Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
62
muxtoriyatini  qonga  botirgan  bolSheviklarning  «fe’li  bad»igacha  o‘z  ifodasini  topgan.
Shoirning  mana  Shunday  She’rlaridan  biri  «Alhazar,  ey  Shohi  zolim,  alhazar»  deb  boShlanadigan
muxammasidir. Muxammas 25 misradan iborat bo‘lib, zolim Shohni zulmdan saqlaniShga chaqiruvchi
quyidagi misralar bilan boShlanadi:
Alhazar, ey Shohi zolim, alhazar,
Rahm qun bar holi mazlumon nagar,
In suxan xuSh guft on neku sar:
Oh ursa piru zan vaqti sahar,
Bo‘lg‘ay andin yuz tuman zeru zabar.
Xoh farmoningda bo‘lsun bahru bar,
Xoh bo‘lsun sanda jam’i molu zar,
Bas, keraqdur zulmdin qilmoq hazar,
Oh ursa piru zan vaqti sahar,
Bo‘lg‘ay andin yuz tuman zeru zabar.
She’r mana Shunday ruhda davom etadi. «Shohi zolim»ni «no-tavonlar holidan xabar» oliShga chaqiradi,
«aftodalar»ning «Haq janobig‘a niYoz aylab» oh uriShlaridan, oqibatda esa butun molu davlati «zeru
zabar» (ostin-ustin) bo‘liShidan ogoh etadi. Xuddi Shu paytlar mazlum Turkiston bir zolim podShoh -
Aleksandr III ning zulmidan qon yutmoqda edi. Asrlar davomida o‘ziga bek bo‘lib yaShagan va ajdodlarining
qaynoq qonlari tomirlarida jo‘Sh urgan bu yurtning farzandlari hali-hali mustamlakachilikning haqoratomuz
siYosatiga ko‘nikolmay kelaYotgan edi. Shundan har joy-har joyda, tez-tez zulmga qarShi qo‘zg‘olonlar
ko‘tarilib  turdi.  Ularning  eng  dahShatlilaridan  biri  1892  yili  Kamiyning  ko‘z  oldida  yuz  berdi.  «Vabo
qo‘zg‘oloni», «ToShotar voqeasi» nomlari bilan tarixga kirgan bu ToShkent qo‘zg‘olonida yuzlab mahalliy
xalqning qoni to‘kildi, o‘nlab Yo‘lboShchilarning boShi ketdi. Kamiyning mazkur muxammasi mana Shu
qirg‘indan keyin jabrdiyda xalqning Aleksandr III ga, mustamlakachilik siYosatiga nafrati o‘laroq dunYoga
kelgan edi.
1895 yili Rusiya imperatori vafot etdi. Shu munosabat bilan «Turkiston viloyatining gazeti»da Kamiy
qalamiga mansub ta’rix-marsiya chop etiladi. Sho‘ro adabiYotShunosligi uzoq yillar Shoirni «oq podShoning
maddohi»  deb  qoralab  keldi.  Lekin  marsiya  mazmuniga  e’tibor  bersak,  bu  da’voga  butunlay  teskari
holatning guvohi bo‘lamiz. Keling, matnga diqqatni qarataylik:
Taammul birla boqsoq, darhaqiqat,
Qani Iskandaru Doro bila Jam?
Qani Kayxisravu Kaykovus, Bahman,
Qani AfrosiYobu Zolu Rustam?
Qani Bahrom - haft iqlimni olg‘on,
Qani Qaysar, qani Fag‘furi Chin ham?
Qani Xisrav, qani Parvizu Hurmuz,
Qani No‘Shiravoni odil, mukarram?
Kelib har birlari navbat-banavbat,
Muaxxar ketti, ba’zisi muqaddam.
Bilurmusiz qaYon bordi bu bari,
Bo‘ling ogoh, ey avlodi Odam.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling