Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

IShoqxon Ibrat (1862-1937)
IShoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li 1862 (xijriy 1279) yilda Namangan yaqinidagi To‘raqo‘rg‘on qiShlog‘ida
tug‘ilgan.  Uning‘  otasi  sohibkor  bog‘bonlardan  bo‘lib,  «Xodim»  taxallusi  bilan  She’rlar  Yozgan.  Onasi
Huribibi qiShloq qizlarini o‘qitgan. Ibrat dastlab qiShloq maktabida, so‘ngra onasi qo‘lida tahsil oldi.
        1878-1886 yillarda Qo‘qondagi Muhammad Siddiq Tunqator madrasasida o‘qidi. Ibrat madrasani
bitirg‘an yili o‘z qiShlog‘iga qaytadi va maktab ochadi, U o‘z maktabida savtiya (tovuSh) metodini tatbiq
qilgan. Shoir o‘ziga «Ibrat» taxallusini tanlagan. 1887-92 yillarda Ibrat Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, Qobul,
Jidda Shaharlarida, 1892-95 yillarda esa Bombey va Kalkutta Shaharlarida bo‘lib, arab, fors, ingliz, hind,
urdu tillarini o‘rgangan.
U  1896  yilda  Hindistondan  Birma  orqali  Xitoyga,  so‘ngra  QaShqarga  o‘tdi,  QaShqardan  o‘z  vatani
Namanganga qaytib ksldi. 1907-1918 yillarda yangi usuldagi maktablar taShkil etgan, o‘z qiShlog‘ida uning
«Maktabai iShoqiya» nomli bosmaxonasi ham bo‘lgan. Sermahsul Shoir, Yozuvchi, musiqaShunos, pedagog
IShoqxon Ibrat qatog‘on qurboni bo‘ldi.
U 1937 yil Andijon turmasida 2 oy Yotgandan so‘ng vafot etdi. Uning qabri qaerdaligi noma’lum. Adib o‘z
asarlarida xalq ozodligi, Vatan mustaqilligi uchun kuraShganlarni va tarixiy voqealarni aks ettirdi. Masalan:
«Tarixi Farg‘ona» asarida Shunday Yozadi: «Xo‘jand va O’ratepa va Dizzax qo‘ldan ketdi. Rusiya zabt etdi.
Ming ikki yuz sakson beShinchi hijriyda (1866) Samarqand olindi. Andan Kattaqo‘rg‘on olindi. So‘ngra
o‘rtada amir ila musolaha bo‘lub, islohot joriy bo‘ldi… ».
Asarlari: «Tarixi chopxona», «Madaniyat» haqida masnaviy, «Gazeta xususida», «Qalam», «Lug‘at sitta
alsina» («Olti tilli lug‘at», 1907), «Jome’ ul-hutut» («Xatlar majmui», 1912), «Tarixi Farg‘ona» (1916),
«Mezon uz-zamon» (1926), «San’ati Ibrat», «Ilmi Ibrat» va boShq.
 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling