Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 78.32 Kb.
bet3/7
Sana22.02.2023
Hajmi78.32 Kb.
#1222186
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati.

Bugun jamiyatni axborotlashtirish va kompyuter texnikasidan foydalanishda yutuqlar garovi bo’lgan dasturiy vositalar majmui — sun’iy intellekt haqida ko’p gapirilmoqda. Ishlab chiqarish sohasida axborotlashtirish bilan bog‘liq butun boshli tarmoq vujudga keldi. U ilmiy izlanishlarning yangi yo’nalishlari va, hatto, yangi madaniyat paydo bo’lishiga zamin hozirladiki, oqibatda ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ma’naviy hayot ham tubdan o’zgarmoqda. Bu jarayon borgan sari jadallashib boryapti, ayni choqda u barcha tadrijiy jarayonlar kabi stixiyali ro’y bermoqda. Hozirda ishlab chiqarish sohasini axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo’lmay qoldi. Bu holni XVIII asrda kishilik jamiyatiga suron solib kirib kelgan va tarix yo’nalishini tubdan o’zgartirib yuborgan bug’ mashinasiga qiyoslash mumkin. Mazkur ixtiro tufayli yuz yilning nari-berisida butun hayotiy andozalar o’zgarib ketgan edi. Hozir ham shunga o’xshash jarayon sodir bo’lmoqda va uning XVIII asrdan yagona farqi — hayotimizda yuz berayotgan o’zgarishlar yanada tezkorligidir. Keling, o’zimiz shohidi bo’layotgan jarayonlarning ayrim jihatlariga nazar tashlaylik.

Bundan buyon oldingi marrani yangi ilmiy va texnikaviy g’oyalarni qo’llab-quvvatlash va hayotga tatbiq etishga layoqatli, batamom yangi va mukammal sanoat mahsuloti yarata oladigan hamda bu mahsulotni bozor, avvalo, ichki bozor bilan ta’minlay biladigan davlatlar egallay boshlaydi. Buning uchun esa ushbu davlatlar yuqori malakali hamda intizomli minglab olim, muhandis va, ayniqsa, "ishchi sinfi"ga ega bo’lishi lozim. Men "ishchi sinfi" atamasini iloji boricha kam ishlatishga harakat qilyapman. Chunki bevosita mahsulot yaratuvchi bu "ishchi"larning aksariyati, bugungi kun mezoni boyicha, oliy texnik ma’lumotga, qolaversa, yirik ichki bozorni yaratish uchun mo’may mablag’ga ega bo’ladi. Zero, mahsulot ishlab chiqaruvchi qatlamning o’ziga to’qligi postindustrial jamiyatning sarmoya aylanishini keskin tezlashtiruvchi "zarurat"lardan biridir. Ta’lim bilan bab-baravar texnologik intizom ham anglana boradi, zotan, "chap-dast" ishlab chiqarish alal-oqibat shu texnologik intizomga qat’iy rioya etishga tayanadi. Texnologik intizom esa texnik niyatni royobga chiqaruvchi usta haqidagi tasavvur bilan chambarchas bog’liqdir. Ustalarni (ommaviy mahoratni) tarbiyalash postindustrial jamiyatda muhim milliy vazifaga aylanadi.


Download 78.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling