Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
60
orzulari  armonga  aylana  boradi.
Xullas, Kamiyning iShqiy She’riyati, nafaqat sevimli Yorning suvratu siyrati, balki hijronzada Shoir qalbining
so‘ngsiz iztiroblari, hasratu alamlarining ham badiiy in’ikosidir. Ayni paytda bu She’riyat o‘z ijodkorining
nozik ta’b, hissiYotga to‘la Shoirona qalb egasi ekanligiga ham guvohlik beradi.
 
Ma’rifatparvarligi
Kamiyning ma’rifatparvarlik She’riyati gimnaziyani taniShtiruvchi She’rlari bilan boShlandi. Bu jihatdan u
Furqat maktabining davomchisiga aylangan edi. Lekin, Shoir ijodida keyinchalik uslubiy o‘zgariShlar yuz
berdi.  U,  asosan,  milliy  madrasalarimizning  tolibi  ilmlarini  ilmga  chaqiruvchi  da’vatkorona  ruh  oldi.
Kamiyning  «Dar  ta’rifi  tavsifi  ilm...»,  «AYo,  ey,  mulla  Foziljon  qori»,  «Har  makonda  bo‘lsang,  ey  xonim,
farog‘at birla bo‘l» She’rlari mana Shular jumlasidandir. Shoir mazkur She’rlarida ilmni tar-g‘ib qilar ekan,
unga ikki dunYo saodatining kaliti deb qaradi:
Obro‘yi dinu dunYo ilmdur, beShakku rayb,
Kasbi ilm et, ikki dunYoda saodat birla bo‘l.
Kamiy nazarida insonni e’tiborli qiladigan ham, uni bax-tu iqbolga, molu davlatga yetiShtiradigan ham ilm.
Uningcha  in-son  molu  dunYo,  naslu  nasabiga  qarab  emas,  aynan  ilmu  odobiga  qarab  aziz  va  Sharafli
sanaladi:
Azizlik sonmangiz molu nasabdur,
Sharaf hosil etan ilmu adabdur.
Shoir «Dar ta’rifu tavsifi ilm» She’rini «Toliboni ilma dasturul-amal» deb atagan edi.
Darhaqiqat, Kamiyning bu davr ma’rifatparvarlik She’riyati ilm toliblari uchun o‘ziga xos dastur xarakteriga
ega. Masalan, Shoir millat farzandlarini ilmga da’vat qilarkan, Shuning barobarida fazlga, adabga, haYoga
ham chaqiradi. Bir ilm tolibini vasf etganda, uning nafaqat ilmini, balki fazlini ham ibrat qilib ko‘rsatadi
(«Fazlu doniSh ichra yaktoi zamon Abdulg‘ani»). Agar ulardan birini duo qiladigan bo‘lsa:
Kamolu fazlu ilmingni ziYoda,
Bazudi aylasun Xalloqi Boriy, -
deya  Yaratgandan  unga  ilmgina  emas,  fazlu  kamol  ham  so‘raydi.  Shoir  nazarida  maktab  ilm  bilan
birgalikda «haYovu adab»ning ham koni. U fayz chaShmasi, fazl maskani... Bir so‘z bilan aytganda «favki
har Shay», ya’ni, har narsadan ustun:
Maktabki, koni ilmu haYovu adab erur,
Maktabki, fayz chaShmasiyu fazli Rab erur.
Maktabki, obro‘yu kamola sabab erur,
Maktabki, favqi har Shayyu kulli nasab erur.
Shuningdek, Kamiy ma’rifatparvarlik She’riyati ilm toliblariga ilmni xolislik va pok niyat bilan o‘rganiShni
tavsiya qiladi:
Bo‘lib pokizavu ham pok niyat,
HamiSha jahd qilg‘il ilm sari.
Albatta, Shoir ilmga da’vat qilarkan, amalni ham Yoddan chi-qarmadi. U talabalarga qarata: Boamal bo‘l,



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling