Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
16 Shoir adabiy merosida uning “Xamsa”si alohida o’rin tutadi. Sharq adabiYotida birinchi bo’lib “Xamsa” Yozgan kiShi ham Nizomiydir. Asar quyidagi dostonlarni o’z ichiga oladi: 1. “Mahzan ul- asror ” (“Sirlar xazinasi”, 1173-1179-yillar) Arzinjon hokimi Faxriddin BahromShohga bag’iShlangan. Muqaddima va xotimadan taShqari 20 maqola bo’lib, har maqolaga oid 20 hikoya mavjud. Asarda Shoir yaShagan davrning muhim ijtimoiy siYosiy va axloqiy-ta’limiy masalalar aks etgan. Keyinchlik bu asarga javoban forsiy va turkiy adabiYotlarda 40 dan ortiq dostonlar (Navoiy “Hayrat ul-abror ”) yaratilgan. 2. “Xisrav va Shirin” (1180-81-yillar) sevgi va sadoqat mavzuida bo’lib, Iroq hukmdori Turg’ul II ning iltimosiga ko’ra yaratilgan. 3. “Layli va Majnun” (1181-yil) Shirvon Shohlaridan Axsatan I buyrug’I va topShirig’I bilan Yozilgan bo’lib, arab rivoyatlari asosida yaratilgan. 4. “Haft paykar” 1196-yilda hukmdor Alovuddin Ko’rpa Arslonning topShirig’i bilan Bahrom Go’r va uning nomi bilan bog’liq voqealarga asoslangan asar. Doston hikoya ichida hikoya tarzida Yozilgan bo’lib, ularda inson tarbiyasi, xulq atvori bilan bog’liq g’oyalar ilgari surilgan. Hikoyalarida xalq ertaklari ta’siri sezilib turadi. 5. “Iskandarnoma” dostoni (1190- 1200-yillar)da Nizomiy Ganjaviy o’zining odil va ma’rifatli Shoh, komil inson, ideal jamiyat haqidagi orzularini Iskandar obrazi va haYoliy tasvirlar orqali ifodalagan. Shu tariqa 1173-1200-yillar oralig’ida – 28 yil davomida beSh doston dunYo yuzini ko’radi va ular “Panj ganj” (“BeSh xazina”) nomi bilan Shuhrat topadi. Navoiydan tortib barcha o’zbek Shoirlari Nizomiyni o’zlariga ustoz deb biliShgan. Navoiy “Nasoyim ul- muhabbat”da uni Shayxlar qatorida zikr etadi, dostonlarining avvalgi boblarida uni faxr bilan ta’rifu tavsif etadi , o’ziga ustoz sanaydi. XIV asr o’rtalarida Qutb Xorazmiy “Xisrav va Shirin” dostonini turkey tilga tarjima qilgan. Haydar Xorazmiy Shoirning “Mahzan ul- asror” asariga javoban “GulShan ul-asror ” dostonini yaratgan. Mavlono Gadoyi g’azallaridan birida “Xisrav va Shirin ” dostonini YoziShda Nizomiyning asosiy maqsadi Farhod qissasini baYon etiShdir, deydi: Desa bo’lmas , Gado, harbul havasni oShiqi sodiq, Hadisi “Xisravu Shirin” g’araz Farhod emiSh bulduk. O’zbek adabiYotShunosligida Nizomiy Ganjaviy ijodini o’rganiSh bo’yicha , asarlarini naShr qildiriSh borasida bir qator iShlar amalgam oShirildi. “Nizomiy She’riyatidan” to’plami Shoislom Shomuhammedov tarjimasida chop etilgan. Unda Shoir qasidalari , g’azallari, qit’alari, ruboiylari va hikmatlaridan namunalar, Shuningdek, “Mahzan ul-asror” va “Haft paykar” dostonlaridan parchalar o’rin olgan. Bundan taShqari Shoir ijodini ilmiy tadqiq qiliSh borasida Ye. Bertels, S.Erkinov, M.G’anixonov, H.Homidiy, A.Hayetmetov va E.Ocihlovlarning tadqiqotlarini e’tirof etiSh mumkin. Ulug’ Shoir va mutafakkir Nizomiy Ganjaviy o’zi to’g’risida baShorat qilib bunday degan edi: Nihon, kay boShad az tu jilvasoze, Ki dar har bayt go’yad bat u roze. Pas az sad sol agar go’yi: kujo o’? Z-har bayte nido xezadki:ho, o’! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling