Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
24 ulamolarining yetakchisiga aylandi. Tabiatda ilmu fazl yanada yuqoriroq darajaga ko’tariliShini istadi ”. Uning otasi Nizomiddin Ahmad yirik ruhoniy- Shayxulislom edi. Jomiyning go’dakilk chog’ida oilasi Hirotga ko’chib boradi va o’Sha yerda yaShab qoladi. Abdurahmon Jomiy o’qiShga juda erta kiriShadi. U tez orada xat-savodini chiqarib oladi va turli xil ilmlarni qunt bilan o’rgana boShlaydi. Maktabni tugatgach Hirotning DilkaSh madrasasida buyuk adabiYotShunos olim Mavlono Jo’nayd qo’lida saboq ola boShlaydi. Jomiy, xususan O’rta OsiYoning maShhur filologi Sa’daddin Mas’ud Taftazoniyning (1322-1389) “Muxtasar al-maoni “ va “Mutavval” kitoblarini katta iShtiYoq bilan o’qidi. Keyinchalik Jomiy Taftazoniyning Shogirdi Shahobiddin Muhammad Jojarmiy va maShhur mudarris Alouddin Ali Samarqandiydan ta’lim oladi. U Hirot tahsili bilan qanoatlanib qolmay , bilimini oShiriSh maqsadida Samarqandga keladi, Ulug’bek madrasasida o’qiydi, Qozizoda Rumiy va boShqa maShhur olimlarning maShg’ulotlariga qatnaydi. U butun kuch- quvvatini ilmga , badiiy ijodga bag’iShlaydi, filologiya , falsafa , matematika , astronomiya va boShqa fanlar bilan Shug’ullandi, ilmiy va adabiy musohabalarda qatnaShib muvaffaqiyat va obro’ qozonadi. DunYoviy ilmlar va abadiiy ijodiYot bilan birga , Jomiy din va tasavvuf bilan ham Shug’ullandi. Bahovuddin NaqShbandiyning izdoShlaridan bo’lgan Shayx Sa’daddin KoShg’ariyga (1456-yilda vafot etgan) murid tuShib , tasavvuf bo’yicha ta’lim oladi. Biroq Jomiy tasavvufning ko’proq nazariy masalalari bilan , ayniqsa Shayx Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165-1240) kabi tasavvuf faylasuflarining asarlari bilan Shug’ullanadi,o’zi ham bu borada bir qator asarlar yaratadi. Uning Shogirdlaridan bo’lgan Abdulg’afur Loriy “Ustoz Jomiy o’z vaqtlarini ko’proq foydali iShlarga sarf qilar edilar va qolgan vaqtlarini kiShilar tarbiyasi hamda xalq xizmatiga bag’iShlar edilar…” deydi. Kitob Jomiyning yaqin do’sti , ajralmas hamrohi, mutolaa va ijodiYot esa uning doimiy maShg’uloti edi. Shuning uchun ham u bunday degan edi: XuShtar zi kitob dar jahon Yore nest, Dar g’amkadai zamona g’amxore nest. Har lahza az o’ ba go’Shan tanhoyi Sad rohatu lek hargiz ozore nest. (Jahonda kitobdan yaxShi Yor bo’lmas, Davr g’amxonasida g’amgusor bo’lmas. Yolg’izlik kunjida undan har qachon Yuz rohat yetar , lek bir ozor bo’lmas.) Jomiy bir qator badiiy , ilmiy va diniy- tasavvufiy asarlar yaratdi, Hirot va boShqa Shaharlarning ko’pgina ilm va san’at-adabiYot ahllariga ustoz hamda ilmiy va adabiy tortiShuvlarning hakami bo’ladi. Uning obro’-e’tibori kundan- kunga oShib bordi. Jomiy juda sеrmaxsul olim va Yozuvchidir. U 50 yil chamasi davom etgan ijodiy faoliyatida ko’p badiiy , falsafiy, ilmiy va diniy - tasavvufiy asarlar yaratdi. Bu asarlarning turli davrlarga mansub bo’lgan qo’lYozma nusxalari va naShrlari ko’pdir. Uning Shaxsiy qo’lYozmasi ham saqlanib qolgan. Masalan, O’zFA SharqShunoslik institutida Jomiyning o’z qo’li bilan Yozilgan «Sabhat ul- abror» («YaxShi kiShilarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling