Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

 
 
 
14-mavzu. Mustaqillik  yillarida O’zbekistonning  iqtisodiy, ma’naviy va 
madaniy  taraqqiyoti  hamda jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi. 
Reja: 
1. 
O’zbekistonda  bozor  munosabatlarining  shakillanishi.uning  bosqichlari 
va xususiyatlari.Qishloq xo’jaligidagi islohotlar. 
2. 
O’zbekiston  Respublikasi  “Ta’lim  to’g’risida”gi  qonun  va  “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi. 
3. 
Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. 
4. 
 O’zbekistonning 
tinchliksevar 
 
mustaqil 
tashqi 
siyosati. 
Respublikamizning  xorijiy  davlatlar va xalqaro  tashkilotlar bilan aloqalari . 
5. 
O’zbekistonning    MDH  va  Markaziy  Osiyo  davlatlari  bilan    o’zaro  
hamkorligi. 
Davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish 
uchun  qulay  sharoit  va  keng  imkoniyatlar  yaratdi.  Bizning  diyorimizda  bozor 
munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab 
chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to’rt tomoniga chiqarib 
savdogarlik qilgan, mol almashgan. 
O’zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib, o’zimizning 
ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  yo’limizni  belgilash  dastlabki  kunlarning  eng  muhim 
vazifasi  bo’lib  qoldi.  O’zbekiston  tanlagan  islohot  yo’li  ijtimoiy  yo’naltirilgan 
bozor  iqtisodini  shakllantirishga  qaratildi.Bozor  munosabatlariga  asoslangan 
demokratik  jamiyat  qurishning  asosiy  yo’nalishlari  Prezident  I.A.Karimov 
tomonidan  ishlab  chiqilib,  dunyodagi  rivojlangan  mamlakatlarning  yirik 
mutaxassislari,  davlat  arboblari  tomonidan  tan  olindi  va  o’zining  hayotiyligini 
namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: 
-iqtisod  siyosatdan  ustun  turib  mafkuraviy  tazyiqlarsiz,  o’ziga  xos  ichki 
qonunlarga muvofiq rivojlanmog’i kerak; 
- davlat  bosh  islohotchi  o’rnida  bo’lib,  u  islohotlarning  ustuvor  yo’nalishlarini 
belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; 
- bozor  munosabatlariga  o’tish  qonun  ustuvorligini  talab  qiladi.  Butun  xalq 
tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart; 


- bozor  munosabatlarini  joriy  etish  bilan  bir  vaqtda  aholini  himoya  qilishning 
kuchli ijtimoiy siyosatini o’tkazish; 
- ijtimoiy  islohotlarning  rivojlanib  borishi  va  yo’nalishini  belgilab  beruvchi 
tamoyillardan  biri  bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  evolyutsion  yo’l  bilan,  bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi zarur. 
YAngi  iqtisodiy  munosabatlarga  o’tish  tamoyillari  asosida  g’oyat  mas’uliyatli  va 
murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning 
boshlang’ich  nuqtasi  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlarning  pirovard  maqsadini  belgilab 
olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan 
iqtisodiyotdan  bozor  munosabatlariga,  bir  sifat  holatidan  ikkinchi  sifat  holatiga 
o’tishdan  iboratdir.  Bozor  munosabati  bu  jihatdan  klassik  kapitalistik  va  sotsialistik 
iqtisodiy tizimdan farq qiladi. 
Bozor  islohotlarini  amalga  oshirish  dasturiga  ko’ra  ustuvor  vazifalar  bosqichma-
bosqich  hal  qilinadi.Birinchi  bosqichda  totalitar  tizimdan  hozirgi  zamon  bozor 
munosabatlariga  o’tish  davridagi  bir-biriga  bog’liq  ikki  vazifani  bir  vaqtda  hal 
qilishga to’g’ri  keldi:  ma’muriy buyruqbozlik  tizimning og’ir oqibatlarini tugatib, 
iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu 
bosqich  jarayonida  iqtisodiy  islohotning  g’oyat  muhim  yo’nalishlari  O’zbekiston 
Prezidenti tomonidan belgilab berildi: 
- o’tish  jarayonining  huquqiy  asoslarini  shakllantirish,  islohotlarning  qonuniy-
huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish; 
- qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish. 
Iqtisodiy  islohotlarni  huquqiy  asoslovchi  qonun-qoidalar  yuridik  tashkilotlar  va 
yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan 
quvvatlanib, tan olindi. 
Dastlabki  vaqtning  o’zida  iqtisodiy  munosabatlarning  huquqiy  negizini  barpo 
etadigan  100  ga  yaqin  asosiy  qonun  hujjatlari  qabul  qilingan.  Iqtisodiy  islohot, 
tadbirkorlik  va  chet  el  investitsiyalari  bo’yicha  Prezident  huzurida  maxsus 
Idoralararo kengash tuzildi. 
Bozor  munosabatlariga  o’tishning  asosiy  shartlaridan  biri  mulkni  davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  amalga  oshirildi.  Bu  bilan  davlat 
monopoliyasi  tugatilib,  ma’muriy  buyruqbozlik  tizimi  buzildi  va  bozor 
iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy  mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi  va 
xorijiy  sarmoyadan  foydalanib,  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  orqali 
aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi. 
Mulkni  xususiylashtirish  va  ko’p  ukladli  iqtisodni  shakllantirish  O’zbekistonda 
o’ziga  xos  yo’l  bilan  birinchi  bosqichda  1992-1993  yillari  amalga  oshirildi.Bu 
davrda  asosan  maishiy  xizmat  va  savdo  korxonalari,  transport  va  qurilishning 
kichik  korxonalari,  davlat  sanoat  va  mahsulot  qayta  ishlash  korxonalari  mulk 
shaklini  o’zgartirdi.  Bular  mulkning  ijara,  jamoa  va  aksiyadorlik  shakliga 
aylantirildi.  Uy-joylar  keng  miqyosda  xususiylashtirilib,  aholining  ayrim  qismiga 
tekin,  boshqa  qismiga  esa  arzon  narxda  xususiy  mulk  etib  berildi.Dastlabki 
davrning  o’zida  qishloq  xo’jaligida  770  kolxoz  va  davlat  xo’jaliklari 
xususiylashtirildi,  jamoa  va  ijara  xo’jaliklariga  aylantirildi.  Lekin  qishloqda  bu 


jarayon  sekin  va  qiyinchiliklar  bilan  amalgan  oshirildi. Agrar  sohadagi  byurokratik 
boshqaruv  tizimining  har  xil  to’siqlari  qishloqda  islohotlarning  borishiga  xalaqit 
berardi.  Mulkning  davlat  tasarrufidan  chiqarish  jarayonining  birinchi  bosqichidagi 
eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani bo’ldi.Davlat mulkini 
xususiylashtirishning  ikkinchi  bosqichi  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
mahkamasining  1994  yil  21  yanvardagi  «iqtisodiy  islohotlarni  yanada 
chuqurlashtirish,  xususiy  mulk  manfaatlarini  himoya  qilish  va  tadbirkorlikni 
rivojlantirishning  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  qarori  asosida  olib  borildi.  Bu 
davrda  ochiq  shakldagi  aksiyadorlik  jamiyat  qurish,  korxonalar  aksiyasini 
chiqarish,  auksion  (kim  oshdi)  savdosi  orqali  davlat  mulkini  shaxslarga  sotish, 
qim-matbaho  qog’ozlarni  chiqarish  va  xususiylashtirishni  yoppasiga  olib  borish 
uchun sharoit  yaratish  ishlari amalga oshirildi.Aloqa, transport, geologiya-qidiruv, 
yoqilQi-energentika  komplekslari  xususiylashtirilmadi.  Ayrim  sohalarda    kimyo, 
oltin  qazish,  paxta  tozalash,  tog’-kon  sanoatida-51%  aksiya  davlat  ixtiyorida 
qoladigan bo’ldi. 
1994  yil  oxirigacha  54.000  korxona  mulk  shaklini  o’zgartirdi.  Xususan,  34% 
xususiy,  48%  aksiyadorlik,  16%-jamoa,  1%  ijara  xo’jaligiga  aylandi.Natijada 
Respublikada nodavlat sektorning iqtisodiyotdagi ulushi ortib bordi. Mazkur sektor 
1995  yili  sanoat  mahsulotini  44  foizi,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotining  97  foizini 
ishlab  chiqardi.  Barcha  kapital  mablag’ning  44  foizi  ana  shu  nodavlat  sektoriga 
to’g’ri  keldi.Mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab,  mamlakatda  kichik 
biznesni  rivojlantirish  davlat  sektorining  ustuvor  yo’nalishlaridan  biri  etib 
qo’yilgan. O’tgan yillar davomida shu sohaga tegishli huquqiy asos yaratildi, zarur 
me’yoriy  hujjatlar  qabul  qilindi,  bozor  infratuzilmasi  tashkilotlari  faoliyati  yo’lga 
qo’yildi.  Natijada  1999  yil  boshida  mamlakatda  qariyib  190  000  ta  kichik  va 
xususiy  korxonalar  faoliyat  yuritmoqda.  Uning  salkam  15.000tasi  1998  yili  ishga 
tushgan bo’lsa, 1999 yili ularning soni 16.579 taga ko’paydi.Mamlakatda ikki yo’l 
bilan  mulkdorlar  sinfi  shakllana  boshladi.  Birinchidan,  kichik  korxonalar  va 
xususiy  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish  yo’li  bilan,  ikkinchidan,  pul 
mablag’larini  omonat  kassalari  yoki  banklarga  qo’yish,  qimmatbaho  qog’ozlarga 
aylantirish yo’li bilan. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling