Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
42 yaratilgan. Shoira o`zbekcha devoniga Yozgan debochasida Navoiy, Fuzuliy, Amiriy devonlari qatori saroydagi aYollar iShtirokida o`zining ham devonlari tuzilgani haqida ma`lumot bersada, haligacha Shoiraning o`z davrida ko`chirilgan Yoki dastxat holidagi devoni bizgacha yetib kelmagan. O`zbekiston Respublikasi FA Beruniy SharqShunoslik institutida, H.Sulaymonov nomidagi qo`lYozmalar institutida saqlanaYotgan, Namangandan topilgan devonlari XIX asrning ikkinchi yarmida ko`chirilgan. 1988-yilda Samarqandda istiqomat qiluvchi Shoir Mahmud DiYoriyning Shaxsiy kutubxonasida Shoiraning o`zbek tilidagi She`rlari Komila taxallusi bilan kiritilganligi aniqlandi. Bu devonda hali kitobxonlarga ma`lum bo`lmagan yangi She`rlari ham mavjud. Bugungi kunda Nodiraning aniqlangan She`rlar miqdori 15000 misradan iboratdir. Nodira ijodiga bo`lgan qiziqiSh Shoira haYotligi davridaYoq boShlangan edi. DilShodi Barno Nodirani “ilm- adab va nazm osmonining yulduzi, ShakarafShon bulbul” deya ta`riflagan edi. Shoira g`azallariga Xotif, Furqat, Muqimiy kabi zamondoSh va izdoSh Shoirlar naziralar Yozdilar, muxammaslar bog`ladilar. AdabiYotShunoslikda Nodira haYoti va ijodi ko`p yillardan buYon o`rganilib kelinadi. V.Zohidov, V.Abdullayev, Fitrat, S.Ayniy, O`tkir RaShid, T.Jalolov, M.Qodirova, A.Qayumovlarning Nodira haqidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Nodira “Sohibi devon” bo`libgina qolmasdan, zillisonayn ijodkordir. O`z asarlarini 2 tilda yaratar ekan, 2 tilni mukammal bo`libgina qolmasdan, ikki xalq madaniyatini ham mukammal o`rganadi, o`zlaShtiradi. O`z tuyg`u-kechinmalarini 2 tilda baYon qila oliSh, o`y-kechinmalarini barobar badiiy tasvirlaSh zullisonaynlik mahoratini taqozo etadi. Buni Shoiraning quyidagi faxriyasi ham tasdiqlaydi: Bo`lubdur Nodira mumtozi ma`ni, Kalomi ravShani aSh`ori farrux. Nodira badiiyat ilmidagi san`atlarni mukammal egallagan va She`riyatga tatbiq eta olgan. U badiiy usul imkoniyatlaridan foydalanib, aqlni hayratga soluvchi manzaralar ijod qilgan. Masalan: Litota Belining borlig`in qildi kamar-bandi aYon, Og`zi Yo`q erdi, ani qildi nadidor hadis. Tajnis Bu ko`zdin, Komila, ko`p YoSh to`karkim Ki bergay tangri bir YoShingga yuz YoSh. Husni ta`lil Adab elni baland iqbol aylar, Tavozu`din erur ko`z ustida qoSh... Bo`lib xam ikki qoShing bir-biriga Qilurlar qatlima payvasta kengaSh... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling