Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

 
 
O’zbekiston va Mustaqil davlatlar Hamdo’stligi: 
O’zbekiston  hamdo’stlik  g’oyasini  qo’llab,  uning  ta’sis  etuvchilaridan  biri  bo’lib, 
ular  bilan  iqtisodiy  integratsiya  hamda  savdo  aloqalarini  mustahkamlash  borasida 
faol  ish  olib  bormoqda.  O’zbekiston  davlatlararo  bank  va  boshqa  hamdo’stlik 
iqtisodiy  tuzilmalarining  shakllanishida  faol  ishtirok  qilmoqda.O’zbekiston 
Respublikasi  tashqi  siyosatida  Hamdo’stlik  mamlakatlari  bilan  ikki  tomonlama 
hamkorlikni 
yo’lga 
qo’yish 
va 
rivojlantirishga 
alohida 
ahamiyat 
bermoqda.O’zbekiston  Respublikasi  hamdo’stlik  doirasida  ikki  tomonlama  tashqi 
siyosiy,  savdo,  iqtisodiy  va  boshqa  shartnoma  hamda  kelishuvlarni  Rossiya, 
Ukraina,  Belarus,  Moldova,  MDH  ning  boshqa  mamlakatlari  bilan  shartnoma 
imzolab o’zaro manfaatli hamdo’stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi. 
Rossiya  Federatsiyasi  Prezidenti  V.V.Putinning  1999  yil  dekabr  va  2000  yil  may 
oyidagi  O’zbekistonga  qilgan  tashriflari  Rossiya  va  O’zbekistonning  o’zaro 
iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarini  mustahkamlashda  ikki  davlatning  diniy 
ekstremizm  va  xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurashida  alohida  o’rin  tutadi.1992  yil 
mayda  MDH  davlat  rahbarlarining  Toshkent  uchrashuvida  O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidenti  I.A. Karimov  tashabbusi  bilan  kollektiv  xavfsizlik 
to’g’risida  shartnoma  imzolandi.Hamdo’stlikka  a’zo  bo’lgan  davlatlarga  milliy 
mudofaani  kafolatlashga,  ilmiy  texnika  taraqqiyoti  yutug’lari  va  aloqa  vositalari, 
yangi  texnologiyaga  erishish,  xorijiy  davlatlardan  mahsulot  tashish,  zarur  xom-
ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o’z mahsulotini jahon bozoriga olib 
chiqish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o’tkazish, tabiiy ofatlar oqibatini 
tugatish  uchun  imkoniyatlar  yaratildi.MDH  davlatlari  orasidagi  munosabatlar 
tizimi va yo’nali-shining tubdan o’zgarishida bu davlatlarning ko’pchiligida savdo 
to’lov sohasida manfaatdorlikka ega. SHu bilan birga shuni alohida ta’kidlab aytish 
zarurki,  sobiq Ittifoqni  qayta  qurishga  urinish,  ma’muriy buyruqbozlik  boshqaruv 
tuzumiga qaytish O’zbekiston uchun umuman to’g’ri kelmaydigan harakatdir.O’rta 
Osiyo  Respublikalari  rahbarlari  A.Akayev,  N.Nazarboyev.  I.Rahmonov  2000  yil 
20-21  aprel  kunlari  Toshkentdagi  Prezidentning  Do’rmon  qarorgohida  bo’lib 
o’tgan  uchrashuvda  I.A.Karimovning  xalqaro  terrorizmga  qarshi  kurash  Xalqaro 


markazi  tuzish  haqidagi  tashabbusini  qo’llab-quvvatladilar. To’rt davlat rahbarlari 
mintaqada  xalqaro  terrorizm,  siyosiy  va  diniy  ekstremizm  va  boshqa  tahdidlarga 
qarshi  birgalikda  harakat  olib  borish  haqidagi  hujjatni  imzoladilar.  Uchrashuvda 
Qozog’iston  va  O’zbekiston  prezidentlari  chegaralar  masalasida  ikkala  davlat 
orasida  erkin  harakatlanish  to’g’risida,  yo’lovchi  va  yuk  tashish  transportlarni 
kengaytirish to’g’risida kelishib olishdi. 
O’zbekiston  tashqi  siyosatining  muhim  yo’nalishlaridan  biri  Markaziy  Osiyodagi 
yangi mustaqil davlatlar-Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan 
hamkorlik,  qardoshlarcha  do’stlik  aloqalarini  mustahkamlashga  qaratilgan. 
Qardosh  xalqlarning  tarixi,  madaniyati,  urf-odatlari,  an’analari,  turmush  tarzi  va 
boshqa ko’pgina tomonlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Bugungi kunda ham 
bu davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari, ekologik muammolari o’zaro 
aloqalarni kuchaytirishni  talab qiladi. SHularni  hisobga olib 1994  yil 10  yanvarda 
O’zbekiston  Respublikasi  bilan  Qozog’iston  Respublikasi  o’rtasida  tovarlar, 
xizmatlar,  sarmoyalar  va  ishchi  kuchlarining  erkin  o’tib  turishini  nazarda  tutuvchi 
hamda  o’zaro  kelishilgan  kredit,  hisob-kitob,  byudjet,  soliq,  narx,  boj  va  valyuta 
siyosatini  ta’minlovchi  yagona  iqtisodiy  makonni  tashkil  etish  to’g’risida 
shartnoma  imzolandi.  Bu  shartnomaga  QirQiziston,  keyinchalik  Tojikistonning 
ham  kirishi  O’rta  Osiyo  mintaqasida  iqtisodiy  integratsiya  jarayonining 
chuqurlashuviga  katta  imkoniyat  yaratdi.  Kelishuvda  qatnashgan  mamlakatlar 
vakillarining  davlatlararo  ijroiya  qo’mitasi  Almati  shahrida  joylashgan  bo’lib, 
Toshkent  shahrida  hududiy  Markaziy  bank  faoliyat  ko’rsatmoqda.1995  yil  15 
dekabrda  Qozog’iston,  Qirg’iziston  va  O’zbekiston  Respublikalari  davlatlararo 
Kengashining  navbatdagi  majlisi  bo’ldi.  Prezidentlar  2000  yilgacha  bo’lgan 
iqtisodiy  integratsiya  va  birinchi  navbatda  sarmoya  sarflanishi  lozim  bo’lgan 
loyihalar  dasturlarini  hayotga  joriy  etish,  kommunikatsiya  tarmoqlarini 
rivojlantirish  masalalarini  muhokama  etdilar.  Integratsiya  dasturi  yuzasidan  53  ta 
loyiha  ishlab  chiqildi.  O’rta  Osiyo  davlatlari  rahbarlarining  Qizil  O’rda  (1993), 
Nukus  (1994), Toshhovuz  (1995)  shaharlarida  bo’lib  o’tgan  uchrashuvlarida  Orol 
dengizi  muammosiga  bag’ishlangan  chora-tadbirlar  ko’rildi.2000  yilning  14-15 
iyun  kunlari  Prezident  I.A.Karimov  Markaziy  Osiyo  iqtisodiy  hamjamiyatining 
davlatlararo  kengashida  (1999  yil  30  aprelda  Qirg’izistonning  CHo’lpon-Ota 
shahrida  tuzilgan)  qatnashish  uchun  Dushanbe  shahrida  bo’ldi.Yig’ilishda  so’zga 
chiqqan  I.A.Karimov  hududdagi  respublikalar  iqtisodiyotining  sezilarli  darajada 
o’sganini  ko’rsatdi:  O’zbekistonda  bu  o’sish  4,4  foizni,  Qozog’istonda  1,7  foizni. 
Qirg’izistonda 3,6 foizni, Tojikistonda 3,7 foizni tashkil etadi.O’zbekiston  Prezidenti 
bozor  iqtisodiyotini shakllantirish bo’yicha strategik  markaz tashkil qilishni taklif 
etdi.  Markaz  iqtisodiy  modullarni  solishtirish,  vujudga  kelgan  muammolarni  hal 
qilish  bo’yicha  takliflar  ishlab  chiqish  bilan  shug’ullanishi  zarur.Kengashda 
mintaqaning  suv  resurslaridan  samarali  foydalanishi,  Sarez  ko’lining  toshish 
xavfini  oldini  olishda  Tojikistonga  yordam  berishga  e’tibor  qaratildi.Uchrashuvda 
I.A.Karimov  o’chog’i  Afg’oniston  hisoblanmish  xalqaro  terrorizm  xavfi 
masalasining keskinligini qayd etdi. O’zbekiston prezidenti yig’ilish qatnashchilari 
hamda  BMT  qiyofasidagi  butun  xalqaro  hamjamiyatini  tahdid  solayotgan 
ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi  kurashni  kuchaytirishga  chaqirdi.  Uchrashuvda 


Tojikiston  respublikasi  rahbariyati  va  jamoatchiligi  I.A.Karimovni  tojik  xalqining 
og’ir kunlarda yordam beruvchi va qo’llab-quvvatlovchi haqiqiy birodari va do’sti 
sifatida  qabul  qildi.  Prezident  I.Rahmonov  I.A.Karimovni  tojik  xalqining 
«boshidagi  toji,  ko’zidagi  nuri»,  dedi.Markaziy  Osiyo  davlatlari  hamdo’stligining 
tuzilishi ularning boshqa davlatlardan uzoqlashishini ko’rsatmaydi, balki murakkab 
o’tish  davrida  mintaqa  mamlakatlarining  o’zaro  yordam  va  hamkorligini 
chuqurlashtirishga  qaratilgandir.Xulosa.  O’zbekistonda  tarixiy  jihatdan  qisqa  bir 
davrda xalqaro  munosabatlarni  yo’lga qo’yish  va rivojlantirish borasida bir necha 
o’n yillarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston o’zining tinchliksevar, 
yaxshi  qo’shnichilik,  o’zaro  foydali,  hamkorlikka  qaratilgan  siyosati  va  faoliyati 
bilan  butun  dunyoga  tanildi,  jahon  hamjamiyatida  o’zining  munosib  o’rnini 
egalladi, uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. 
 
 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling