Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
47
Ne din bir demading yillarda, ey kamtar sana xonim,
Chu Yusuf Misri izzat masnadida mohi Kan`onim.
Yoki  Navoiyning  do`stlik,  unga  sadoqatda  bo`liShlik,  bevafo  do`stlikning    iztiroblarini  aks  ettiruvchi
“Bo`lmangiz” radifli g`azaliga  Komilning bog`langan muxammas taxmisi:
Zinhor el ixtiloji birla hurram bo`lmangiz,
Mehnatni har dam fuzulu rohati kam bo`lmangiz,
Men kabi bori nadomatdin qadi ham bo`lmangiz,
Do`stlar, odam eliga Yoru hamdam bo`lmangiz,
Yor ila hamdam demaykim, oShno ham bo`lmangiz.
 
Bu misralarda mavzu va ohang uyg`unligi tabiiy, ammo Navoiy satrlariga Komil misralari Shunday mos
tuShganki, Shoir ijodida bunday navoiYona ruhning ufuriShi uning ulkan She`riyat sohibi bo`lib yetilganidan
niShona.  Yana bir misol:
 
Sen husn Shohidursen, men kamtarin g`uloming,
Gar zulm, var karam qil,-bordur mango muborak.
O`lsam dog`i Yo`lungdin boSh olmog`um, nigoro,
Mendin vafo munosib, sendin jafo muborak.
So`z san`atining nafis bu namunasi Shoh va Shoir Boburning:
 Sen gulsenu, men faqir bulbuldurmen,
Sen Shu`lasenu, ul Shu`laga kuldurmen.
Nisbat  Yo`q deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen
barchaga maShhur ruboiysini eslatadi.
K.Xorazmiy  ijodida  real  voqelikda    ro`y  beraYotgan  ijtimoiy-siYosiy  hodisalarga  to`g`ri  (obyektiv)
YondoShib mulohaza yuritadi. Ayniqsa, saroy muhitidagi nosog` kayfiyat Shoirni  chuqur iztirobga soladi.
SiYosat borasidagi tadbirlari, fidoiyligiga qaramay devonbegilikdan chetlaShtiriliShi Shoirga og`ir botadi, bu
hol ruhiy azob bo`lib vujudini kemira boShladi. Bunday nohaq munosabatga javoban Shoir “Aylama” radifli
g`azalida nazmiy norozilik bildirdi. Shuningdek, Shoir saroydagi hamda jamiyatdagi illatlarni foSh hajv
xarakteridagi “Fuzalo”, “Juhalo” She`rlari bilan ham maydonga chiqdi. “Fuzalo” Shunday boShlanadi:
Yutubon bu zamonda qon fuzalo,   
Kulfat o`qigadur niShon fuzalo.
“Juhalo”da  esa  pok  insonlarga  turli  ig`voyu-illatlari  bilan  ozor  beraYotgan  ichi  qora  razil  kimsalarni
ochiqdan-ochiq qoralab, ularning portretini  Shunday tasvirlaydi:
 No`Sh etib, riSh va mayin, yetmay ulus dodig`a, 
Bilmadilar dame oyini adolat juhalo.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling