Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

 O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligi: 
Mamlakatimizning  jahon  xalqlari  tinchligi  va  xavfsizligini  mustahkamlashga 
qaratilgan  tinchliksevar  tashqi  siyosati  uning  jahon  miqyosida  mustaqil  davlat 
sifatida  tezda  tan  olinishini  ta’minladi.  O’zbekiston  Respublikasining  davlat 
mustaqilligini  dunyodagi  165  davlat  tan  oldi,  ularning  120  tasi  bilan  diplomatik, 
siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  va  madaniy  aloqalar  o’rnatildi.  Toshkentda  35 
mamlakatning  elchixonasi  ochildi.  Bular  AQSH,  Turkiya,  Germaniya,  Fransiya, 
Buyuk  Britaniya,  Xitoy,  Hindiston,  Pokiston  va  boshqa  rivojlangan  mamkatlardir. 
SHuningdek O’zbekistonda 88 ta  xorijiy  mamlakatlar  va  xalqaro tashkilotlarning, 
24  ta  hukumatlararo  va  13  ta  nohukumat  tashkilotlarning  vakolatxonalari  faoliyat 
ko’rsatmoqda.  Dunyodagi  20  dan  ortiq  yirik  davlatlarda  O’zbekistonning 
elchixonalari  ishlab  turibdi.O’zbekiston  jahon  iqtisodyotiga  integratsiyalashish 
yo’lidan borib Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, 
Iqtisodiy  taraqqiyotga  ko’maklashuvchi  tashkilot  va  boshqa  moliyaviy  iqtisodiy 
tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi va ular bilan hamkorlik qilmoqda. SHu bilan birga 
O’zbekiston  BMT  doirasidagi  ixtisoslashgan  muassasalar-Jahon  sog’liqni  saqlash 
tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning 
bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon 
meteorologiya  tashkiloti,  Xalqaro  olimpiada  qo’mitasi,  Xalqaro  avtomobilchilar 
ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Ularning  vakolatxonalari 
respublikamizda  ochildi  va  faoliyat  ko’rsatmoqda.O’zbekiston  ko’pgina 


mintaqaviy  tashkilotlar,  chunonchi,  yevropa  Ittifoqi,  NATO,  EKO,  Islom 
konferensiyasi, qo’shilmaslik  harakati va boshqalar bilan ham samarali  hamkorlik 
qilmoqda.  I.A.Karimov  1999  yili  aprelda  SHimoliy  Atlantika  Ittifoqi  qoshidagi 
«Tinchlik  yo’lida  hamkorlik»  dasturining  a’zosi  sifatida  NATO  ning  50  yillik 
yubiley  tantanalarida  qatnashdi.O’zbekiston  O’rta  Osiyo  davlatlari  bilan  Turkiya, 
Pokiston,  Eron  tomonidan  tuzilgan  iqtisodiy  hamkorlik  tashkilotiga  a’zo  bo’lib 
kirdi  va  Trans  Osiyo  temir  yo’lini  qurilishida  faol  ishtirok  etmoqda.  Bu 
O’zbekiston uchun dengiz yo’llariga, xalqaro transport tarmog’iga, tovar va kapital 
xalqaro  bozoriga  chiqish  imkoniyatini  berdi.Tashqi  iqtisodiy  aloqalarda 
respublikamiz  iqtisodiyotiga  xorijiy  sarmoyalarni  jalb  etishga  katta  ahamiyat 
berilmoqda.  Iqtisodiyotga  xorijiy  sarmoyalarni  jalb  etishda  O’zbekiston  quyidagi 
tamoyillarga amal qiladi. 
1.  Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; 
2.  O’zbekiston  iqtisodiyotiga  xorijiy  sarmoyadorlarni  keng  jalb  qilishni 
ta’minlaydigan  huquqiy  ijtimoiy,  iqtisodiy  shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar  va 
muassasalar tuzish; 
3.  Ilg’or  texnologiyaning  kirib  kelishiga,  xo’jalik  tarkibini  zamonaviylashiga 
ko’maklashadigan  xorijiy  sarmoyalarga  nisbatan  «ochiq  eshiklar»  siyosatini 
o’tkazish; 
4.  Respublika mustaqilligini ta’minlaydigan o’ta muhim sohalarni ishlab chiqarish 
vositalar  bilan  ta’minlash  hamda  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab  chiqarishga 
qaratish. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishni huquqiy jihatdan ta’minlovchi qonunlar 
qabul  qilindi.  «Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  to’g’risida»,  «CHet  el  investitsiyalari 
to’g’risida»gi  va  «Xorijiy  investorlar  va  investitsiyalarga  kafolat  berish 
to’g’risida»gi,  «Bankrotlik  to’g’risida»gi  qonunlar  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar 
shular  jumlasiga  kiradi.  Bu  huquqiy  hujjatlar  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni 
kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarishi uchun shart-sharoitlar 
yaratdi. Tashqi savdo uchun imtiyozlar berildi. Tovarlarni import va eksport qilish 
uchun  bojxona  to’lovlari  ancha  kamaytirildi.O’zaro  sarmoyalarni  himoya  qilish 
maqsadida  jahonning  ko’pgina  mamlakatlari,  jumladan,  Germaniya,  Turkiya, 
AQSH, 
Fransiya 
va 
boshqa 
mamlakatlar 
bilan 
shartnomalar 
imzolandi.Institutsional o’zgarishlar sohasida siyosiy va moliyaviy xatarni himoya 
qiluvchi  «O’zbekinvest»,  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy  banki  «ALC,  inc» 
Amerika  moliyaviy  guruhi  bilan  birgalikda  Londonda  Siyosiy  xatarning  shtab 
kvartirasi  va  Toshkentda  moliyaviy  xatarning  oldini  olish  shtab  kvartirasi  bilan 
o’zaro suQurta kompaniyasi tuzildi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida  investitsiyalarga  ko’maklashish  muassasalari  chet  el  investitsiyalari 
bo’yicha  agentlik,  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  va  tadbirlar  palatasi,  Lizing 
kompaniyasi tashkil etildi. 
O’zbekistonning  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirishga  qaratilgan  siyosati 
respublikaga  xorijiy  sarmoyalarning  to’xtovsiz  kirib  kelishini  ta’minlamoqda. 
O’zbekiston hukumati Kanada, XXR, Turkiya, Gollandiya, Germaniya, SHveysariya 
banklari  va  firmalari  bilan  1,5  milliard  AQSH  dollari  hajmida  32  ta  yirik  kredit 
bitimi  tuzdi  va  ular  amalga  oshmoqda.  Faqat  1994  yilda  respublikaga  640  million 


AQSH  dollar  miqdorida  investitsiya  kreditlari  berish  to’g’risida  xalqaro  moliya 
muassasalari  va  xorijiy  sarmoyadorlar  bilan  tuzilgan  bitimlar  asosida Amerikaning 
«Nyumont-Mayning»  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  oltin  qazib  oladigan 
«Zarafshon-Nyumont»  qo’shma  korxonasi  qurilib  ishga  tushirildi.  Toshkentda 
xalqaro savdo-ko’rgazma kompleksi, Xorazmda qand-shakar zavodi qurildi.Janubiy 
Koreya  sarmoyadorlari  bilan  «O’zDEU  avto»,  «O’zDEU  elektroniks»  hissadorlik 
birlashmalari  keng  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Germaniya  va  Janubiy  Koreya  bilan 
hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilanmoqda. 
1997  yil  oxirlarida  O’zbekistonga  kiritilgan  investitsiyalarning  umumiy  hajmi  8 
milliard  AQSH  dollarini  tashkil  etdi.  Hozirgi  kunda  xorijiy  mamlakatlar 
sarmoyadorlari  ishtirokida 3200 dan ortiq  qo’shma korxona qurilmoqda, bir qismi 
faoliyat  ko’rsatdi.O’zbekistonning  barcha  rivoj  topgan  xorijiy  mamlakatlar  bilan 
tashqi iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalari kengayib bormoqda. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling