Xullas, yuqoridagi holatlar yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizni to’g‘ri anglab etishiga jiddiy to’siq bo’lmokda. Natijada yoshlar orasida «milliy nigilizm» degan mafkuraviy kasallik yoyilmokda. Buning ma’nosi quyidagicha: «nigilizm» lotincha nihil «hech nima» so’zidan olingan bo’lib, o’zining yoki yurtining kuch-qudratiga ishonmaslik, ularga past baho berish, ertangi kunga ishonchsizlik, umidsizlikni anglatadi. Milliy nigilizm esa muayyan millat vakillarining o’z millati imkoniyatlarini kamsitib, pasaytirib baholashi, o’z yurtining qadriga etmaslik, mamlakatida roy berayotgan o’zgarishlar miqyosini anglay olmaslik tarzida namoyon bo’ladi. Milliy nigilizm kasalligiga yo’liqqan yoshlarning mafkuraviy immuniteti zaif bo’lib, ular begona g‘oyaviy ta’sirlarga tez beriluvchan, o’z yurtining manfaatlarini himoya qila olmaydigan, o’z yurtining har qanday yutug‘iga nisbatan befarq va ularni o’ta negativ baholovchi, «qildan qiyiq axtaruvchi” nochor kimsalarga aylanib qolishadi. Bunday kishilar mafkuraviy opponentlarimiz uchun yaxshigina «emish»dir. Milliy nigilizmdan qutulishning asosiy yo’li yoshlarga respublikamizda bugungi kunda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning mazmuni va mohiyatini to’g‘ri hamda muntazam ravishda tushuntirib borishdir. Shu yo’nalishda kitoblar nashr etish, ko’chalarga behayo va bema’ni ko’rinishdagi suratlar osish o’rniga milliy taraqqiyotimiz yutuqlarini aks ettiruvchi ijtimoiy reklamalar qoyilishiga e’tiborni kuchaytirish muhimdir. E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |