Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


I.A. Karimov O’zbekiston mustaqilligining asoschisi va yo’lboshchisi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

I.A. Karimov O’zbekiston mustaqilligining asoschisi va yo’lboshchisi: 
Jahon  sivilizatsiyasida  alohida  o’rin  tutadigan,  ko’p  asrlik  boy  tarixga  ega 
O’zbekiston diyorida butun dunyoga nomi ketgan olimlar, davlat arboblari voyaga 
yetgan. Buyuk zotlarni buyuk xalq, buyuk el yaratadi. 
Xalqimizning  ko’p  yillar  davomida  olib  borgan  kurashi  natijasida  qaror  topgan 
mustaqil  O’zbekistonda  bozor  munosabatlariga  asoslangan  demokratik  jamiyat 
qurish  stixiyali  (ko’r-ko’rona)  ravishda  emas,  balki  ilm-fan  yutug’lariga,  jahon 
taraqqiyotining,  xususan,  buyuk  zaminimizda  yaratilgan  tarixiy  tajribalarga 
asoslangan  g’oyalarga amal qilib ro’yobga chiqadi.O’zbekiston  mustaqillik tomon 
yo’l tutar ekan birinchi kunlardan boshlab, uning tepasida Islom Abdug’aniyevich 
Karimov turibdi. Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutug’lar: mamlakatda 
o’rnatilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy qadriyatlarimizning 
tiklanishi 
jamiyatda 
o’rnatilgan 
osoyishtalikni, 
mustaqil 
O’zbekiston 
Respublikasining  xalqaro  hamjamiyatda  tutgan  o’rnining  ortib  borishini  butun 
xalqimiz,  jahonning  yirik  davlat  arboblari  Islom  Karimov  nomi  bilan 
bog’laydi.Dunyo  mamlakatlarida  yangi  jamiyat  qurishning  «o’zbek  modeli»ga 
(o’zbek  yo’li)  uning  asoschisi  va  yo’lboshchisi  I.A.Karimovning  siyosiy 
chizmasiga  qiziqish  ortib  bormoqda.  1996  yili Venada  (Avstriya)  «XX  asr  xalqlar 
dohiylari» nomida bosib chiqarilgan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga 
bag’ishlangan.  Kitob  mualliflaridan  biri,  Garvard  Universitetining  professori 
Donald  S.Karlayl  «...Islom  Karimov  kommunizmdan  keyingi  O’rta  Osiyo 
mintaqasidagi  eng  buyuk  davlat  arbobidir»,  deb  tan  beradi.SSSRda,  chunonchi 
O’zbekistonda  sotsialistik  tizim,  kommunistik  mafkura  har  tomonlama  inqirozga 
uchrab,  ziddiyatlar  bilan  to’lib-toshib  turgan  bir  paytda  I.A.Karimovning,  avvalo 
O’zbekiston kompartiyasi rahbarligiga (iyun, 1989 yil), keyin Prezidentlik lavozimiga 
(mart, 1990 y.) tayinlanishi bejiz emas edi. Vaqti, soati yetgan, lekin jon saqlash uchun 
o’zini  har  tomonga  urayotgan,  hech  narsadan  qaytmaydigan  istibdod  tizimidan 
jafokash  xalqini,  ezilgan  el-yurtini  mustaqillikka  chiqarish  uchun  sovet  tuzumining 
ikir-chikirigacha  tushunib  yetgan  katta  jur’at  egasi,  dovyurak  Islom  Karimovdek 
rahbar  kerak  edi.Islom  Karimovning  har  bir  asari,  ma’ruza  va  maqolalari  bozor 
munosabatlariga  asoslangan  demokratik  jamiyat  qurishning  nazariy  asoslarini, 
amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi.G’arb va SHarqning rivojlangan 
mamlakatlari  ko’p  yillik  taraqqiyot  yo’llarini,  o’zbek  davlatchiligini  ming  yillar 
davomidagi  tarixiy  tajribasini  o’rgangan  holda  yaratilgan  I.A.Karimov  asarlarida 
mustaqil  O’zbekiston  Respublikasini  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  ma’naviy-
madaniy  taraqqiyotining  muhim  yo’nalishlari,  butun  dunyoda  tan  olingan  bozor 
iqtisodiyoti  va  demokratik  jamiyat  qurishning  asosiy  tamoyillari  to’g’risidagi 


ta’limot  yaratildi.  Istiqlolning,  boshlang’ich  bosqichida  yorug’likka  chiqqan 
«O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li»,  «O’zbekiston    bozor 
munosabatlariga  o’tishning  o’ziga  xos  yo’li»  va  boshqa  bir  qancha  asarlarida 
bayon  etilgan  O’zbekiston  mustaqilligining  birinchi  navbatdagi  kechiktirilmas 
ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy 
va 
ma’naviy-ma’rifiy 
vazifalari  keyinchalik 
«O’zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo’lida»,  «Demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish vazifalari» va boshqa asarlarida o’z rivojini topdi. 
O’zbekistonning yaqin o’tmishda va XX asrning so’nggi o’n yilida o’tgan yo’llari, 
XXI  asrda  Respublika  istiqlolini  mustahkamlashning  strategik  vazifalarining 
asosiy  yo’nalishlarini  to’plagan  kitoblari  xorijiy  mamlakatlarda  chop  etilgan 
I.A.Karimovning  «O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida»,  «O’zbekiston  XXI  asrga 
intilmoqda»  asarlarida  bayon  etib  berildi.Islom  Karimov  donoligining  yana  bir 
ko’rinishi  bozor  munosabatlariga  o’tish,  demokratik  jamiyat  qurish  jarayonida 
ma’naviy-ma’rifiy  va  mafkuraviy  ishlarning  yuksak  ahamiyatini  taqqoslab 
ko’rsatganligidadir.Parchalangan  Ittifoq  o’rnida  vujudga  kelgan  Mustaqil 
davlatlarning hech birida ilgari surilmagan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning vazifalari 
Prezidentning «Jamiyatimiz mafkurasi, xalqni xalq, millatni-millat qilishga xizmat 
etsin»,  «Donishmand  xalqimizning  mustahkam  irodasiga  ishonaman»  asarlarida, 
«Istiqlol va ma’naviyat» (hujjatlar to’plami) kitobi va boshqa ko’plab maqolalarida 
bayon  etilgan  bo’lib,  bu  asarlarida  ma’naviyat    kelajagi  buyuk  O’zbekistonning 
mustahkam  poydevori,  milliy  mustaqillik  mafkurasi,  120  dan  ortiq  millatlar  va 
elatlardan  tashkil  topgan  O’zbekiston  xalqini  «O’zbekiston    Vatanim  manim» 
shiori  ostida  yagona,  buyuk  maqsad  uchun  birlashtiradigan  bayroq  sifatida  tutgan 
o’rni  ko’rsatib  beriladi.Ma’naviy-ma’rifiy,  mafkuraviy  ishlarning  yangi  jamiyat 
qurishning zaruriy sharti sifatida qo’yilishi, o’ziga xos, o’zbek modelining ustivor 
tamoyillaridan 
biridir.I.A.Karimov 
yangi 
jamiyat 
qurishda 
milliy, 
diniy 
qadriyatlarimizni  tiklash  ishlariga,  shu  maqsadda  Vatanimiz  tarixini  xolisona, 
yangicha  yaratishga  e’tiborni  kuchaytirmoqda.  Prezident  Istiqlolning  dastlabki 
kunlarida  (1992  yil,  yanvar):  «Tarixga,  merosimizga  bo’lgan  munosabat  tubdan 
o’zgartirilishi  lozim,  yangi  darsliklardan  tortib  oddiy  kitoblargacha    hammasiga 
haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi. 
Vatan  tarixini  o’rganish  uning  yangi  avlodni  tarbiyalashdagi  tutgan  o’rni, 
ahamiyati  masalalari  I.A.Karimovning  «Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q»  (1998  yil, 
avgust)  nomli  asarlarida  keng  bayon  qilib  berildi.  YUrtboshimiz  haqqoniy  tarix 
millatning  o’zligini  anglashning  zaruriy  sharti,  ma’naviy  va  mafkuraviy 
ishlarimizning  haqiqiy  manbai  ekanligini  qayta-qayta  taqqoslab  ko’rsatadi. 
I.A.Karimov  har  bir  «siyosatchiman,  arbobman  degan  odam,  agar  vijdoni  bo’lsa, 
o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart», deb vazifani keskin qo’yadi.O’tmish 
davrining 
murakkab 
vazifalari, 
qarama-qarshilik-lari 
davlat 
rahbaridan 
boshqaruvning  har  xil  usullarini  ishlatishini,  kerak  bo’lsa  qattiqqo’llikni  talab 
qiladi.  Prezident  I.A.Karimov  shunday  vaziyatda  xalqqa  ma’qul  usullarni  qo’llab 
ishlamoqda.1992  yil  Moskvaning  «Komsomolskaya  pravda»  gazetasi  muxbiri: 
«Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda», desa, unga javoban 
I.A.Karimov:  «Ha,  men  buni  yaxshi  bilaman.  Muxoliflarim  meni  diktator  qilib 
ko’rsatishni  juda  xohlaydilar.  Tan  olaman;  ehtimol  mening  harakatlarimda 


avtoritarizm  nishonlari  bordir. Ammo  men  buni  faqat  bir  narsa  bilan  izohlayman: 
tarixning  muayyan  davrlarida,  haqiqiy  davlatchilik  qaror  topayotgan  paytda, 
ayniqsa bir tizimdan  ikkinchisiga o’tish davrida har holda kuchli  hokimiyat zarur. 
Qon to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va 
fuqarolarning  totuvligi,  tinchligi  va  barqarorligini  saqlash  uchun  shunday  bo’lishi 
zarur.  Bu  yo’lda  men  jonimni  fido  qilishga  tayyorman»,  deb  javob  bergan 
edi.O’zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug’i-mamlakatda 
o’rnatilgan tinchlik, osoyishtalik, tartib-intizomdir. Respublika aholisining  mutloq 
aksariyati  (97,5  foizi)  bunday  sharoitga  bevosita  I.A.Karimovning  yetakchiligida 
erishildi  deb  hisoblaydi.I.A.Karimov  yangi  davrning  jahon  miqyosidagi  davlat 
arbobi.  O’zbekiston  xalqining  buyuk  yo’lboshchisi,  mamlakatininggina  emas, 
xorijiy  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlarning  bir  qancha  nishonlari  va  unvonlari 
bilan taqdirlangan. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling