Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
63
Ajal soqiysidin no‘Sh ayladilar,
Fanoning Sharbatin bari, ba hardam.
Jahonni sar-basar tasxir aylab,
Aleksandr Aleksandruvich ham.
Demak, Kamiy aytmoqchi, tarihda dunYoni so‘raganlar ko‘p edi. Ularning bari ketdi. Qay biri oddin, qay biri
keyin,  baribir,  «ajal  soqiysi»ning  Sharbatidan  «no‘Sh  ayladilar».  Xuddi  Shuningdek,  «Aleksandr
Aleksandruvich ham». Demak, bu bevafo dunYodan ketiShga barcha mahkum. Kamiy aytmoqchi: «Bale,
hali hama Shundog‘ bo‘lg‘ay, Agar Shohu va gar bo‘lg‘ay gado ham». Unda Shohlikdan nima ma’ni? Butun
dunYoni zabt etsa-yu, bu dunYodagi barcha «molu dirham»larni to‘plab, ularning manfaati tegmaydigan
boShqa bir dunYoga ketaversa. Undan nima qoladi? Kamiy bunga: «Valekin qolg‘usi bir nomi neku», —
deydi. Demak, faqat yaxShi nomgina qoliShi mumkin. Shoir buning isboti sifatida: «Guvohi odil ermasmu
bu so‘zga, Biri No‘Shiravonu biri Hotam», — deb No‘Shiravonning odilligi-yu, Hotamning saxovatpeShaligini
ibrat qilib ko‘rsatadi:
Kerak erkan tariqi adl tutmak,
Olib ibrat karamla, Shohi olam.
Shoir «kerak erkan» deb poetik sintaksisda o‘tgan zamon for-masini tanladi. Chunki buni dunYodan o‘tgan
Aleksandrga aytaYotgan edi. Kamiy davom ettirib:
Qayu Shoh bu sifatga muttasif Yo‘q,
EShitgay to qiYomat ta’n ila zam,-
deydi.  Darhaqiqat,  qaysi  Shoh  odillik  sifati  bilan  sifatlanmagan  bo‘lsa,  u  qiYomatga  qadar  ta’nayu
daShnomga qoladi. Umuman Shunday. Lekin, bu Aleksandr III ga qarata aytilayapti. Ustiga-ustak bu
marsiya  Sharq  She’riyatining  poetik  usullaridan  ancha-muncha  xabardor  bo‘lgan  N.Ostroumovning
farmoyiShiga  ko‘ra,  uning  gazetasi  uchun  Yozilgan.  Mana  Shunday  bir  holatda  Kamiyning  o‘ris
podShosining zolimligiyu, uning adolatsizligini bundanda oShkorroq suratda aytiShi muShkul edi.
Kamiyning  yuqorida  to‘xtalganimiz  bir  podShoh  haqidagi  ikki  She’ri  qay  vaziyatda  va  qay  uslubda
YoziliShidan qat’i nazar Turkiston xalqi ustiga Yog‘dirgan zulmu bedodliklarini oShkor etadi.
Kamiy ijtimoiy She’riyatining bir qismi zamona va ahli zamonadan Shikoyat tarzida Yozilgan. Shoirning
«Muqarrar har kiming bo‘lsa kamoli», «Al-amon...», «Yo rab, zamona xalqi...», «YaxShi», «Ey sabo, kel...»,
«Bir  mayxo‘r  yigit  xususida»  kabi  She’rlari  mana  Shunday  asarlar  sirasiga  kiradi.  10-yillarga  kelib
Kamiyning bunday xarakterdagi She’rlari milliy-ma’rifiy ruh bilan uyg‘unlaShib, Shoir ijodida millatparvarlik
She’riyatining yuzaga keliShiga sabab bo‘ldi. Uning «Ahvoli zamona» She’ri Shular jumlasidan:
Ming asaf, bir ajib zamon o‘ldi,
YaxShi kim ersa, ul yamon o‘ldi.
Ba’zi el tolibi zanon o‘ldi,
Ba’zisi moyili javon o‘ldi.
Dilki, millat g‘amidin qon o‘ldi,
Dardu hasrat nasibi jon o‘ldi.
1916 yili ocharchilik boShlandi. Bu haqda Zavqiy «Payambar bo‘lsa non, oSh avliYodur», — degan edi.
Kamiy bu davrdagi xalqning ahvolini Shunday tasvirlaydi:



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling