TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
13
olimi Svami Govinda Tirtxa hamda eron olimlari Muhammad Ali Furug’iy, doktor G’aniy, Sodiq Hidoyat,
Sayyid Nasafiylarning olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
XayYom ijodini o’rganiShga o’zbеk olimlaridan Fitrat, Sh.Shomuhamеdov va J.Kamol singari bir qator ilm
ahllari tadqiqotlar olib bordi hamda asarlarini o’zbеk tiliga tarjima qilib naShr ettirdi.
XayYom ruboiylarida Shoirning voqеlikda ko’rganlari , ko’ngilda paydo bo’lgan tuyg’ulari, olam
hodisalari haqida fikr va mulohazalari g’oyat siqiq va lo’nda Shaklda o’z ifodasini topgan. Shoir
ruboiylaridagi obrazlar va tamsillarni asl ma'nosini anglamay turib , undagi g’oyani tuShunib bo’lmaydi.
Qadimgi Shoirlar, asosan, timsollar bilan fikr bildiriShgan. Bor narsani boricha aytib qo’yavеriSh Sharqda
san'at hisoblanmagan. Shе'riy obrazlar ko’pincha Qur'on va Muhammad payg’ambarning hadislariga
tayanilgan holda yaratilgan. Shu ma'noda XayYom ruboiylaridagi «may», «mayxo’r», «soqiy» obrazlari ham
majoziy ma'noga ega .
Xulosa qilib aytganda , qomusiy bilimlar sohasida Shuhrat qozonib “Risolat ul kavn-vat-taklif”
(“Koinot va uning vazifalari”), “Risola fil vujud”(“Borliq haqida risola”), “Risola fi-kulliYotu
vujud”(“Borliqning umumiyligi haqida risola”), “Risolai jabr” hamda “Navro’znoma” kabi asarlar muallifi
Umar XayYom ijodi nafaqat badiiy adabiYot balki, jahon ilm- fanining taraqqiYotiga munosib hissa bo’lib
qo’Shilganligi bilan ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |