Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
38 mansub bo`lgan 224 ta g`azal, 18 ta mustazod, 4 ta murabba`, 39 ta muxammas, 2 ta musaddas, 1 ta musabba` kiritilgan. MaShrab insonda ilohiy fazilatni ko`riSh va seviSh, ayni vaqtda ilohda ham inson xislatini ko`riShni targ`ib etadi. Bu maslakning mantig`i Shuki, barcha yaxShiliklar, ezguliklar ilohdan, Shuning uchun ilohni sevgan kiShi yerdagi yaxShi odamlarni, Yoru birodarlarni, ota-onasi, elu yurtini ham sevadi, karamli saxovatli bo`ladi. Shoirning ko`pchilik tasavvufiy g`azallarida haqiqiy iShqning baland nuqtasini belgilaydigan sufiYona hislar, favqulodda tug`Yonli kechinmalar tasvirlangan. Shunday g`azallardan birida o`qiymiz: Onqadar darYo bo`libman osmong`a sig`madim, Toqi arShu kursiyu lavhu jihong`a sig`madim. Shoir forsiy g`azallaridan birida “Ijodimni Anal xaqlik desang, men iShqning tajalliparvariman,” – deb Yozgandi. Yuqoridagi misralar bilan boShlanuvchi g`azalning g`oyaviy tarkibi Anal-haqlik va tajalliparvarlik mohiyatidan tarkib topgan. G`azalning navbatdagi baytlarida bu haqiqat to`liq ravShanlaShadi: Kimga soyam tuShsa bir nuri yaqin bo`ldi u ham, Daftari ruhi qudsdurman, zabonga sig`madim. Jannatu kavsar manam, ham do`zaxu saqar manam, Bir o`zumdurman bu dam, haft osmonga sig`madim. Bor edim Nuh vaqtida, g`arq etmadi to`foni ham, Hamrohi Muso bo`lib Turu Sinonga sig`madim. Ellik yil Iso bilan yurdum o`lukni tirguzib, Boisi bir nuqtadin, MaShrab, zamonga sig`madim. G`azalda ilohiy “iShq sirin baYoni” berilgan. Bu iShq o`tidan kiShiga “zarrae yetsa” kifoya, u na zaminga, na osmonga, na zamonga sig`maydi. Chunki u olamu bu olamni o`zida birlaShtiradigan poYonsiz kenglikka tuShadi. She`ridagi Nuh, Muso, Isoga tegiShli talmehlardanoq tavhid holatining tasvirini muShohada qiliSh mumkin. Lekin Shoir “haft osmonga”, “Turu Sinonga” va “zamonga” sig`maslik sababining boisi “bir nuqtadin”, deb ta`kidlaydiki, bu nuqta-Anal Xaqlik zavqidir. MaShrab buni “Ajab Majnunlik”, “ajab devonalik” deb ham xarakterlaydi. Xalq orasida qalandardek yurib o`tli misralar bitgan MaShrab g`azallari asrlar davomida nasllar orasida qalblardan qalblarga qalqib ko`chib kelaYotir. Buyuk is`tedodli Shoirning so`zi Sharqda hamon betakror, hamon haqiqat uchun dadil jangga kirganlarga hamdam maslakdoSh: ammo kechayu kunduz mol tilagida yurgan “o`z nafsi bilan sargardon” kiShilarning esa qattol duShmani, ogoh etuvchi hoziru nozir bir ovoz. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling