Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining buxoro filiali


-mavzu.  O’zbek davlatchiligining  shakllanishi  va dastlabki  taraqqiyot


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/58
Sana08.01.2022
Hajmi1.9 Mb.
#244247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
ozbekiston tarixi (3)

2-mavzu.  O’zbek davlatchiligining  shakllanishi  va dastlabki  taraqqiyot 
bosqichlari.  
 
Reja: 
1.  Davlatchilik  tushunchasi.  O’lkamiz  hududida    dastlabki  davlatlarningi  tashkil 
topishi. 
2.”Katta Xorazm”,Qadimgi Baqtriya o’zbek davlatchiligining qadimgi poydevori. 
3.So’g’diyina,Davan, Qang’ davlatlarining mustaqil davlat sifatida paydo bo’lishi. 
4.Kushonlar saltanatining o’zbek davlatchiligi  tarixida tutgan o’rni va roli. 
5.Qadimiy  yozuvlarning  paydo  bo’lishi,  Buyuk  ipak  yo’li  tarixiy  rivojlanishining 
bosqichlari. 
Nafaqat  O’zbekiston,  balki  dunyo  tarixida  ilk  davlatchilikning  paydo  bo’lishi 
masalalari  hozirgi  kunda  tadqiqotchilar  orasida  eng  dolzarb  bo’lib  turgan 
muammolardan biri  hisoblanadi. Masalani  o’rganib, unga aniqlik kiritishdan oldin 
davlatchilikning  ildizlari  va  paydo  bo’lish  shart-sharoitlariga  diqqat-e’tiborni 
qaratmog’imiz lozim. 
YAngi tosh asriga (neolit)  kelib O’rta Osiyo  hududlarida dehqonchilikning paydo 
bo’lishi  jamiyat  hayotida  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  jarayonlarini  yanada 


tezlashtirdi.  Bronza  davriga  kelib  esa  dehqonchilikdan  chorvachilikning  ajralib 
chiqishi,  ixtisoslashgan  hunarmandchilik  xo’jaliklarining  rivojlanishi  natijasida 
ishlab  chiqarish  hajmi  ko’payib,  mehnat  qurollari  yanada  takomillashib  bordi. 
Jamiyatda  ishlab  chiqaruvchi  xo’jalikning  paydo  bo’lishi  va  jadallik  bilan 
rivojlanishi 
o’z 
navbatida 
ijtimoiy 
hayotdagi 
o’zgarishlarga 
sabab 
bo’ldi.Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  sun’iy  sug’orishga  asoslangan 
dehqonchilik  O’rta  Osiyo  xo’jaligining  asosi  hisoblanib,  bu  jarayon  janubiy 
Turkmaniston,  Tojikiston  va  O’zbekistonning  janubida  bronza  (mil.  avv.  III-II 
yilliklar)  davrida,  Toshkent  vohasi  va  uning  atroflarida  esa  ilk  temir  (VIII-IV 
asrlar)  davrida  shakllanib  rivojlandi.  O’rta  Osiyoda  ilk  davlat  uyushmalari  sun’iy 
sug’orish  birmuncha  qulay  bo’lgan  Amudaryo  (yuqori,  quyi,  o’rta)  oqimlari 
bo’ylarida,  Murg’ob  vohasida,  Zarafshon  va  Qashqadaryo  vohalarida  shakllanib 
rivojlanadi.  Bunday  holatni  dunyo  tarixidagi  dastlabki  davlatlar-Misr  (Nil)  va 
Mesopotamiya  (Dajla  va  Frot)  misolida  ham  kuzatish  mumkin.Hozirgi  kunga 
kelib,  O’rta  Osiyoning  juda  ko’plab  bronza  va  ilk  temir  davriga  oid 
yodgorliklaridan  (Sopolli,  Jarqo’ton,  Anov,  Qiziltepa,  Ko’zaliqir,  Afrosiyob, 
CHust,  Dalvarzin,  Daratepa  va  boshq.)  ishlab  chiqaruvchi  xo’jalik  bilan  bevosita 
bog’liq  bo’lgan  metall  qurollar  topib  o’rganilgan.  Metall  qurollarining  mehnat 
qurollari  sifatida  jamiyat  hayotiga  keng  yoyilishi  mehnat  unumdorligining  yanada 
yuksalishi  uchun  ulkan  imkoniyatlar  yaratib,  bu  jarayon  davlatchilik  paydo 
bo’lishini  yanada  tezlashtirdi.So’nggi  bronza  davriga  kelib  kulolchilik  charxining 
ishlatila  boshlanishi  natijasida  Sopolli,  Oltintepa,  Gonur,  Jarqo’ton  kabilarda 
kulolchilik  mahallalari  paydo  bo’ladi.  SHuningdek,  hunarmandchilikning  toshga, 
metallga,  yog’ochga,  suyakka  ishlov  berish  turlari  ham  keng  tarqaladi. 
O’unarmandchi-likning ixtisoslashuvi, alohida xo’jalik tarmog’i sifatida shakllanib 
rivojlanishi  jamiyatdagi  iqtisodiy  taraqqiyot  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lib, 
davlatchilik  paydo  bo’lishi  uchun  muhim  bo’lgan  qo’shimcha  mahsulot 
ko’payishiga  turtki  bo’ldi.O’rta  Osiyo  hududlarida  yashagan  aholi  qadimgi 
davrlardan  boshlab  o’zaro  munosabatlarni  rivojlantirib  kelganlar.  Bronza  davriga 
kelib  shimoldagi  ko’chmanchi  chorvador  qabilalar  va  janubdagi  o’troq 
dehqonchilik aholisi o’rtasida o’zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada 
jadallashdi.  Bu  o’rinda  o’sha  davrda  shakllanib  keyinchalik  yanada  rivojlangan 
qadimgi  yo’llarning  ahamiyati  beqiyos  bo’ldi.  Bu  yo’llar  orqali  O’rta  Osiyo 
qadimgi  aholisi  mintaqadan  tashqari  qo’shni  davlatlar  Mesopotamiya,  Misr, 
Hindiston, Eron, Afg’oniston kabilar bilan turli aloqalarni rivojlantirganlar. Xullas, 
Bronza  davriga  kelib  aholi  ishlab  chiqarishning  ma’lum  bir  sohalariga 
dehqonchilik,  chorvachilik  va  hunarmandchilikka  ixtisoslashib  bordi.  Bu  jarayon 
ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  o’sishi  va  ularning  bir  yerga  to’planishi  uchun 
zamin  yaratdi.  Ishlab  chiqaruvchi  kuchlarning  o’sishi  o’z  nav-batida  mahsulot 
hajmining  o’sib,  qo’shimcha  mahsulot  paydo  bo’lishiga  sabab  bo’ldi.  Demak, 
qadimgi  xo’jaliklarning  ixtisoslashuvi,  suQorma  dehqonchilikning  rivojlanishi, 
metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli 
tarmoqlarning  rivojlanishi,  o’zaro  ayirboshlash  va  savdo-sotiq  taraqqiy  etishi 
natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladi. Bu yuksalish ilk 
davlatchilikning  asosiy  poydevori  hisoblanadi.Mil.  avv.  IV  ming  yillikka  kelib 


qadimgi  Misr  xo’jaligida  sun’iy  sug’orishga  asoslangan  dehqonchilik  katta 
yutug’larga  erishadi.  Ko’p  tarmoqli  bo’lgan  hunarmandchilik  dehqonchilikdan 
ajralib  chiqadi.  Savdo-sotiq  keng  miqyosda  rivojlanib  boradi.  Aynan  mana  shu 
davrda  jamiyatning  ijtimoiy  hayotida  ham  tubdan  o’zgarishlar  bo’lib  o’tdi. Aholi 
orasida tabaqalanish ro’y berib, jamiyat uchta hukmron qatlam (qabila oqsoqollari, 
kohinlar,  boy  jamoachilar),  dehqonchilik jamoasi  a’zolari  (Qad.  Misr  jamiyatdagi 
moddiy  ishlab  chiqaruvchilar)  va  qullar  qatlamlariga  bo’linadi.Mil.  avv.  IV  ming 
yillikning  ikkinchi  yarmida  Qadimgi  Misrda  shahar  markazi  atrofidagi  bir  nechta 
qishloqlarni  birlashtirgan  unchalik  katta  bo’lmagan  viloyatlar  (nomlar)  doirasida 
dastlabki  davlatlar  paydo  bo’ladi.  Markaziy  shaharlar  markazida  hukmdor 
qarorgohi  va  bosh  xudo  ibodatxonasi  joylashgan.  Bu  davrda  Quyi  Misrda  22  ta 
nom,  YUqori  Misrda  20  ta  nom  bo’lgani  ma’lum.  Mil.  avv.  IV  ming  yillik 
oxirlariga kelib barcha  nomlar birlashtirilib Quyi  va YUqori podsholiliklar tashkil 
topadi.  Quyi  Misr  podsholigi  poytaxti  Enxab  (Nexen)  shahri,  YUqori  Misr 
podsholigi  poytaxti  esa  Buto  shahri  edi.  Qadimgi  Misrning  rivojlanishi  O’rta, 
YAngi  va  So’nggi  podsholiklar  davrlariga  bo’linadi.Mil.  avv.  V  ming  yillikka 
kelib,  qadimgi  Mesopotamiya  aholisi  hayotida  Xalaf  madaniyati  (Tal-Xalaf 
qishlog’i  nomidan)  ma’lum  ahamiyatga  ega  bo’lgan  bo’lsa-da,  bu  hududlarda 
jamiyatning  tabaqalashuvi  va  davlatchilikning  paydo  bo’lishi  hamda  SHumer 
sivilizatsiyasining  asoslari  Uruk  (IV  ming  yillikning  ikkinchi  yarmi)  madaniyati 
bilan  bog’liqdir.Bu  davrda  Mesopotamiya  xo’jaligining  asosini  sug’orma 
dehqonchilik  tashkil  etardi.  Asta-sekinlik  bilan  dehqonchilikdan  hunarmandchilik 
xo’jaliklari ajralib chiqib, ular jamiyat rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan 
tarmoqlarga  aylana  boshlaydi.  Ichki  va  tashqi  almashinuv  rivojlanadi.  Qo’shni 
viloyatlardan  mis,  oltin,  qurilish  mollari,  qimmatbaho  toshlar  keltirila  boshlanadi. 
Manzilgohlar  o’lchamlari  kengayib,  ular  madaniy,  ma’muriy,  siyosiy  va  diniy 
markazlarga  aylanib  boradi.Mil.  avv.  IV  ming  yillikka  kelib  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlarning  rivojlanishi  natijasida  ishlab  chiqarish  munosabatlari  ham  taraqqiy 
etadi. Natijada Mesopotamiya jamiyatda mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish 
ro’y  beradi.  Mil.  avv.  III  yillikning  boshlari  Mesopotamiyaning  (Tigr  va  yevfrat 
daryolari vodiysi) janubida SHumer, O’rta qismida esa Akkad kabi davlatlar Eredu, 
Ur, Larsa, Uruk, Umma, Lagas kabi bir nechta shahar-davlatlar mavjud edi. O’sha 
davr  Mesopotamiya  rivojlanishining  asosini  sug’orma  dehqonchilik  tashkil 
etardi.O’lkamiz 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling