Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi 
Fuqarolik  jamiyati,  bu  insonning  rivojlanishiga  imkon  yaratadigan,  uning  huquq  va 
erkinliklarini to’la darajada ta’minlaydigan qonun ustuvor bo’lgan ijtimoiy jamiyatdir. 
Bunday  jamiyat  qurish  davlat  qonunlari  va  inson  huquqlarini  poymol  etmaslikni, 
insondan  qonunlarga  qat’iyan  rioya  qilishni  talab  etadi.  Har  bir  fuqaroning  davlat 
boshqaruviga keng jalb etilishi,  inson  huquqlarini  himoya qilishda  faol qatnashishini 
ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarur. 
Huquqiy  davlatda  sud  hokimiyati  O’zbekiston  Respublikasida  odil  sudlov  va 
tarbiyalash  vazifalarini  bajarish  bilan  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  O’zbekiston 
Respublikasi  sud  hokimiyati  tizimiga  besh  yil  muddatga  saylanadigan 
Konstitutsiyaviy  sud,  Oliy  sud,  Oliy  xo’jalik  sudi,  G’arbiy  sudlar  tizimi, 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  oliy  sudi,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  xo’jalik 
sudi,  viloyat,  rayon  va  shahar  sudlari  kiradi.  Sud  hokimiyatining  faoliyati 
to’g’risidagi qonun-qoidalar O’zbekiston  Respublikasining 1993  yil 2 sentyabrida 
qabul qilingan «Sudlar to’g’risida»gi qonunda bayon etilgan.Jamiyat tizimini qayta 
tashkil  etar  ekan,  respublika  rahbariyati  sud  hokimiyati  doirasida  islohotlar  o’tkazib, 
inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquqlari,  ularning  erkinligi  va  majburiyatlarini 
kafolatlovchi  huquqiy  mexanizmni  shakllantirdilar.  Bu  jarayonda,  respublikamizda 
demokratik jamiyat talablariga  mos tushadigan saylov  tizimining  tashkil etilishi  ham 
muhim ahamiyatga egadir. Bu o’zgarishlarning barchasi shaxsning davlat va jamiyat 
bilan  munosabatlarini  belgilashga  qaratilgan.  Davlat  va  shaxs  o’tasidagi  munosabat 


fuqarolikni  namoyon  etadi  va  ularning  o’zaro  huquq  va  majburiyatlaridan  kelib 
chiqadi.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1999  yil  (dekabr)  sessiyasi  sud-
huquqiy  ishlaridagi  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo’lida  advokatura  tizimini 
kuchaytirish,  sudyalarning  chinakam  mustaqilligini  ta’minlash  vazifalarini 
qo’ydi.O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  O’zbekiston  Respublikasining 
1993 yil 28 dekabrdagi, 1995 yil 5 maydagi Qonunlari negizida demokratik saylov 
tizimi  asoslab  berilgan.  «Saylov  tizimi»  to’g’risidagi  Qonunga  asoslanib  1994 
yilning  25  dekabrida  vakillik  organlariga  birinchi  marta  hududiy  bir  mandatli 
saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga deputatlar 
saylandi. I.A.Karimov davlat va jamiyat  hayotini erkinlashtirish yuzasidan  muhim 
vazifani  belgilab:  «..hokimiyat  vakolatlarini  nodavlat  va  jamoat  tashkilotlariga, 
fuqarolarni  o’z-o’zini  boshqarish  organlariga  bosqichma-bosqich  o’tkaza  borish, 
ularning  haq-huquqlari  va  erkinliklarini  muhofaza  etishni  kuchaytirishdan  iborat» 
degan g’oyani ilgari surdi. Oliy Majlisning XIV sessiyasi «kuchli davlatdan-kuchli 
fuqarolik jamiyat sari» degan siyosiy qurilish dasturini belgiladi. 
Ko’p  partiyaviylik  tizimi.  Milliy  siyosat  Partiyalar  va  harakatlar  demokratik 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling