Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
26
nomi bilan Shuhrat qozongan.
         «Silsilat ul-zahab» falsafiy -didaktik doston bo’lib, unda Jomiy tasavvuf va tasavvuf falsafasi, islom
dini va asoslari (1 qism),iShq, sеvgi- muhabbat (2 qism) va mamlakatni boShqariSh , adolat va odil
hukmdor (3 qism) haqida so’zlaydi.
         «Salomon va Ibsol» iShqiy- majoziy  asar hisoblanadi. Jomiy o’zining diniy-falsafiy fikrlarini Salomon
va  Ibsol  sеvgisi  orqali  insonning  insonga  bo’lgan  muhabbatini  kuylaydi,  ularning  fojеasiga  nisbatan
achiniSh hislarini uyg’otadi.
                 «Tuhfat  ul-axror»  ham  «Silsilat  ul-zahab»  singari  falsafiy  -didaktik  dostondir.  «Tuhfat  ul-axror»,
Nizomiyning «Mahzanul-asror»dostoni kabi, 20 asosiy bob - maqolaga bo’linadi, maqolalar kichik hajmli
hikoya va masallar bilan tugaydi.
         «Sabhat ul-abror» ham falsafiy- didaktik doston bo’lib, u ijtimoiy-siYosiy , axloqiy-ta'limiy va diniy-
tasavvufiy masalalarga bag’iShlangan 40 bobdan taShkil topgan. «Yusuf va Zulayho», «Layli va Majnun»
iShqiy-romantik dostonlar hisoblanib, sodda uslub va ravon til bilan Yozilganligi hamda insoniy iShqni
tarannum etganligi bilan ajralib turadi.
                 «Xiradnomai  Iskandar»  falsafiy-didaktik  dostondir.Jomiy  bu  dostoni  orqali  adolatparvar  va  odil
hukmdor haqidagi g’oyalarini ilgari surib , bir qancha falsafiy va axloqiy-ta'limiy masalalar ustida mulohaza
yuritiSh,  o’git  bеriSh  vazifasini  o’z  oldiga  qo’yadi.(Jomiy  ijodidagi  mazkur  masalalar  Abduqodir
Hayitmеtovning «Abdurahmon Jomiy ijodida pand-nasihat»nomli maqolasida tеran tahlil etilgan.   “Adabiy
merosimiz ufqlari”T. 1997. 28-36 betlar).
         Bundan taShqari Abdurahmon Jomiy badiiy, ilmiy : adabiYotShunoslik, tilShunoslik, tasavvuf ilmiga
doir  asarlar  yaratdi.  «Risolai  aruz»,  «Risolai  qofiya»,  «Risolai  muammo»kabi  adabiYotShunoslikka  doir  
«NaqShi fusus», «Naqd un-nusus» (Nusus tanqidi), «AShi'at ul-lama'ot » («Sho'lalar ziYosi»), «Nafohat ul-
uns» («Do’stlarning nafasi»)kabi bir qancha asarlar va risolalar Yozdi.
         Abdurahmon Jomiy ulug’ o’zbеk Shoiri AliShеr Navoiyning eng yaqin ustozi va piri, ayni damda eng
yaqin kiShisi bo’lgan. Navoiy uni ulug’lab , o’z asarlarida maxsus boblar bag’iShlaydi hamda «Nuran
mahdum»,  «nazm  elining  Shohi»,  «piri  Jom»  kabi  iboralar  orqali  ulug’laydi,  unga  atab  «Xamsatul-
mutahayyirin»(«BеSh  hayrat»  )  asarini  yaratdi.  «Tuhfat  ul-afkor»  («Fikrlar  sovg’asi»)  asarini  unga
bag’iShladi.
                 Abdurahmon  Jomiy  ijodi  o’zbеk  adabiYotida  ham  alohida  o’rin  tutadi:  ko’p  Shoirlar  undan
ilhomlandilar, g’azallariga taxmis bitdilar,o’zbеk xattotlari uning asarlarini hurmat va iShtiYoq bilan qayta-
qayta ko’chirdilar. Muhammadrizo Ogahiy uning «Salomon va Ibsol», «Yusuf va Zulayho» dostonlarini
hamda «Bahoriston» asarini o’zbеk tiliga tarjima qildi.
 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling