Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
SULAYMON BOQIRG’ONIY
O’zbek Yozma adabiYotining ilk yuksaliSh davri XI-XII asrlarga to’g’ri keldi. Bu davrda Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviyning yuksak She’riy iste’dodi Yorqin namoYon bo’ldi. Sulaymon Boqirg’oniyning ana Shu asrlar adabiYotida alohida o’rni bor. U Ahmad Yassaviyning Shogirdi, eng sadoqatli izdoShi sifatida qalam tebratgan. She’rlari Yassaviyning maShhur hikmatlariga har jihatdan – ham mazmun, ham badiiy uslub e’tibori bilan hamohang. Sulaymon Boqirg’oniy Yassaviydan farqli o’laroq, o’zbek She’riyatini yangi janrlar, xususan, epik She’riyat bilan to’ldirgan va kengaytirgan. Binobarin, u She’riyatda hikoya uslubida, qissachilik Shaklida ham dadil qalam tebratgan. Sulaymon Boqirg’oniydan ancha boy va badiiy jihatdan yetuk adabiy meros qolgan. Sulaymon Boqirg’oniy She’rlar (to’rtliklar) dan taShqari, “Oxiri zamon”, “Bibi Maryam kitobi” deb nomlangan ikki doston ham yaratgan. AdabiYotShunos A.Hayitmetov Shoir merosi xususida Shunday Yozadi: “Boqirg’oniyning “Ismoil qissasi ” , “Me’rojnoma”, “Bibi Maryam”, “Sobit qissasi”, “No’’mon hikoyasi”, “Oxir zamon” manzumalarini ham kichik dostonlar sirasiga kiritiSh mumkin . “Ismoil qissasi” 37, “Oxir zamon” 49, “Me’rojnoma” 57, “Bibi Maryam” 53 , “Sobit qissasi” 34 to’rtlikdan taShkil topgan. Payg’ambarimiz to’g’risidagi qissani ham qo’Shsak, bular hammasi 245 to’rtlik Yoki 1000 ga yaqin misrani taShkil etadi.” (A.Hayitmetov. Hakim ota dostonlari. Tafakkur jurnali. 2003- yil,№ 2.36-39-betlar.). Bu esa uning lirik She’riyati hajmidan ancha katta. Demak, Sulaymon Boqirg’oniy ko’proq epik, yani qissanavis, dostonnavis Shoirdir. Lekin bu boy adabiy meros adabiYotShunosligimizda na tarixiy-adabiy, na matnShunoslik, na She’rShunoslik jihatidan jiddiy o’rganilgan. Buning ustiga ,ko’p vaqt Sulaymon Boqirg’oniy She’riyati Ahmad Yassaviyijodi soyasida qolib ketgan. Bu haqda, jumladan, oliy o’quv yurtlari uchun tuzilgan darsliklarda ham “Boqirg’on kitobi, undagi She’rlar g’oyasi, uslubi va tili jihatdan A.Yassaviy She’rlariga Shunchalik yaqin va monandki, ba’zan ularni bir-biridan ajratiSh ham amrimahol ekanligi ta’kidlanib, Shoir merosiga zamon ta’siri kuchli bo’lganligi ko’rinadi ”. Boqirg’oniy hikmatlari o’quchini , ayniqsa nafs va ruh ziddiyatlaridan kengroq ogoh qiladi. “Bu beSh kunlik tiriklikda, davron sur, tanni yayrat” ,deydi nafs. Ruh bunga qarSh: “Ilm birla tariqatning Yo’lini bilib , |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling