Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali
Oktyabr to’ntarishi. Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o’rnatilishi
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi (3)
Oktyabr to’ntarishi. Turkistonda mustabid Sovet hokimiyatining o’rnatilishi,
uning shovinistik siyosati: 1917 yil sentyabr oyida bolsheviklashgan Toshkent Soveti soldatlarni va asli rossiyalik ishchilarni o’z tomoniga torta olgan edi. Oktyabr oyida Rossiyada to’ntarish bo’lib o’tgandan co’ng, uning ta’siri tez orada mustamlaka o’lkaga ham yoyildi. Toshkentdagi Oktyabr to’ntarishi qatnashchilari 1 noyabrda Bosh komissar general Korovichenko va Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasini qamoqqa oldilar va shu kuni Turkistonda Sovet hokimiyatini o’rnatilganligi e’lon qilindi. Qurollangan yevropali ishchilar, asosan temiryo’lchilar, Toshkent garnizonining soldatlari davlat to’ntarishini o’tkazdilar. Turkiston bolsheviklari o’lkadagi butun hokimiyatni o’z qo’llariga olish uchun shafqatsiz kurash olib bordilar. 1917 yil 15-22 noyabrda Toshkent shahrida bo’lib o’tgan ishchi, soldat va dehqon deputatlarining III o’lka s’ezdida hokimiyat masalasi hal qilindi. Bunda 15 kishidan iborat Turkiston Xalq komissarlari soveti tuzildi (8 so’l eser va 7 bolshevik). Hukumatga mahalliy aholidan bironta ham vakil kiritilmadi. S.Lapin boshliq «ulamochi»lar, menshevik va so’l eserlarning o’lka Soveti tarkibiga musulmon vakillarini ham kiritish borasidagi takliflari inobatga olinmadi. Bu esa bolsheviklarning milliy masalada yo’l qo’ygan katta siyosiy xatosi bo’lib, bunda sovet rahbarlarining shovinistik kayfiyatlari ochiq namoyon bo’ldi. Hukumatning bunday ziddiyatli tarkibi o’lkada yevropali aholi hukmronligini mustahkamladi.Rossiya Xalq Komissarlari Soveti 2 noyabrda «Rossiya xalqlari huquqlarining deklaratsiyasi» va 20 noyabrda «Rossiya va SHarqning barcha musulmon mehnatkashlariga» murojaatnomasini e’lon qildi. Ushbu dabdabali hujjatlarda xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi rasmiy ravishda tan olindi; hattoki ajralib chiqish va mustaqil davlat tuzish huquqi; hamma va har qanday milliy, diniy imtiyozlar va cheklashlar bekor qilindi.Bu hujjatlar qanchalik balandparvoz va’dalar bermasin, amalda qurug’ tashviqot bo’lib chiqdi. Ko’p o’tmay, Turkiston XKS «SHo’roi Islomiya», «SHo’roi Ulamo» tashkilotlarini tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning a’zolari Turkiston muxtoriyatini, keyinroq esa milliy istiqlol harakatini qo’llab quvvatladilar. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling