Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/132
Sana15.11.2021
Hajmi0.56 Mb.
#174791
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132
Bog'liq
arm-loyiha

SA’DIY  SHEROZIY
TurmuSh  saboqlarini  izlab  jahon  kezgan,  mamlakatdan  mamlakatga,  o’lkadan  o’lkaga,  Shahardan
Shaharga, qiShloqdan qiShloqqa o’tib kiShilar qalbini o’rgangan, haYot hikmatlari durdonalarini yig’ib,
so’ng ularga sayqal berib nazm  ipiga tizgan jahongaShta Shoir Sa’diy Sheroziydir.
      Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibn MuShrif ibn Muslih ibn  MuShrif Sa’diy Sheroziy  1203-1208-
yillar orasida Eronning janubida joylaShgan, Sherozda ruhoniy oilasida tug’ilgan. U Sharqda  Shayx Sa’diy
nomi bilan Shuhrat qozongan. Sheroz Shahri fors-tojik adabiYotining ikki g’azalgo’y bulbuliga oShYon
bo’lgan. Biri Sa’diy Sheroziy    bo’lsa, yana biri Hofiz  Sheroziydir.
XIII asrda bu o’lkada Solg’uniylar  avlodidan bo’lgan fors otabeklari hukumronlik qilar edi.  XorazmShohlar
yuriShi,  mo’g’ullar  bosqini  davrida  ham  Sheroz  omon  qoldi.  Sababi    Sherozning  bir  oz  chetroqda
joylaShganligi  va Sheroz hokimlarining tinchlik siYosati edi. Bu davrda tug’ilgan Sa’diy Sherozda o’sib
ulg’aydi.  Shoirning otasi MuShrif  Sheroziy  o’rtamiYona ruhoniylardan bo’lib,  Sheroz  hokimi Sa’d binni
Zanji huzurida   xizmat qilardi. Otasi o’g’lini ham ruhoniylikka tayYorlab, uni o’qita boShladi. Sa’diy o’z
otasini yumShoq tabiatli, mehribon kiShi sifatida tasvirlaydi va uni saboqlarini,vasiyatini eslaydi. Shoir 
10-11 YoShlarga yetganda otasi vafot etadi. Sa’diy va ukasiga saroy nafaqasi tayinlangan bo’lsada, oilaviy
ahvoli og’ir bo’lgan.  Toj – taxt uchun kuraSh avj olgach , u Bog’dodga ketadi. Sa’diy Sheroziy  1226-yilda
Bog’dodning “Nizomiya” va “Mustansiriya” madrasalarida tahsil oldi. 50 YoShgacha dunYo kezib saYohat
qildi.
Fors –tojik adabiYoti  tarixida Sa’diyning mavqei juda baland. U o’z zamonasining  maShhur olimu adiblari:
maShhur doniShmand mutasavvuf olimlarii adib Shahobiddin Suhravordiy va Abulfaraj Abdurahmon ibn
Jazvinlar qo’lida  tarbiyalandi.
Bog’dod madrasasini tugatgan Shoir vataniga qaymadi. “JahongaShta er mardu oqil bo’lur” deb iShongan
Sa’diy  Sharq mamlakatlarini kezdi. Eron, Janubiy Ovro’pa, Kichik OsiYo, Arabiston, O’rta OsiYo, Hindiston
va Xitoy mamlakatlari bo’ylab 30 yil saYohat qildi. 1292-yilda vafot etgan.
 Quddus biYoboniga boSh olib ketganda faranglar qo’liga asir tuShadi. Xalab akobirlaridan bo’lgan do’sti
uni yahudiylar bilan handak qazaYotganini ko’radi va 10 dinor to’lab asirlikdan qutqazadi. Mahri moliga
o’zidan Yo’z dinor qoShib, o’z qiziga nikohlab beradi. Biroq Shoir bu Yomon xulqli xotindan qochib qutiladi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling