Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
48
Shoirning  ijtimoiy  mazmundagi  She`rlaridan  birida  “Ochg`ali  otlandi  to  sultoni  jamiqbol  suv”  deya
Muhammad  Rahimxonning ariq qazdiraYotganini obodonchilikka qo`Shgan hissa sifatida baholaydi.
Komilning  ijtimoiy-siYosiy  She`rlari  orasida  “Dar  baYoni  ta`rif  va  tavsifi  ToShkand”  qasidasi  e`tiborlidir.
Negaki, u o`zbek tilida bitilgan ToShkent haqidagi ilk qasida edi. Qasida o`Sha davrdaYoq  “Turkiston
viloyati gazetasi”da bosilib chiqdi. Hajman 100 misrani taShkil etuvchi bu qasidada Shoir ToShkent safari
taassurotlari baYon etiladi. SHe`rda an`anaviy lirik boShlanma (“nasib”)dan keyin saYohat to`g`risida
xabar  qisqa  beriladi-da,  to`g`ridan-to`g`ri  ToShkentning  ta`rif-tavsifiga  o`tiladi.    ToShkentning  go`zal
bog`lari,  zilol  ariqlari,  suvlari,  uning  “ayYomi  xazon”i  (kuzi)  Shunday  tasvirlanadi:
Bo`ldi mehmon joyimiz haq lutfidin, bir, bog`kim,
Mevazoru, lolazoru, naxlzori ToShkand.
Komil Xorazmiy nafaqat Shoir, balki yaxShigina musiqaShunos va bastakor ham edi. O`zi soz ham chalardi.
Bu san`atni YoShligidan egallagandi. U Rossiya va ToShkent safarlarida ham u yerlarning musiqasi bilan
qiziqadi.  Xorazm    musiqiy  merosini  Yozib  oliShda  jonbozlik  ko`rsatadi.  Xalq  musiqasini  Yozib  oliSh
maqsadida  tanbur  asbobini  tanlaydi.  “Tanbur  nota”si  Shundan  maShhur  bo`lgan.  Komil    “Rost”
maqominigina Yozib ulguradi, xolos. Uning bu xayrli iShini o`g`li Muhammad Rasul davom ettiradi.
       Komil Xorazmiy bastakor sifatida “Murabbai Komil”, “PeShravi Komil”ni yaratdi. Bu kuylar “Rost”
maqomiga bog`lab yaratildi va notaga ko`chirildi. Komil musiqiy merosining qimmati Shundaki, u yangi
kuylar yaratiSh bilan birga Yevropa notasini o`zbek musiqasiga tatbiq qildi, xorazm notasini joriy etdi.
       Komil Xorazmiyning ijodiy faoliyati serqirra. Uning faoliyatida tarjimonlik ham muhim o`rin tutadi. XVIII
asr fors-tojik adabiYoti namunalaridan Mumtoz taxallusli Barxurdor bin Mahmud Turkman Farohiyning
“Mahbub-ul-qulub”  (xalq  orasida  “Mahfil  oro”  nomi  bilan    maShhur)  asarini  o`zbek  tiliga  tarjima  qildi.
Faxriddin  Ali  Sayfiyning  “Latoyifut-tavoyif”  (XVI)  asarini  forschadan  o`zbekchaga  o`girdi.  Tarjimon  Komil
asarni qayta iShlab, bir qismini yangilaydi. Prof. Sh. Yusupovning qaydicha, 452 hikoyatdan 345 tasini
keltirib, eskirganlarini tuShirib qoldiradi. Shu tariqa kitob “Latoyifuz-zaroyif” (Zarif latifalar) nomi bilan
tarjima qilinadi.
       Komil Xorazmiyning ziddiyatlarga boy  haYoti va mahsuldor ijodi  XIX asr o`zbek adabiYotini Yorqin
sahifasini taShkil etadi.
 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling