“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” yo‘nalishi 2 - bosqich magistranti
Turdiyev Akbarali Usmon o‘g‘liga
TAVSIYANOMA
Turdiyev Akbarali hozirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidravlika
va muhandislik gidrologiyasi” yo‘nalishining 2-bosqich magistranti.
Turdiyev Akbarali ilmiy ishlar, innovatsion g‘oyalar, ixtiro va kashfiyotlar ustida ish olib boradi.
Akbarali Turdiyev ayni paytda Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot institutida “AKT va axborot resurslari” bo‘limi boshlig‘i sifatida ish olib bormoqda. Shu bilan bir qatorda ArcGIS texnologiyasi orqali O‘zbekiston Respublikasida joylashgan barcha daraxt turlarini aniqlash va sun`iy intellekt orqali daraxtlarni sanash texnologiyasi ustida ish olib bormoqda.
Turdiyev Akbarali O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi respublika yosh olimlar kengashi “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovida o‘zining “Smart gidro” loyihasi bilan qatnashgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, loyihani rivojlantirish uchun 20 mln so‘m miqdorda rag‘batlantirishga ega bo‘ldi.
2018-yil 22-martda – “International water day” (xalqaro suv kuni) doirasida o‘tkazilgan “Barqaror rivojlanish yo‘lida suv resurslaridan foydalanishning innovatsion usullari” mavzusidagi tanlovda ilmiy loyihalari bilan ishtirok etdi
va “Smart Gidro” loyihasi bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi;
2018-yil - aprel oyida “The modern problems of agriculture water recources” konferensiyasida “Suv tejamkor texnologiyalar va atrof muhit muhofazasi”
mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, “Eng dolzarb muammoli maqola” muallifi sifatida taqdirlandi;
2018-yil “Yil talabasi” respublika tanlovining institut bosqichida “Yilning ixtirochi talabasi” nominatsiyasi 1-o‘rin sohibi bo‘ldi;
2019-yil dekabr oyida “Intellektual-2019” tanlovining “Eng yaxshi ishlanma” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rin sohibi bo‘ldi;
2019-yil oktabr oyida “Iqtidorli yoshlar” republika forumida faol ishtiroki
va jonkuyarligi uchun “Suv xo‘jaligi vazirligi” tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi;
2019-yil “Climate Launchpad” Xalqaro iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish tanlovida “Suv tejamkor texnologiyalar” mavzusidagi loyihalari bilan qatnashib faxrli
3-o‘rinni qo‘lga kiritib maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Turdiyev Akbarali innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkazilgan
ilmiy-amaliy oʻquv seminarlari hamda tanlovlarida faol ishtirok etib kelgan.
Jumladan: 2021-yil “InnoWeek” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni g‘olibi, “DUBAI EXPO-2020” yo‘llanmasi sovrindori bo‘ldi.
2022-yilning dekabr oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkizilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida “HETA” haydovchisiz elektro traktor hamda “Zamindar” uchuvchisiz o‘g‘itsepar vertalyot loyihasi bilan ishtirok etdi
va faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Turdiyev Akbarali Usmon o‘g‘lini kelajakda o‘z sohasining malakali mutaxassisi bo‘lib, nafaqat universitet, balki vatanimiz ravnaqi va rivojlanishi hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohasini rivoji uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildiraman. Yuqorida keltirilgan ijobiy natijalarini inobatga olgan holda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga munosib nomzod sifatida tavsiya etaman.
Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tatqiqot instituti direktori, t.f.d.
|
B.Pulatov
|
Do'stlaringiz bilan baham: |