TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
40
Mard esang albatta dilda saqla nur.
Majnuni devonadin qilma darig`,
Bir so`zing birla nechalar saqlanur.
UShbu to`rtlikning umumiy ma`nosi oson anglaShiladi:
1. iShqning saqlaniSh joyi ko`ngil;
2. mard bo`lsang albatta dilda nur saqla;
3. Majnuni devonaga Shavqat qil;
4. negaki bir so`zing bilan nechalar omon qoladi.
Uvaysiy murabba, muxammas, musaddaslari o`qilganda, beixtiYor uning “Hayrat chamani ichra qolding”
degan so`zlari xaYolda jonlanadi. Haqiqatdan ham, ular hayrat chamaniga, Shu chamandagi yaShnoq va
xilma-xil anvoyi gullarga o`xShaydi:
Yorab, o`z holi pariShonima tokay yig`lay,
To`kib oldimg`a bag`ir qonima tokay yig`lay,
Tinmayin tundagi afg`onima tokay yig`lay,
So`rmag`on holimi sultonima tokay yig`lay,
Toki iShq o`ti aro qil kabi sozon o`lay
Yo ajal jomini tutg`il, bu kun oson o`lay.
Uvaysiy yaratgan lirik asarlarning katta qismini g`azallar taShkil etadi. Uning g`azaliYoti markazida dahr
bog`idan “hasrat gullari” ni tergan, “bu olam ahlidan bir dardmand” topmagan, bag`riqon, ruhi xazon
oShiq qismati, uning ma`naviy tarjimai holi turadi. Bu Shaxs iShq, vafo, yaxShilik kuychisi. Uning
dunYoda tayanadigan yagona haqiqati-muhabbat. U chin odamiylik Sharafini haYotiy va insoniy sevgida
ko`radi. Shoiraning lirik qahramoni o`zini “UShbu dunYo ichra”, “misli mehmon” biladi. Lekin, uningcha,
eng oliy maqsadi dunYoning mehmoniy his tuyg`ulariga aldanmaslik. Uning ma`rifati-iShq. Ta`lim maskani
“iShq maktabxonasi”:
Ey, ki iShq atfolisan, qaddi niholidin o`qi,
Tonibon qaddini, ondin so`ng xaYolimdin o`qi.
To Zulayhodek sazovor o`lmay urma lofi qof,
Majmari iShq ila san Yusuf jamolidin o`qi...
Uvaysiy ijodida to`liq Shakllardagi orifona g`azallar bo`lmasada, Shoira devonida oriflik bilan aytilgan
baytlar juda ko`p. Uning “DarYoi ilm jo`Sh uribon mavji nazmidin, vasiyni Sha`biy chaShmasidin chiqti bu
zulol”, degan so`zlari orifona baytlarga nisbat berilsa, xato bo`lmaydi. Qanoat odamni tarbiyalaydi, u
ruhning farog`ati. Qanoat odamni har kuni har soat tozalab, mol dunYo, mansab, Shahvatu hirs kabi
Do'stlaringiz bilan baham: |