TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
15
“KulliYot” bir necha qismlardan iborat. Unga “ShaSh risola”, “Guliston”, “Bo’ston”, “Qasoidi
arabiy”(Arabcha qasidalar), “Qasoidi forsiy”(Forsiy qasidalar), “G’azaliYoti qadim”(Qadim g’azallar devoni),
“Badoe’”(Badiiy g’azallar devoni), “Havotim”(Xotima g’azallar devoni), “Sohibiya”, “MasnaviYot”,
“Qitaaot”, “Mulammaot”(She’ru Shakar She’rlar), “Mufradot” (Fardlar) va boShqa bir qancha asarlar
kirgan. Sa’diy fors,arab,urdu tillarida ijod qilgan.
Sa’diy Sheroziy jo’Shqin g’azallar ustodi sanaladi. Prof.Bertels Movaraunnahrda Sa’diy
g’azallchilikka zamin hozirlaganini qayd etadi. Fors-tojik adabiYotida g’azal taraqqiYoti haqida tadqiqotlar
olib borgan olim Abdulg’ani Mirzayev ham g’azal tarixida Shoirning tutgan o’rni yuksak deb baholaydi.
“Haqiqatdan ham, Sa’diyning katta xizmatlaridan biri g’azal tilini iShlab voyaga yetkaziShi bo’ldi. U ravon ,
nazokatli, latif Shirin boliShi , qasida va boShqa She’r formalaridan farq qiliShi kerak… Sa’diyning bu
sohadagi xizmatlari katta”.
Sa’diy so’fiYona (orifona ) , oShiqona , yani dunYoviy g’azallar Yozgan. Uning otaShnafas g’azallarida
YoShlik zavqi ,bahor nafasi, tabiat go’zalligi, inson muhabbati tarannum etilgan.
Ey sarbon, ohista ron, oromi jonam meravad,
On dilki, bo xud doShtam bo dilistonam meravad.
(Ey sarbon, ohista yur, oromi jonim ketadur,
Tandin dilu jonim olur, ham dilistonim ketadur ).
Sadiyning buyukligi, ijodining o’lmasligi Shundaki, u oliyjanob isoniy xislatlar uchun , inson so’zining
qiymati uchun , tinchliik va farovonlik uchun , odamlar o’rtasida do’stlik uchun kuraShdi. O’z aSh’orlarini
ham xalq uchun , xalq baxtu saodati uchun bag’iShladi. Shuning uchun uning asarlari maqollarga aylanib ,
xalqning sevimli ma’naviy mulkiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |