Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
8
 
АBULQOSIM  FIRDAVSIY
Abulqosim  Firdavsiy  nomi  jahonga  maShhur  bo’lib,Sharqda  ming  yildan  beri  kiShilar  zavqi  Shavqini
qo’zg’ab kelmoqda.Yevropa kitobxonlari qalbini asir etganiga ham ikki asr bo’ldi. Shoirga boqiy umr etgan
asar  “Shohnoma”dir.Bu  asar    “Shohnoma”-  “Shohlar  kitobi”  deb  atalgan.  “Shohnoma”  “Shohlar
haqidagikitob ” sifatida emas, xalqning orzu-umidlarini ifodalagan. “Shoh kitob” sifatida Shuhrat qozondi. U
faqat forsiy tilda so’zlaShuvchilar orasidagina emas, balki butun O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlari, bora-
bora  butun  jahon  Shuhratiga  sazovor  bo’ldi.  Zamonlar  o’zgardi,ammo  “Shohnoma”ning  Shuhrati
so’nmadi.Aksincha,  bu  Shon-Shuhrat  yillar  o’tgan  sayin  barq  urib  yaShnab  bormoqda.  “Shohnoma”
dunYoning  turli  tillariga  tarjima  qilinib,  yaratiladigan  san’at  asarlariga  ilhom  manbai  bo’lib  xizmat
qilmoqda.
             Abulqosim Firdavsiy 940-941-yillar atrofida Xuroson o’lkasining poytaxti Tus Shahri yaqinidagi Boj
qiShlog’ida  tug’ilgan.  “Uning  ota-bobolari  yer-suvini  Yo’qotib,kambag’allaShib  qolgan  dehqonlardan
edilar”( Sh.Shomuhammedov.Shoh kitob.”Shohnoma” asariga so’z boShi.T.1975).Firdavsiy iqtisodiy qudrati
bilan mamlakatda siYosiy mavqyeni qo’ldan bergan zodagonlar tabaqasining vakili edi.
         Somoniylar  saltanatining inqirozga Yo’z tutgan davri haqida Firdavsiy  Shunday Yozadi:
                              Zamona sarosar chunon jang edi,
                              Toju taxt deganga jahon tang edi.
         Bir tomondan Somoniylar davlatining ichki qarama-qarShiliklari kuchaygan bo’lsa, ikkinchi tomondan
dehqonchilik mulklariga ko’chmanchilar hujumi avj olgan edi. Ko’p yillik harbiy xizmatni o’tagan  Shoir xalq
og’zaki ijodini ham chuqur o’rgandi.  .”Shohnoma”  asarini 35 yil davomida Yozadi. Lekin tortiq etiShga
munosib  kiShi  topa  olmaydi.  So’ng  G’aznada  o’z  saroyiga  olimlar  va  adiblarni  to’plaYotgan  Mahmud
G’aznaviyni tanlaydi, Shohga bag’iShlov Yozib, dostonni taqdim etadi.
         Ulug’ Shoir butun umrini sarflab Yozgan Shoh asarning qadriga yetmagan mahmud G’aznaviy va’da
qilingan oltinlar o’rniga kumuSh tangalar beradi. Bundan g’azablangan  Shoir Shohni pastkaShlikda ayblab,
hajviya  Yozadi.Mahmud  in’om  etgan  tangalarni  Shoir  Sharbat    sotuvchiga,  hammom  xodimiga  bo’lib
beradi.  Rivoyatga  ko’ra  Shoh    uni  fil  oYog’i  ostiga  taShlaSh  haqida  farmon  beradi,  lekin  Fidavsiy  uzoq
yurtlarga  qochib ketadi. Keksalik chog’ida ham quvg’inda  yurib azob chekadi. Shohlar nomini tilga 
olmaslikka qasam ichib, “Yusuf va Zulayho” dostonini Yozadi. Vataniga qaytiSh orzusi bilan yaShagan, 80
dan  oShib qolgan horg’in Shoir Bog’dodda yaShar edi. Qur’ondan olingan  syujet  asosida bu dostonni
YoziShga majbur bo’lganini ta’kidlab o’tadi. Keksa Shoir umrining oxirida o’z vataniga kelib Tusda vafot
etadi.  Lekin  ruhoniylar  uni  Shakkoklikda  ayblab,  musulmonlar  mozoriga  uning  xokini  qo’yiShga  joy
bermaydilar. 1025-yili Firdavsiyning jasadi otasidan  qolgan bog’ning bir chekkasiga dafn etildi.
         Abulqosim Firdavsiydan bizgacha to’rt ming yillik tarixni o’z  ichiga olgan  “Shohnoma” asari  va
Qur’on qissalari asosida Yozilgan “Yusuf va Zulayho” dostoni yetib kelgan. Shoirning haYoti va ijodiga  doir
ma’lumotlar juda kam. OltmiSh ming baytni o’z ichiga olgan “Shohnoma” ni YoziShda Shoir o’z oldiga O’rta
OsiYo,  Eron  xalqlari  eposini  chuqur  o’rganib,  to’rt  ming  yillik  afsonaviy  va  haqiqiy  tarixni  o’zida
mujassamlaShtirgan asar  yaratiShni maqsad qilib qo’ygan  edi. Firdavsiy  bu vazifani san’atkorlarga xos
istedod bilan bajarib, Shoh asar yaratdi. Ulug’ nemis Shoiri GYote: “Firdavsiy Eronning afsonaviy va tarixiy
o’tmiShini Yozgach, keyingi  avlodlarga umumiy gap va ba’zi talqinlardan boShqa hech narsa qolmadi ”,-
deb qayd qilib o’tadi o’zining  “G’arbi-Sharqiy devon”iga Yozgan Sharhlarida.
         “Shohnoma”  tadqiqotchilaridan prof.E.E.Bertels ko’rsatganidek, “X-XI asr boShlaridagi poeziya
qanchalik porloq bo’lmasin, u genial Shoir Firdavsiyning “Shohnoma” dostoni oldida xiralaShib qoladi”.
         Bu ulkan dostonning ufqi Shunday keng, tubi Shu darajada chuqurki, uning boyligini, butun javohirini



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling