Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali
O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi (3)
O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining
barpo etilishi: Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining minglab yillik an’analari chorizm mustamlakasi davrida batamom inkor etilgan edi. Mustaqil O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning milliy-tarixiy rivojlanishiga hamda o’lkaning o’ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo’llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita vazifa: 1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish; 2. YAngi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari hal qilindi. O’zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurilishining kafolati O’zbekiston Konstitutsiyasidir. Davlat hokimiyati tashkil etishning muhim demokratik tamoyillari Konstitutsiyada qayd qilingan bo’lib, unda hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborat deb ko’rsatilgan. Bu organlar faoliyati erkin, bir-biridan mustaqil bo’lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. 1994 yil 24 dekabrda ko’p partiyaviylik va muqobillik asosida saylangan Respublika Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasini bajaradi. Oliy Majlisga saylovlar demokratik rivojlanishning yangi bosqichga o’tganligidan dalolat berdi. Oliy Majlisga 250 deputat saylanib, ularning 120 nafari viloyatlar deputatlari kengashidan saylangan bo’lib, qolganlari har xil partiyalardan vakillar edi.Davlatni boshqarishning prezidentlik shakli mamlakat boshqaruv tizimini isloh qilishning boshlanishi bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat hokimiyatining boshlig’i bo’lib, bir vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining Raisi vazifasini ham bajaradi. Prezident fuqarolar erkinligi va huquqlarini himoya qilish, Konstitutsiya va O’zbekiston qonunlariga rioya qilinishini kafolatlaydi. Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalardagi vazifalarning bajarilishini, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, mamlakat Prezidenti farmonlarining ijro etilishini ta’minlaydi.Ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi ilgarigi hokimiyatdan tubdan farq qilib, bu tizim jamiyat hayotida muvofiqlashtiruvchilik vazifasini bajaradi. O’zbekiston Respublikasida avval 28 ta ittifoq va 17 ta respublika vazirliklari va komitetlari ish ko’rgan bo’lsa, endilikda ular o’rniga bozor iqtisodi tizimiga mos keladigan vazirliklar va qo’mitalar tashkil etilgan.Respublikada hokimlar boshqaruvining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, hokimlikka tajribali va malakali shaxslar Prezident tomonidan tayinlanadi va xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vazifalarini hal etadi. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil etadi. Aholini huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy jamg’armalar tashkil etish, turli xayriya tadbirlari o’tkazishda mahallaning o’rni benihoya kattadir. Undan tashqari, mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mehr-oqibatli qilib voyaga yekazishda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Fuqarolar yig’ini, Oqsoqollar Kengashiga 1998 yil noyabr-dekabr oylarida o’tgan saylovlarda mahalliy organlarga ko’pchiligi oliy ma’lumotli, ko’p tajribaga ega kadrlar ishga tortildi. Bular davlat organlari vazifalarini jamoat tashkilotlariga o’tkazish jarayonining faol qatnashchiliridir.YAngi davlat apparatining shaklanishi va faoliyatini davr talabiga mos keladigan kadrlar siyosatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. SHu nuqtai nazardan O’zbekistonda ishni yuqori darajada olib borishga qodir bo’lgan ma’naviy yetuk kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashga qaratilgan qator chora-tadbirlar o’tkazilmoqda. Xususan, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqiy organlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab beradigan bir qancha oliy o’quv yurtlari tashkil etildi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling