TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
23
Yaqiniy munozaraga Hofiz,Xisraf Dehlaviy, Qosim Anvor, Yusuf Amiriy,Atoiy, Sakkokiy , Lutfiy va
boShqa Shoirlarning o’q va Yoy haqidagi She’rlaridan parchalar keltiradi.Jumladan, Atoiyning :
Ul Shaxsuvor tirkaShining o’qining yungi
Jom quShining tiriklata yulg’on qanotidur.
Sakkokiy nazmidan:
Jonu fido bo’lsin sening g’amzang o’qina necha kim,
Har necha quShing egmasi o’qtik buyumni Yo qilur.
Yana bir o’rida Lutfiyning mana bu oShiqona baytidan parcha keltiriladi:
Xadangi g’amzasini ko’rgach ayttim:
“Maning jonimg’a o’t solg’on sen – o’qsen!”
Yaqiniy haqida uning ijodi haqida juda kam ma’lumot saqlanib qolgan. Manbalarda , xususan, AliSher
Navoiyning “Majolis un-nafois”, “Muhokamatul-lug’atayn” asarlarida Shoir haqida Shunday deyiladi:
“Hulogixon zamonidin sulton sohibquron Temur Ko’ragon zamonidin farzandi xalafi Shohruh Sultonning
zamonining oxirig’cha turk tili bila Shuaro paydo bo’ldilar… Shuaro Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoyi
va Muqumiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar”( A.Navoiy. Asarlar. O’n beSh tomlik.14-tom.T.1967-yil,
128-bet). AliSher Navoiy yana bir o’rinda , ya’ni “Majolis un-nafois”da Shoir Yaqiniy haqida aniqroq
ma’lumot beradi: “Mavlono Yaqiniy tundroq maShrabliq kiShi erdi.Turkchasidin bu matlain ko’p mubohotlar
bila o’qur erdikim:
Ohkim, jonimga ettim Yori nodon ilgidin,
Dodu farYod ul jafochi ofati jon ilgidin…
Oxiri damida beadabona so’zlardin tavba qilib, ahli saloh tariyqi bilan kechti. Ummidkim mafu bo’lmiSh
bo’lg’ay.
Qabri darai Dubarorondadur.”( A.Navoiy. Asarlar. O’n beSh tomlik.14-tom.Majolis un-nafois.T.1967-yil).
XV asrning birinch yarmi o’zbek adabiYotida munozara janrining taraqqiYotida Yaqiniyning “O’q va Yoy”
munozarasi alohida o’rin tutadi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek asardagi majoziy obrazlar orqali tasvirlagan
sujet voqealari va unda ilgari surilgan masalalar hamma davrda dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |