Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi (3)
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: Istiqlol
yo’lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillarga e’tibor berish bilan birga fan, maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga ham e’tibor kuchaytirildi. «Ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa, biz ko’zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi», deydi I.A.Karimov.Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O’zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o’rganib chiqib, ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy texnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko’tarish va O’zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. SHu maqsadda 1997 yil 2 avgustda Respublikamizda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi.Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: - ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi; - ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi; - ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi; - e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi; - ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi. 1993 yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan «O’zbekistonda o’quvchi yoshlarni rag’batlantirish choralari to’g’risi»dagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun hatto rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta’lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.O’zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutulgan istiqlol uchun, o’z ona yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilg’or taraqqiy etgan mamlakatlari yo’lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog’liq bo’lib qoldi.Sobiq Ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ’ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo’lsa, endilikda bu o’quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshida «Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi», «Jahon iqtisodiyoti diplomatiyasi universiteti», ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarni tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to’g’risida har gal kuyib-pishib gapiradi va urug’- aymoqchilik, mahalliychilik, nopoklik kabi o’tmish qoldiqlaridan toza el-yurti va xalqiga halol xizmat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo’l ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko’rsatadi.O’zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma’rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog’liq. I.A.Karimov muxbirlarning: «Sizning siyosatingizda ta’lim- tarbiya masalasiga katta e’tibor berilishining sabablari nimada?» deb so’ragan savoliga ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo’lmaydi, ong, g’oya, tafakkur ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog’liq, bir-birini to’ldiradi deb javob beradi.Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bir qancha muhim natijalarga olib keladi: jamiyat qiyofasini o’zgartirib, yangi muhitni vujudga keltiradi; yosh yigit-qizlarimiz jamiyatda o’z o’rnini topadi; mustaqil fikrlovchi, erkin shaxsning shakllanishiga sharoit yaratiladi; jamiyat yuqori darajadagi taraqqiyotga erishib o’tish davriga xos bo’lgan kuchli davlat funksiyalarini kuchli fuqarolar jamiyati zimmasiga o’tkazish uchun ijtimoiy- siyosiy vaziyatni vujudga keltiradi. 1997 yil 29 avgustda Respublika oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» ma’ruzasi asosida «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarda, boshlang’ich sinflarda o’quv- tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilib, o’rta-maxsus va oliy o’quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000 yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 59 ta oliy, 258 ta o’rta- maxsus o’quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talabalar bilim olmoqda. Iqtidorli yoshlarga e’tibor kuchayib, ularning xorijiy mamlakatlardagi yetakchi o’quv yurtlarida ilm-fan cho’qqilarini egallashini tashkil qilish uchun «Ulug’bek» (1993 y.), «Kamolot» (1996 y.), «Umid» (1997 y.) jamg’armalari tashkil etildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko’rsatildi: uzluksizlik: ta’lim-fan-ishlab chiqarish; mutaxassislarga talab istiqbolini o’rganish; o’qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash; o’quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, ma’naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash; korxonalarda maktab-institutlar bazasini mustahkamlashdan foydalanish; chet el sarmoyalaridan foydalanish. Ta’lim to’g’risidagi yangi qonunga ko’ra, uzluksiz ta’lim bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur: 1. Maktabgacha oila va bog’cha tarbiyasi. 2. Boshlang’ich ta’lim 1-4 sinflar. 3. Umumiy ta’lim majburiy bo’lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi. 4. Majburiy-ixtiyoriy tusdagi o’rta-maxsus bilim va kasb-hunar o’quv yurtlari: 3 yilga mo’ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari. 5. Oliy ta’lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o’qish muddati, keyinchalik ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura 3 yil, doktorantura - 2 yil muddatga belgilangan. Ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. I. 1997-2001 yy. O’tish davri. II. 2000-2005 yy. Islohotni keng miqyosda amalga oshirish davri. III. 2005 yildan keyin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davri. O’tgan qisqa 3 yillik davr ichida «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini» amalga oshirishdagi natijalar ko’zga ko’rinarli darajadadir. Davlatimizdagi ustuvor vazifa aholi sog’liqini saqlash borasidagi tadbirlardir. SHu maqsad uchun 1999-2000 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Sog’lom avlod masalasi asosiy maqsadga aylandi. YOshlarni jismoniy va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, onalik va bolalikni himoya qilish muhim vazifa bo’lib qoldi. Mamlakatda «sog’lom avlod» dasturi ishlab chiqildi. Jismoniy sog’lomlik, barkamol insonni tarbiyalash odob-axloq masalalari bilan bog’lab olib boriladi. Respublikamizdan chiqqan ko’plab sportchilarimiz Osiyo va jahon chempionatlarida ishtirok etib kelmoqdalar va g’oliblikni qo’lga kiritmoqdalar. Ular uchun bir qancha stadionlar, sport maydonlari, futbol, voleybol, basketbol maydonchalari, sport komplekslari qurilib, qayta ta’mirlanib, foydalanish uchun topshirildi.Respublikada birinchi bo’lib «Sog’lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. 1998 yil «Oila yili», 1999 yil «Ayollar yili», 2000 yili «Sog’lom avlod uchun» yili deb e’lon qilindi.SHu maqsadda onalik va bolalikni himoya qilish borasida bir qancha tadbirlar o’tkazildi. YAngi imkoniyatlarga ega bo’lgan shifoxonalar qurilib, zamonaviy texnologiya bilan ta’minlandi. Bepul davolash yo’lga qo’yilib, respublika viloyatlarida dam olish va sog’lomlashtirish maskanlari bunyod etildi. Umuman, O’zbekiston o’zining qisqa vaqtdagi mustaqillik yillari davomida iqtisodiy-ijtimoiy boradagi yutug’lari bilan bir qatorda, ma’naviy, madaniy ishlarga ham e’tiborni kuchaytirib, jahonning rivojlangan davlatlari orasida o’z nufuzi va obro’sini yuqori ko’tarmoqda.XX asrning oxirgi o’n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o’zgarishlar davri bo’lib kiradi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o’zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Lekin endilikda sovuq urushlar munosabatlarini tug’diradigan kuchlarning yangi o’choqlari vujudga kelmoqda. SSSRning parchalanishi va sotsialistik sistema halokati natijasida dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi.Mustaqil O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yishi va o’z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay geografik-strategik imkoniyatlarga ega. O’rta Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekistonning ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari bor.Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni belgilash; jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifalar deb belgilandi. CHunki ittifoq davrida O’zbekiston to’g’ridan-to’g’ri aloqa qila olmaydigan mamlakat bo’lib, tashqi siyosat yuritish tajribasiga hamda bu sohadagi kadrlarga ega emas edi.Prezident I.Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida mustaqil tashqi siyosatini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida mamlakatimiz tashqi siyosatining qoidalari qonunlashtirildi. Bu qoidalar «O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’g’risida»gi, «CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi, «Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to’g’risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi hujjatlarda o’z ifodasini topdi.O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasini 48 (1993) va 50-yubiley (1995) sessiyalaridagi nutqlarida mustaqil O’zbekiston tashqi siyosatining bosh yo’nalishlari belgilab berildi.O’zbekiston hukumati respublika tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish; kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Tashqi siyosatdagi ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini uluQlash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish bilan birga O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatida mavqeini ham oshirib bormoqda. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling