Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi maqola” va “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi nizomi


Download 28.24 Kb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi28.24 Kb.
#1006870
  1   2   3
Bog'liq
“Eng yaxshi maqola” va “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi


Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi maqola” va “Yangi innovatsion g‘oya va ishlanma” tanlovi
NIZOMI



  1. Tanlovning maqsadi va vazifalari



    1. Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning fan olimpiadalariga ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, shuningdek, 2019 yil 30 avgustdagi PQ-4433-son “Yoshlarni ilm- fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Toshkent moliya institutining 2022 yilda ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini yanada oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”da iqtidorli talaba-yoshlarning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish belgilanganligini inobatga olgan holda tashkil etiladi.


1.2. Tanlovning asosiy maqsadi – iqtidorli talabalarni saralash, ularning ilmiy faoliyatini tashkil etish va qo‘llab quvvatlashdan iborat.
1.3. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:
- yoshlarning iqtisodiy bilimlarini yanada oshirish;
- ushbu yo‘nalish bo‘yicha keng va chuqur ilmiy o‘rganishlar olib borish;
- talaba yoshlarni ushbu yo‘nalishda olib borayotgan ilmiy o‘rganishlariga shart-sharoitlar yaratish;
- mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.




  1. Download 28.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling