Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
53
birga haYotiy masalalar anchagina o`rinni egallaganini ko`rdik.
Ma`lumki,  o`zbek  adabiYotida  muhammas  janri  juda  keng  tarqalib  muhim  rol  o`ynagan.  Muhammas
asosan uch usulda yaratiladi.
Shoir to`g`ridan-to`g`ri har biri misradan iborat She`r-beShlik yaratadi. Bandlarning soni cheklanmaydi.
Shoir  o`zining  biron-bir  g`azalini  qo`Shib  muhammas  yaratadi.  Yoki  Shoir  xuddi  Shu  tarzda  boShqa
Shoirlarning g`azallariga muhammas bog`laydi. Muhammas yaratiShda avvalo Shoir o`zining didiga, fikr va
tuyg`usiga yaqin bo`lgan g`azalga muhammas bog`laShga xarakat qiladi. Demak, muhammas bog`laSh
oddiy iSh emas, balki Shoirning dunYoqaraShi, orzu-umidi bilan bevosita bog`langan bir hodisa hamdir. Har
bir davrning ilg`or Shoirlari o`zlaridan oldin o`tgan taraqqiyparvar Shoirlarning g`azallariga muhammas
bog`lab, uning ilg`or fikrlarini targ`ib qiliShga harakat qilganlar.
Muhammas bog`laSh ikkinchi tomondan, juda ham katta san`at, mahorat va bilim talab qiladigan ijoddir.
Chunki  muhammas  bog`laYotgan  Shoir  g`azaldagi  g`oya,  maqsad  va  badiiy  san`at  namunalarini
saqlamog`i Shart. Shuning uchun muhammas muShoira xarakteriga ham ega. Zotan Navoiy, Jomiy, Sa`diy
kabi  ulug`  san`atkorlar  g`azallaridagi  fikr  va  g`oyalarni  Shular  darajasida  ifodalaSh  Yohud  rivojlantiriSh
uchun katta mahorat, kuchli bilam zarurkim, bunga har qanday ijodkor ham muSharraf bo`la olmaydi.
Lekin  Tabibiyning  bu  sohada  bilimi,  mahorati  chakana  emasligi  ma`lum  bo`ldi.  Uning  devonlaridagi
muhammaslar  jami  518  ta  bo`lsa,  Shundan  yigirmadan  ortig`rog`i  Navoiy  g`azallariga  bog`langan
muhammaslardir.
Tabibiy lirik merosida g`azallar bilan bir qatorda ruboiy, qit`a, tuyuqdan iborat to`rtliklar ham muhim o`rin
tutadi. Har biri qisqa, lekin ma`lum syujetga, chuqur g`oyaviy mazmunga, yuksak badiiylikka ega bo`lgan
asarlari bilan Shoir bu janrlarning ham taraqqiYotiga katta hissa qo`Shgan:
Siz bilan majlisda ichdik to qimiz,
Dahr aro uShShoq haylin toqimiz.
Vaslingiz mahsulimiz aylang yana,
Kim oning subhi maso muShtoqimiz.
 
Bu tuyuqda ketma-ket so`z o`yinlari bor. Birinchi misradagi to qomiz ichgunimizgacha, ikkinchi misradagi
toqimiz-Yolg`izmiz, turtinchi misradagi «muShtoqlik» ma`nolarida ketmoqda.
Tabibiy devonlarida, Shuningdek qasida va masnaviylar ham anchagina. Ammo aksariyat qasidalari o`z
davri adabiYoti uchun xarakterli bo`lgan xukmdorlarni maqtaShga qaratilgandir.
Tabibiy Ogahiy singari g`azallarning tuziliShiga, kompozitsiyasiga alohida e`tibor bergan. Uning g`azallari
ko`p  mavzuli  emas.  Shoir  asosan  bir  mavzuni  oladi  va  Shu  mavzu  bilan  bog`liq  fikr,  tuyg`u,  hisni  real
raviShda keng Yoritadi. /azaldagi har bir misra o`zaro uzviy bog`langan bo`lib, ular hodisa, his, tuyg`uning
mantiqiy rivoji sifatida bir-birini to`ldirib boradi. Tabibiy o`z lirikasida aruzning  juda ko`p va hilma-xil
bahrlaridan foydalangan. Ayniqsa, unda hazaj, ramal va rajaz bahrlari ko`proq uchraydi.
 
Xazaji musammani solim
(Mafoyilun     mafoyilun     mafoyilun      mafoyilun ) 
Falak zole      ki andoq bor    durur bir tur  fa sayYora,
Ki har kim   juft anga bo`lsa  qilur, albat    ta, avvora.
 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling