Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining 
barpo etilishi: 
Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  huquqiy  davlatchilik  asoslarini 
yaratish  muhim  vazifalardan  biriga  aylandi.  Milliy  davlatchilik  rivojlanishining 
minglab  yillik  an’analari  chorizm  mustamlakasi  davrida  batamom  inkor  etilgan 
edi.  Mustaqil  O’zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov  tarixiy  an’analarga,  dunyo 
tajribalariga,  o’lkaning  milliy-tarixiy  rivojlanishiga  hamda  o’lkaning  o’ziga  xos 
tomonlariga  tayangan  holda  jamiyatni tubdan  isloh  qilish  yo’llarini  ishlab  chiqdi. 
Bu jarayonda ikkita vazifa: 
1. Eski  ma’muriy  tizimni  tugatish  va  hokimiyat  boshqaruv  organlarini  qayta 
qurish; 
2. YAngi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi 
markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari hal qilindi. 
O’zbekiston  Respublikasida  huquqiy  davlat  qurilishining  kafolati  O’zbekiston 
Konstitutsiyasidir.  Davlat  hokimiyati  tashkil  etishning  muhim  demokratik 
tamoyillari  Konstitutsiyada  qayd  qilingan  bo’lib,  unda  hokimiyat  qonun 
chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  organlaridan  iborat deb  ko’rsatilgan.  Bu  organlar 
faoliyati  erkin,  bir-biridan  mustaqil  bo’lib,  ayni  vaqtda  bir-biri  bilan  chambarchas 
bog’liqdir. 
1994  yil  24  dekabrda  ko’p  partiyaviylik  va  muqobillik  asosida  saylangan 
Respublika  Oliy  Majlisi  qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  vazifasini  bajaradi.  Oliy 
Majlisga  saylovlar  demokratik  rivojlanishning  yangi  bosqichga  o’tganligidan 
dalolat  berdi.  Oliy  Majlisga  250  deputat  saylanib,  ularning  120  nafari  viloyatlar 
deputatlari  kengashidan  saylangan  bo’lib,  qolganlari  har  xil  partiyalardan  vakillar 
edi.Davlatni boshqarishning prezidentlik shakli mamlakat boshqaruv tizimini isloh 
qilishning  boshlanishi  bo’ldi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  davlat 
hokimiyatining boshlig’i bo’lib, bir vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining Raisi 
vazifasini ham bajaradi. Prezident fuqarolar erkinligi va huquqlarini himoya qilish, 
Konstitutsiya  va  O’zbekiston  qonunlariga  rioya  qilinishini  kafolatlaydi.  Vazirlar 
Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy 
jabhalardagi  vazifalarning  bajarilishini,  qonunlar,  Oliy  Majlis  qarorlari,  mamlakat 
Prezidenti  farmonlarining  ijro  etilishini  ta’minlaydi.Ijro  etuvchi  hokimiyat 


organlari tizimi  ilgarigi  hokimiyatdan tubdan  farq qilib, bu tizim jamiyat  hayotida 
muvofiqlashtiruvchilik vazifasini bajaradi. O’zbekiston Respublikasida avval 28 ta 
ittifoq  va  17  ta  respublika  vazirliklari  va  komitetlari  ish  ko’rgan  bo’lsa,  endilikda 
ular o’rniga bozor iqtisodi tizimiga mos keladigan vazirliklar va qo’mitalar tashkil 
etilgan.Respublikada  hokimlar  boshqaruvining  joriy  etilishi  muhim  ahamiyatga 
ega  bo’lib,  hokimlikka  tajribali  va  malakali  shaxslar  Prezident  tomonidan 
tayinlanadi  va  xalq  deputatlari  kengashlari  tomonidan  tasdiqlanadi.  Xalq 
deputatlari  Kengashlari  hokimiyatning  vakillik  organlari  bo’lib,  ular  davlat  va 
fuqarolarning  manfaatlarini  ko’zlab  o’z  vazifalarini  hal  etadi.  Mahalliy  o’z-o’zini 
boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil etadi. Aholini huquqiy, ijtimoiy 
va  iqtisodiy  qo’llab-quvvatlash,  ijtimoiy  jamg’armalar  tashkil  etish,  turli  xayriya 
tadbirlari o’tkazishda mahallaning o’rni benihoya kattadir. Undan tashqari, mahalla 
yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mehr-oqibatli qilib voyaga yekazishda 
katta  ishlarni  amalga  oshirmoqda.  Fuqarolar  yig’ini,  Oqsoqollar  Kengashiga  1998 
yil noyabr-dekabr oylarida o’tgan saylovlarda mahalliy organlarga ko’pchiligi oliy 
ma’lumotli,  ko’p  tajribaga  ega  kadrlar  ishga  tortildi.  Bular  davlat  organlari 
vazifalarini 
jamoat 
tashkilotlariga 
o’tkazish 
jarayonining 
faol 
qatnashchiliridir.YAngi davlat apparatining shaklanishi va faoliyatini davr talabiga 
mos  keladigan  kadrlar  siyosatisiz  tasavvur  etib  bo’lmaydi.  SHu  nuqtai  nazardan 
O’zbekistonda  ishni  yuqori  darajada  olib  borishga  qodir  bo’lgan  ma’naviy  yetuk 
kadrlarni 
tayyorlash 
va 
tarbiyalashga 
qaratilgan 
qator 
chora-tadbirlar 
o’tkazilmoqda.  Xususan,  davlat  va  jamoat  tashkilotlari,  huquqiy  organlar  uchun 
yuqori  malakali  kadrlar tayyorlab beradigan bir qancha oliy  o’quv  yurtlari tashkil 
etildi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling