Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 78.32 Kb.
|
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati.
Mafkuraviy muxoliflarimiz mahalliy xalqning diniy e’tiqodini va tilini kamsitish asosida ularni G‘arbga yoki Sharqqa tobe qilishga urinishadi. Shu asosda bu xalqlar va dinlar orasiga nifoqsoluvchi, ularning tarixini ataylab buzib ko’rsatuvchi adabiyotlar nashr etilmokda. Masalan, tojikistonlik Rahim Masov tojik va o’zbek xalqlarining manfaatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo`yuvchi maqola va kitoblar yozgan. Markaziy Osiyo xalqlarini turkiylar va forsiylarga ajratib, ular orasiga nifoq solib, har ikkala tomon ustidan hukmronlik qilishga da’vat etuvchi rejani rossiyalik politolog Aleksandr Dugin o’zining «Geopolitika asoslari» («Osnovi geopolitiki») nomli asarida ro`y-rost ilgari suradi. Bunday xatti-harakatlar O’rta Osiyo respublikalari orasida vujudga kelgan suv mojarasida ham yaqqol sezilmoqda. Bu haqda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 28 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo’lib o’tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvida so’zlagan nutqida «Bu borada «bo’lib tashla va hukmronlik qil!» degan prinsip - eskidan ma’lum bo’lgan savdo amalga oshgudek bo’lsa, biz kimlarningdir qo’lida arzimas tangaga aylanib qolishimiz mumkin», - deb juda to’g‘ri ta’kidladi. Shuningdek, xalqimizning tarixiy xotirasini buzishga intilish diniy qadriyatlarini oyoqosti qilish, ma’naviy merosini qadrsizlantirishga intilishlar ham ma’naviy taxdidlar jumlasiga kiradi. 2005 yili «Bi-Bi-Si» teleradiokompaniyasi islom tarixiga oid «Islom - e’tiqod saltanati» deb nomlangan hujjatli film yaratdi. Unda islom dini va falsafasi ravnaqiga beqiyos hissa qo’shgan va bizning yurtimizdan chiqqan olimu fuzalolar haqida lom-mim deyilmagan.Xullas, yuqoridagi holatlar yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizni to’g‘ri anglab etishiga jiddiy to’siq bo’lmokda. Natijada yoshlar orasida «milliy nigilizm» degan mafkuraviy kasallik yoyilmokda. Buning ma’nosi quyidagicha: «nigilizm» lotincha nihil «hech nima» so’zidan olingan bo’lib, o’zining yoki yurtining kuch-qudratiga ishonmaslik, ularga past baho berish, ertangi kunga ishonchsizlik, umidsizlikni anglatadi. Milliy nigilizm esa muayyan millat vakillarining o’z millati imkoniyatlarini kamsitib, pasaytirib baholashi, o’z yurtining qadriga etmaslik, mamlakatida roy berayotgan o’zgarishlar miqyosini anglay olmaslik tarzida namoyon bo’ladi. Milliy nigilizm kasalligiga yo’liqqan yoshlarning mafkuraviy immuniteti zaif bo’lib, ular begona g‘oyaviy ta’sirlarga tez beriluvchan, o’z yurtining manfaatlarini himoya qila olmaydigan, o’z yurtining har qanday yutug‘iga nisbatan befarq va ularni o’ta negativ baholovchi, «qildan qiyiq axtaruvchi” nochor kimsalarga aylanib qolishadi. Bunday kishilar mafkuraviy opponentlarimiz uchun yaxshigina «emish»dir. Milliy nigilizmdan qutulishning asosiy yo’li yoshlarga respublikamizda bugungi kunda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning mazmuni va mohiyatini to’g‘ri hamda muntazam ravishda tushuntirib borishdir. Shu yo’nalishda kitoblar nashr etish, ko’chalarga behayo va bema’ni ko’rinishdagi suratlar osish o’rniga milliy taraqqiyotimiz yutuqlarini aks ettiruvchi ijtimoiy reklamalar qoyilishiga e’tiborni kuchaytirish muhimdir.Download 78.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling