Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


-80-yillar O’zbekiston iqtisodiyoti


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

 1945-80-yillar O’zbekiston iqtisodiyoti: 


Ikkinchi  jahon  urushi  yillari  davrida  izdan  chiqqan  O’zbekistonning  iqtisodiyoti 
urushdan  keyingi  1946-1950  yillari  g’oyat  keskinlashgan  xalqaro  vaziyatda  qayta 
tiklana boshladi. 
Mamlakatning  ichki  resurslari,  tabiiy  boyliklari  va  arzon  ishchi  kuchini  g’oyat 
kuchli ekspluatatsiya qilish evaziga, xorijiy sarmoyalardan bosh tortgan holda olib 
borilgan iqtisodiyotni tiklash xalq boshiga og’ir kunlarni keltirdi. O’zbekiston xalq 
xo’jaligini  tiklash  ishlari  sovet  hukumatining  zo’r  berib  kurollanish  siyosatiga 
buysundirildi.  Ayni  bir  vaqtda  o’zbek  xalqi  urushda  vayron  bo’lgan  o’lkalarni 
tiklashga  ham  o’z  hissasini  qo’shdi.  Urush  davrining  shart-sharoitlari  saqlangan 
holda  xalqning  mardona  va  fidokorona  mehnati  bilan  besh  yil  ichida  sanoat 
mahsulotini  ishlab  chiqarish  urushdan  avvalgi  darajaga  yetib,  deyarli  ikki  marta 
oshib  ketdi.Urushdan  keyingi  yillarda  qishloq  xo’jaligini,  ayniqsa  chorvachilikni 
tiklash  ishlari  ancha  og’ir  o’tdi.  1945  yil  15  iyuldagi  Markaziy  hukumatning 
«O’zbekistonda  paxtachilikni  tiklash  va  yanada  rivojlantirish  choralari 
to’g’risida»gi 
qarori 
asosida 
paxta 
yakkahokimligi 
kuchaytirildi 
va 
O’zbekistonning  markazga  bog’liqligi  yana  ham  mustahkamlandi.  Ob-havoning 
injiqligiga,  tiklash  ishlarining  qiyinchiliklariga  qaramasdan,  1950  yilgi 
tayyorlangan paxta 2.200.000 tonnaga yetdi. 
50-60-yillarda sanoat va qishloq xo’jaligini boshqarish tizimiga ayrim o’zgarishlar 
kiritildi. Jumladan, 1954-1956 yillari ittifoq miqyosidagi bir qator yirik korxonalar 
respublika  ixtiyoriga  o’tkazildi.  Natijada  sanoat  mahsuloti  ishlab  chiqarishning 
salmog’i  31  foizdan  55  foizga  ko’tarildi.  Xo’jalikni  boshqarishda  iqtisodiy 
omillarga  suyanish,  mehnat  manfaatdorligini  oshirish  va  boshqa  tadbirlar  o’z 
samarasini bermadi, chunki jamiyatda tub  islohotlar o’tkazilmagan edi. Sanoat va 
qishloq  xo’jaligi  ekstensiv  yo’l  bilan,  ya’ni  tabiiy  boyliklardan  o’rinsiz,  hisobsiz 
foydalanish,  butun  xalqning  mehnatini  haddan  ortiq  ekspluatatsiya  qilish  hisobiga 
60-70-yillarda  sanoatning  yangi  sohalari  vujudga  keldi.O’zbekistonda  oltin,  uran, 
rangli  metallar  ishlab  chiqarish  keng  yo’lga  qo’yila  boshlandi.  Energetika,  kimyo 
sanoati  rivojlandi.  Sanoatning  rivojlanishi  natijasida  yangi  shaharlar:  Navoiy, 
Uchquduk,  Zarafshon,  Zafarobod,  Nurobod  kabilar  qad  ko’tardi.  Lekin 
mustamlaka  holatidagi  respublikaning  rivojlanayotgan  iqtisodidan  boshqalar 
ko’proq  manfaatdor  edilar.  So’nggi  hisob-kitoblarga  qaraganda  bevosita  Ittifoq 
ministrliklariga  bo’ysundirilgan  faqat  oltin  va  uranning  o’zidan  15  milliard 
amerika  dollariga  teng  boylik  Markazga  olib  ketilgan.  O’zbekistonning  aksariyat 
shahar,  qishloqlari  gazlashtirilmagan  holda  respublikada  qazib  chiqarilgan  tabiiy 
gaz  Rossiyaning  sanoat  markazlariga  yetkazib  berildi.50-60-yillari  O’zbekistonda 
paxta  maydonini  yanada  kengaytirish  maqsadida  qo’riq  va  bo’z  yerlarni 
o’zlashtirish  ishlari  olib  borilib,  1945-1985  yillari  qariyib  2.400.000  gektar  yangi 
yerlar  o’zlashtirildi.  Sug’orish  ishlarini  yaxshilash  uchun  sun’iy  suv  omborlari 
qurildi.Qishloq  xo’jaligi  uchun  traktor,  paxta  terish  mashinasi  va  boshqa  texnika 
uskunalari 
tayyorlab 
berildi. 
Paxtachilikning 
moddiy 
texnika 
bazasini 
mustahkamlash  bilan  birga  paxta  hosildorligini  oshirish  uchun  kimyoviy 
moddalardan  cheksiz  foydalanildi.  Ko’rilgan  tadbirlar  natijasida  1970  yili 
respublikada paxta maydoni 1.700.000 gektarni tashkil qildi, yalpi hosil 4.495.000 
tonnaga  yetdi.Yirik  sanoat  korxonalarining  vujudga  kelishi  bilan  Respublikaning 


Ittifoqqa  bog’lanishi  yana  ham  kuchaydi.  Prezident  I.A. Karimov:  «...  u  paytda 
O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga - Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan 
iqtisodiyotga  ega  bo’lgan  yarim  mustamlaka  mamlakat  qatoriga  aylangan  edi», 
deydi.1985  yilning  bahorida  qishloq  xo’jaligini  boshqaruv  tizimiga  o’zgartirish 
kiritilib,  mehnatni  tashkil  etishning  brigada  yoki  oila  pudrati,  ijara  singari  yangi 
shakllari  joriy  etildi.  Lekin  markazda  ma’muriy  buyruqbozlik  boshqaruv  tartibi 
saqlangan  holda  ko’rilgan  tadbirlar,  qayta  qurishlar  natija  bermadi.  Jamiyatda, 
xususan  iqtisodiyotda  inqirozli  holatlar  kuchaya  bordi.  Qayta  qurish  deb 
boshlangan  qurug’  kompaniya  Prezident  I.  Karimov  ta’biri  bilan  aytganda, 
«hamma yoqni buzib, baqir-chaqir, o’g’rilik, qotillikni kuchaytirdi».XII besh yillik 
vazifalari  ilgarigi  uch  besh  yilliklardagi  kabi  bajarilmay  qoldi.  O’zbekistonda 
milliy  daromadning  o’sishi  80-yillar  birinchi  yarmida  o’rta  hisobda  3,3  foizni 
tashkil qilgan bo’lsa, ikkinchi yarmida bu ko’rsatgich 2,2 foizni tashkil qildi.Paxta 
ekin  maydonlarining  o’rinsiz  kengaytirilishi  va  agrotexnika  qoidalarining  buzilishi 
tufayli  yerning  hosildorligi  pasayib  ketdi.  Hosildorlikni  oshirish  uchun  ekin 
maydonlarida haddan tashqari ortiqcha mineral o’g’itlaridan foydalanish oqibatida bu 
yerlar ma’lum bir vaqtdan keyin batamom yaroqsiz holga kelib qoldi. Qo’riq va bo’z 
yerlarni  o’zlashtirish,  O’rta  Osiyoning  yirik  daryolari  suvlaridan  nazoratsiz 
foydalanish,  o’lkada  o’rinsiz  ravishda  sun’iy  suv  havzalarining  qurilishi  natijasida 
Orol dengizi asta-sekin quriy boshladi  va  XX asrning eng  yirik  Orol  fojiasi  vujudga 
keldi.O’zbekistonning  iqtisodiy  ahvolidagi  noxush  holatlarning  ijtimoiy  oqibatlari 
nihoyatda og’ir bo’ldi. O’lkaning o’ziga xos demografik holati hisobga olinmasdan 
davlat  byudjetidan  ijtimoiy  sohaga  ajratiladigan  mablag’  qoldiq  prinsipiga 
asoslanib  yildan-yilga  qisqarib  bordi.  Ta’lim-tarbiya,  sog’liqni  saqlash,  aholiga 
maishiy  xizmat  ko’rsatish  masalalarida  miqdoriy  o’sishlar  ko’zga  tashlanganligi 
bilan,  aslida  bular  inson  talabini  qondirmas  edi.  Respublika  bu  sohalardagi 
ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi 15 respublika o’rtasida 13-14 o’rinlarda turdi. 
80-yillarda  fan,  madaniyat  va  xalq  ta’limiga  ajratilgan  xarajatlar  davlat 
byudjetining atigi 2,7 foizini tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1989 yili yevropa 
mamlakatlarida 5,5 foizni, Afrika mamlakatlarida 5,4 foizni tashkil qilgan. Bolalar 
o’limi,  oshqozon-ichak  va  yuqumli  kasalliklar  bo’yicha  O’zbekiston  SSSR  da 
birinchilar  qatorini  egalladi.  Aholining  o’rtacha  yoshi  1970  yil  72  yosh  bo’lsa, 
1980  yili  bu  ko’rsatgich  67,7  yoshni  tashkil  qildi.  Bunga  asosiy  sabab  ekologik 
vaziyatning  keskinlashuvi  bo’ldi.  Jafokash  o’zbek  xalqining  turmush  darajasi 
achinarli ahvolda bo’lib, boshqa respublikalar bilan qiyoslaganda oxirgi o’rinlarda 
edi.  Bundan  boshqacha  bo’lishi  mumkin  ham  emas  edi.Davlat  bosh  ekspluatator 
rolini  bajargan  sotsialistik  tizimda  mehnat  ahli  o’z  kuchi  bilan  yaratgan 
mahsulotning  atigi  25-30  foizi  hajmidagina  haq  oldi.  Sovet  Ittifoqining  sanoat 
rivojlanishiga,  yadro  qurollarini  ishlab  chiqarish,  koinotni  o’zlashtirishdagi 
yutug’lariga  katta  hissa  qo’shgan  O’zbekistonning  million  tonnalab  paxtasi,  ming 
tonnalab  oltin,  kumush,  uranlari  uchun  Markaz  u  bilan  nohaq,  surbetlarcha, 
adolatsiz  hisob-kitob  qildi.  O’sha  davrning  mehnat  ilg’orlari  sovet  tizimidagi 
sotsial siyosatning og’ir oqibatlarini hali ham ko’rishyapti. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling