Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 Loyihalar «O’zbek adabiyoti tarixi»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
arm-loyiha
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
53 birga haYotiy masalalar anchagina o`rinni egallaganini ko`rdik. Ma`lumki, o`zbek adabiYotida muhammas janri juda keng tarqalib muhim rol o`ynagan. Muhammas asosan uch usulda yaratiladi. Shoir to`g`ridan-to`g`ri har biri misradan iborat She`r-beShlik yaratadi. Bandlarning soni cheklanmaydi. Shoir o`zining biron-bir g`azalini qo`Shib muhammas yaratadi. Yoki Shoir xuddi Shu tarzda boShqa Shoirlarning g`azallariga muhammas bog`laydi. Muhammas yaratiShda avvalo Shoir o`zining didiga, fikr va tuyg`usiga yaqin bo`lgan g`azalga muhammas bog`laShga xarakat qiladi. Demak, muhammas bog`laSh oddiy iSh emas, balki Shoirning dunYoqaraShi, orzu-umidi bilan bevosita bog`langan bir hodisa hamdir. Har bir davrning ilg`or Shoirlari o`zlaridan oldin o`tgan taraqqiyparvar Shoirlarning g`azallariga muhammas bog`lab, uning ilg`or fikrlarini targ`ib qiliShga harakat qilganlar. Muhammas bog`laSh ikkinchi tomondan, juda ham katta san`at, mahorat va bilim talab qiladigan ijoddir. Chunki muhammas bog`laYotgan Shoir g`azaldagi g`oya, maqsad va badiiy san`at namunalarini saqlamog`i Shart. Shuning uchun muhammas muShoira xarakteriga ham ega. Zotan Navoiy, Jomiy, Sa`diy kabi ulug` san`atkorlar g`azallaridagi fikr va g`oyalarni Shular darajasida ifodalaSh Yohud rivojlantiriSh uchun katta mahorat, kuchli bilam zarurkim, bunga har qanday ijodkor ham muSharraf bo`la olmaydi. Lekin Tabibiyning bu sohada bilimi, mahorati chakana emasligi ma`lum bo`ldi. Uning devonlaridagi muhammaslar jami 518 ta bo`lsa, Shundan yigirmadan ortig`rog`i Navoiy g`azallariga bog`langan muhammaslardir. Tabibiy lirik merosida g`azallar bilan bir qatorda ruboiy, qit`a, tuyuqdan iborat to`rtliklar ham muhim o`rin tutadi. Har biri qisqa, lekin ma`lum syujetga, chuqur g`oyaviy mazmunga, yuksak badiiylikka ega bo`lgan asarlari bilan Shoir bu janrlarning ham taraqqiYotiga katta hissa qo`Shgan: Siz bilan majlisda ichdik to qimiz, Dahr aro uShShoq haylin toqimiz. Vaslingiz mahsulimiz aylang yana, Kim oning subhi maso muShtoqimiz. Bu tuyuqda ketma-ket so`z o`yinlari bor. Birinchi misradagi to qomiz ichgunimizgacha, ikkinchi misradagi toqimiz-Yolg`izmiz, turtinchi misradagi «muShtoqlik» ma`nolarida ketmoqda. Tabibiy devonlarida, Shuningdek qasida va masnaviylar ham anchagina. Ammo aksariyat qasidalari o`z davri adabiYoti uchun xarakterli bo`lgan xukmdorlarni maqtaShga qaratilgandir. Tabibiy Ogahiy singari g`azallarning tuziliShiga, kompozitsiyasiga alohida e`tibor bergan. Uning g`azallari ko`p mavzuli emas. Shoir asosan bir mavzuni oladi va Shu mavzu bilan bog`liq fikr, tuyg`u, hisni real raviShda keng Yoritadi. /azaldagi har bir misra o`zaro uzviy bog`langan bo`lib, ular hodisa, his, tuyg`uning mantiqiy rivoji sifatida bir-birini to`ldirib boradi. Tabibiy o`z lirikasida aruzning juda ko`p va hilma-xil bahrlaridan foydalangan. Ayniqsa, unda hazaj, ramal va rajaz bahrlari ko`proq uchraydi. Xazaji musammani solim (Mafoyilun mafoyilun mafoyilun mafoyilun ) Falak zole ki andoq bor durur bir tur fa sayYora, Ki har kim juft anga bo`lsa qilur, albat ta, avvora. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling