul  qilgan  islohotlar 
o’tkazish  haqidagi  farmonini  bekor  qilishi  va  1918-1920  yillarda  yosh 
buxoroliklarning  quvg’inga uchrashi shunga olib kelgan. Buxoro va Xorazm Xalq 
Respublikalarida  jadidlar  hukumat  organlarida  rahbar  lavozimlarida  ishlab 
mamlakatni  taraqqiy  qildirish  va  mustaqillikni  saqlab  qolishga  intildilar  (1920-


1924).  Biroq  sovet  rejimi  avval  Buxoro  va  Xorazm  davlatlari  mavjudligiga  chek 
quygan bo’lsa, keyinchalik barcha jadid namoyondalarini jismonan mahv qildi. 
1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilobi g’alabasi Turkiston o’lkasiga 
ham  o’z  ta’sirini  o’tkazdi.  Natijada  Turkistonda  ham  ishchi  va  soldat  deputatlari 
Sovetlari  va  har  xil  toifalar  vakillaridan  tuzilgan  ijroiya  komitetlar  tashkil  etila 
boshlandi.  Toshkentning  hamma  dahalari  vakillari  to’planib  «SHo’roi  Islomiya» 
tashkilotini tuzdilar. 
1917  yilning  mart  oyida  o’lka  muxtoriyati  masalasi  Turkiston  ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagi  asosiy  masala  bo’lib  qoldi.  Turkistonga  muxtoriyat  maqomini  berish 
g’oyasi  nafaqat  demokratik  ziyolilar  o’rtasida,  hatto  oddiy  fuqarolar  orasida  ham 
tarqala  boshladi.  31  mart  kuni  rus  podshosining  o’lkadagi  tayanchi-Turkiston 
general-gubernatori  hokimiyatni  tark  etdi.  1917  yil  7  aprelda  Muvaqqat  hukumat 
qarori  bilan  kadet N.N.SHchepkin  raisligida Turkiston  qo’mitasi  tashkil  qilindi.  9 
kishidan  iborat  bu  komitet  a’zolarining  to’rttasi: A.  Bukeyxonov,  M.Tinishboyev, 
S.  Maqsudov  va  A.  Davletshinlar  turkiy  xalqlar  vakillaridan  edi.Turkiston 
mahalliy  aholisining  oshib  borayotgan  ijtimoiy-siyosiy  faolligi  sharoitida 
Toshkentda  1917  yil  16  aprelda  «SHo’roi  Islomiya»ning  Toshkent  tashkiloti 
tashabbusi  bilan  chaqirilgan  Butunturkiston  musulmonlarining  1  qurultoyi  ish 
boshladi.Qurultoyning  so’nggi  majlisida  markaziy  rahbar  organ-Turkiston  o’lka 
musulmon  sho’rosi  tashkil  etilishi  haqida  qaror  qabul  qilindi.  SHunday  qilib 
Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam qo’yildi.Afsuski, birlashish 
jarayonlari  har  doim  ham  bir  tekis  rivojlanmadi.  Munavvar  Qori  boshchiligidagi 
«SHo’roi  Islomiya»dan  1917  yil  iyun  oyida  diniy  ulamolardan  tashkil  topgan 
«SHo’roi  Ulamo»  ajralib  chiqdi.  «SHo’roi  Ulamo»  jamiyati  tarafdorlari 
demokratik  kayfiyatdagi  milliy  ziyolilar  va  musulmon  ruhoniylarning  jamiyatda 
islohotlar  o’tkazish  yo’lidagi  har  qanday  urinishlariga  va  yevropacha 
madaniyatning  kirib  kelishiga  keskin  qarshi  chiqishdi.  Ma’rifiy,  siyosiy  sohadagi 
yangilanishlar  haqidagi  g’oyalarni  ham  rad  etishdi.Toshkentdagi  ishchi  va  soldat 
deputatlari  Soveti  musulmonlar  o’rtasidagi  ushbu  bo’linishdan  ustalik  bilan 
foydalanishga  urindi.  Sentyabr  voqealari  natijasida  Toshkent  Soveti  hokimiyatni 
qo’lga  olishga  harakat  qildi.1917  yil  10  sentyabrda  Toshkentda  Butunturkiston 
musulmonlarining  II  qurultoyi  ochildi.  Ushbu  qurultoy  hokimiyatni  soldat,  ishchi 
va  dehqon  deputatlari  sovetlariga  berishga  qarshi  chiqdi.  Sentyabr  voqealari 
jamiyatdagi  siyosiy  qarama-qarshiliklarni  keskinlashtirib,  o’lkadagi  ishchilar 
harakati bilan milliy harakatning keyingi yo’llarini bir-biridan ajratib yubordi. 
Toshkentda  1917  yil  17-20  sentyabrda  turkistonlik  va  qozoq  musulmonlarning 
qurultoyida  «SHo’roi  Islomiya»,  «SHo’roi  Ulamo»,  «Turon»  va  boshqalarni 
birlashtirish  yo’li  bilan  butun  Turkiston  va  Qozog’iston  uchun  umumiy  bo’lgan 
«Ittifoqi muslimin» degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi.«Ulamochilar»ning 
ushbu  qurultoyidagi  asosiy  masala  Turkiston  o’lkasining  bo’lg’usi  siyosiy 
boshqaruvi  to’g’risida  bo’lib,  unda  demokratik  Rossiya  tarkibida  hududiy 
federatsiya “Turkiston federativ respublikasi” tuzilishi g’oyasi olg’a surildi. Fevral 
inqilobining  ta’siri  bilan  Turkistonda  kasaba  uyushmalari  ommaviy  ravishda 
tashkil etildi, mahalliy xalqlar tillarida gazetalar chiqa boshladi. 



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling