Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


«SHaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat»ning oqibatlari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

«SHaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat»ning oqibatlari: 


Totalitar  tizim  jarayonida  o’lkadagi  madaniy-ma’rifiy  ishlar  e’tibordan  chetda 
qolmadi.  20-30-yillarda  savodsizlikni  tugatish,  ta’lim-tarbiya  ishlari  astoydil  qo’lga 
olindi. 1941 yili O’zbekistonda 5.504 maktab bo’lib, ularda 42.000 o’qituvchilar dars 
berdi,  1  mln.  315  ming  o’quvchi  ta’lim  oldi.  Sanoat  ishlab  chiqarishining  ishchi 
kadrlarga  talabini  qondirish  uchun  fabrika,  zavodlar  qoshida  maxsus  o’quv  yurtlari 
ochildi. 
O’rta Osiyoda oliy ta’limning beshigi,  hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti bir 
qancha oliy o’quv yurtlariga asos bo’ldi, 1940 yili respublikada 30 ta oliy, 100 ga 
yaqin  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlari  ishlab  turdi.1943  yilda  tashkil  etilgan 
O’zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  va  uning  ilmiy  tekshirish  institutlarida  fanning 
turli  sohalari:  ayniqsa  kimyo,  fizika,  elektronika,  tarix,  arxeologiya  va  boshqa 
fanlar  rivojlandi.20-30-yillarda  adabiyot  va  san’at  sohasida  jahonga  mashhur 
yozuvchilar  va  shoirlar  yetishib  chiqdi.  Teatr  va  kino  san’ati  o’zining  dastlabki 
qadamlarini qo’ydi. Madaniy-oqartuv muassasalarining soni ortib bordi.Achinarlisi 
shundaki,  respublikada  ta’lim-tarbiya,  madaniy-ma’rifiy  ishlar  «SHaklan  milliy, 
mazmunan sotsialistik» shiori ostida olib borildiki, asl maqsad «baynalmilalchilik» 
niqobi  bilan  pardalanib,  o’lkaga  rus  madaniyatini,  ularning  turmush  tarzini 
tarqatishdan  iborat  bo’ldi.  1938  yil  19  martda  O’zbekiston  rahbariyati  milliy 
maktablarda majburan rus tilini o’qitish to’g’risida qaror qabul qildi. O’qishlar va 
idoralarda  ish  yuritishlar  1929  yildan  boshlab  lotin,  1940  yildan  boshlab  kirill 
alifbosida  olib  boriladigan  bo’ldi.  Bularning  oqibatida  ko’p  asrlar  davomida  arab 
alifbosida  yaratilgan  tariximiz,  madaniyatimizni  o’rganishdan  respublikaning  tub 
aholisi  mahrum  bo’ldi.  1927  yili  o’tkazilgan  «Hujum»  harakati  oqibatida  o’zbek 
xotin-qizlari  jahon  taraqqiyotiga  tortilgan  holda,  ikkinchi  tomondan,  ular 
industriyalashtirish  girdobiga  keng  jalb  qilinib,  o’zlarining  tabiiy  burchlarini 
bajarish  hamda  sharqona  fazilatlaridan  mahrum  bo’ldilar.Madaniy-ma’rifiy 
muassasalar  kompartiyaning  g’oyalarini,  sotsialistik  mafkurani  omma  o’rtasida 
keng  tarqatish  yuzasidan  faol  ishlar  olib  bordi.Fashizmga qarshi  urush  yillari  izdan 
chiqqan  ta’lim-tarbiya  ishlari,  madaniy-oqartuv  muassasalari  urushdan  keyingi 
yillarda  qayta  tiklandi  va  kengaytirildi.  1970  yili  respublikada  2977  ta  klub 
muassasalari, 5822 ta kutubxonalar, 26 ta muzey, 3988 ta kinoqurilmalar ishlab turdi. 
Lekin, amalda bu muassasalarning bir qismi statistik axborotlarda oshirib ko’rsatilgan, 
boshqa qismi har xil sabablarga ko’ra qoniqarsiz bo’lib, moliyaviy yordamga muhtoj, 
ayniqsa,  qishloq  joylarda  tashlandiq  ahvolda  edi.  Qanday  bo’lmasin  bu  muassasalar 
marksizm-leninizm  soxta  g’oyalarini,  sotsialistik  qurilish  amaliyotini  tashviqot-
targ’ibot qilishning quroli bo’lib xizmat qildi.Urushdan keyin majburiy 7 yillik, 1959 
yildan 8 yillik, 1970 yildan boshlab 10 yillik ta’lim amalga oshirila boshlanadi. 1980 
yillarda  o’rta  va  oliy  ta’lim  tarmoqlari  kengayib  bordi.  1990  yil  O’zbekistonda 
maktablar  soni  9.000  ga  yetdi,  lekin  ulardan  1.700  tasi  vayrona  ahvolda  bo’lib, 
kapital  ta’mirlashni  talab  qilar  edi.  1978-79-o’quv  yilida  respublikada  43  ta  oliy 
o’quv  yurti  bo’lib,  bularning  kunduzgi,  sirtqi,  kechki  bo’limlarida  26.000  talabalar 
o’qidi.  Respublika  Fanlar  Akademiyasida  ilmiy-tadqiqot  institutlarining  qatori 
kengayib,  ularda  yirik  olimlar  ilmiy  izlanish  ishlarini  olib  bordilar.Talabalar,  oliy 
ma’lumotli  mutaxassislar,  ilmiy  xodimlarning  soni  jihatdan  10.000  kishiga 
hisoblaganda O’zbekiston ilg’or mamlakatlar qatorida tursa ham kadrlar tayyorlash 


tizimida qo’pol nuqsonlar bor edi. Oliy o’quv yurtlariga viloyatlardan qat’iyan reja 
asosida  qabul  qilish:  qanday  o’qimasin,  ularni  bitirtirib  chiqarish  natijasida 
ko’pincha  malakasi  yetarli  bo’lmagan  mutaxassislarga  diplom  berishga  to’g’ri 
keldi.Ta’lim-tarbiya,  ilmiy-tadqiqot  ishlarining  miqdoriy  ko’rsatkichlari  qanchalik 
yuqori  bo’lmasin,  ular  Markazga  qaramligi  sababli  o’zlarining  ish  faoliyatida 
kompartiya mafkuraviy tazyiqidan chetga chiqolmadilar. O’quv dasturlari, ayniqsa 
ijtimoiy  fanlar  haddan  tashqari  siyosatlashtirildi.  O’tmishda  dunyoga  mashhur 
bo’lgan, jahon fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ajdodlarimiz nomi esga 
olinmadi, millatimizning boy tarixi va adabiyoti o’qitilmadi. CHunki, maktab, oliy 
ta’lim  tizimining  asl  maqsadi  O’zbekiston  misolida  butun  jahonga  sovet  davlati 
milliy siyosatining tantanasini ko’rsatishdan boshqa hech narsa emas edi. Bu tizim 
respublikaning  Markazga  qaramligini  yana  ham  kuchaytirdi.Markazning 
baynalmilalchilik  siyosati  aslida  mamlakatda  istiqomat  qiluvchi  120  dan  ortiq 
millatlar  va  elatlardan  yagona  sovet  xalqini  shakllantirish  siyosatini  ro’yobga 
chiqarish  uchun jadal  ishlarni olib bordi.  SHu  maqsadda rus tilini  hayotga kiritish 
faollashdi.  1969  yildan  boshlab  O’zbekistonning  barcha  bolalar  bog’chalarida  rus 
tilini  o’rgatish  boshlandiki,  butun  harakat  yagona  baynalmilal  til  yaratishga 
qaratildi.  Bunday  siyosatning  oqibatida  o’zbek  tilining  jamiyatdagi  o’rni,  milliy, 
diniy qadriyatlari yo’qola bordi.Sovet hukumati dastlabki kunlardan boshlab dinga, 
diniy tashkilotlarga qarshi keng miqyosda kurash olib borib, ateistik jamiyat qurish 
tomon yo’l tutgan edi. Machit va madrasalarni yopib, ularning binolaridan boshqa 
maqsadlarda  foydalanildi.  Navro’z  kabi  umumxalq  bayrami,  diniy  marosimlar 
bekor  qilindi.  Haj  safariga  boradigan  musulmonlarning  soni  har  yili  butun 
O’zbekistonda  ikki-uch  kishidan  oshmasdi.  Ruhoniylarning  ko’pchiligi  har  xil 
bahonalar bilan qamoqqa olindi, surgun qilindilar. Din va diniy tashkilotlarni ta’qib 
qilib, dindorlarga nisbatan ko’r ko’rona munosabat qanchalik faol olib borilmasin, 
ularning  e’tiqodini  deyarli  o’zgartira  olmadi.20-30-yillar  o’zbek  adabiyoti  va 
san’atida  izlanishlar,  uyg’onish  va  yo’qotish  yillari  bo’ldi.  20-yillarda 
ma’rifatchilik  harakatining  samarali  yillari  bo’lib,  A. Qodiriy,  Fitrat,  CHo’lpon, 
Botu, Elbek, Hamza, S.Ayniy, so’ngroq yangi  yosh ijodkorlar Oybek,  G’.G’ulom, 
H.Olimjon,  A.Qahhor  kabi  o’zbek  adabiyotining  yirik  namoyandalari  faoliyat 
ko’rsatdi.30-yillarda sahna san’atida opera va balet sohasida dastlabki yutug’larga 
erishildi. Kino san’ati qaror topdi. Ayni shu davrda adabiyot va san’atda sotsialistik 
realizm  deb  atalmish  yo’nalish  hukmron  bo’la  boshladi  va  respublikada  madaniy 
hayot  kommunistik  mafkuraga  bo’ysundirildi.Urushdan  keyingi  50-60-yillarda 
respublika  ijodiy  ziyolilarining  yangi  avlodi  shakllandi.  SHaxsga  sig’inishning 
fosh  etilishi  bilan  yuzaga  kelgan  iliqlik  shamoli  bilan  badiiy  adabiyotda  ko’pgina 
salmoqli  asarlar  yaratildi,  bir  qancha  yangi  o’zbek  teatr  va  konsert  san’atining 
dong’ini  taratgan  jamoalar  tashkil  etildi.  Jamiyatda  inqirozli  holatlarni  kuchayishi 
bilan  madaniy  hayotdagi  ziddiyatlar  ham  keskinlashdi.  CHirib  borayotgan 
sotsializm  g’oyalarisiz tarixiy, badiiy asarlar yorug’lik ko’rmaydigan bo’ldi. Faqat 
80-yillarning  ikkinchi  yarmidan  yangicha  fikrlash  davrida  sotsializm  g’oyalari  va 
amaliyotining  jamiyat  hayotining  barcha  sohalaridagi  mudhish  oqibatlarini  fosh 
qiladigan asarlar yaratildi.Kechayu-kunduz kishilar onggiga majburan singdirilgan 
kommunistik  mafkura  odamlarni  ma’naviy  qashshoqlikka  olib  keldi.  «Ijtimoiy 


tenglik»  to’g’risidagi  sotsializm  g’oyasi  kishilarni  ishyoqmas,  boqimanda  qilgan 
bo’lsa  «davlat  mulki»,  «umumxalq  mulki»  degan  aqidasi  insonni  mulkdorlik, 
egalik  tuyg’ularidan  begona  qildi.  «Davlat  mulkiga»  «egasiz  mulk»  deb  qarash 
natijasida  tashimachilik  ommaviy  tus  oldi.O’zbek  xalqi  uchun  eng  dahshatlisi 
milliy,  diniy,  tarixiy  qadriyatlardan  judo  bo’lganligida  edi.  «YAgona  sovet  xalqi», 
«internatsional  til»  to’g’risidagi  uydirma  nazariyalar  adabiyot  va  san’atdagi 
«shaklan  milliy,  mazmunan  sotsialistik»  asarlarning  yaratilishi  xalqimizni  azaliy 
qadriyatlaridan mahrum etdi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling