Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 «2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 75.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana09.01.2022
Hajmi75.29 Kb.
#262419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
faol-tadbirkorlik

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

4

belgilansin:

respublika  iqtisodiyotining  ishlab  chiqarish  salohiyatini  kengaytirishga,  shuningdek,  uning

raqobatbardoshligini  yanada  oshirishga  toʻgʻridan-toʻgʻri  xorijiy  investitsiyalar  va  innovatsion

texnologiyalarni  jalb  etish;

xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yoʻlga

qoʻyish orqali investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish va rivojlantirish;

investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

investitsiya muhitini yaxshilashga, shuningdek, respublikamizning investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini

xorijda keng targʻib qilishga koʻmaklashish;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan 5

million AQSH dollari miqdoridagi ustav kapitaliga ega, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, davlat ulushi 100

foiz  boʻlgan  Oʻzbekiston  Respublikasi  toʻgʻridan-toʻgʻri  investitsiyalar  jamgʻarmasining  boshqaruv

kompaniyasi  (keyingi  oʻrinlarda  –  boshqaruv  kompaniyasi).

8. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Jamgʻarmaning yagona taʼsischisi hisoblanadi

hamda uning kapitalini Jamgʻarma bilan birgalikda loyihalarga investitsiya kiritish toʻgʻrisida investorlar

tomonidan qaror qabul qilinishiga qarab shakllantiradi;

Investitsiya  loyihalari  boshqaruv  kompaniyasi  tomonidan  investitsiya  uchun  ustuvor  sohalar,  iqtisodiy

maqsadga muvofiqlik va samaradorlik hisobga olingan holda mustaqil ravishda tanlab olinadi;

bir  loyiha  boʻyicha  Jamgʻarma  investitsiyalarining  eng  koʻp  miqdori  ushbu  loyihaga  kiritilishi

rejalashtirilayotgan  investitsiyalar  umumiy  hajmining  30  foizidan  oshmasligi  lozim,  qolgan  qismi

investorlarning  oʻz  mablagʻi  va  jalb  qilingan  mablagʻlari  hisobidan  moliyalashtiriladi;

Jamgʻarma va boshqaruv kompaniyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar

boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat

qarorini qabul qilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash;

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni birgalikda moliyalashtirish tamoyillari asosida jalb qilish boʻyicha

samarali  va  shaffof  tijorat  maydonini  yaratgan  holda  Jamgʻarma  va  boshqaruv  kompaniyasi  oʻrtasida

hamkorlik  qilish  tartibini  belgilash;

tomonlarning  huquq  va  majburiyatlari,  investitsiya  siyosatining  tamoyillari,  shuningdek,  uni  amalga

oshirish  mexanizmlarini  belgilagan  holda  Jamgʻarma  va  boshqaruv  kompaniyasi  oʻrtasida  investitsiya

aktivlarini ishonchli boshqarish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish tartibi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Z.Sh.Nizomiddinov) Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 martga

qadar investitsiya loyihalarini, birinchi navbatda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida amalga oshirishni

ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etishni hisobga olgan holda,

toʻgʻridan-toʻgʻri  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  qilish  mexanizmlarini  takomillashtirishni  nazarda  tutuvchi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin.

11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2019 yil 1 martdan boshlab:

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning taʼsischilari (ishtirokchilari) va ularning oila aʼzolari uchun





Download 75.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling