Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 «2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
Download 75.29 Kb. Pdf ko'rish
|
faol-tadbirkorlik
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI
5 muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati boʻlgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” joriy etiladi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSH dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning taʼsischilari (ishtirokchilari)ga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi; Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va taʼlim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi; xorijiy investorlar, ular tomonidan xorijiy davlatlar fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila aʼzolarini vaqtincha roʻyxatga olish investitsiya loyihasi roʻyobga chiqarilayotgan hududdagi aholi yashash punktida, mamlakatning boshqa hududlarida boʻlganda qayta roʻyxatdan oʻtish majburiyatisiz, vizaning amal qilish muddatiga (viza mavjud boʻlmaganda esa 1 yil muddatga) amalga oshiriladi. 12. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasi (BAA) bilan birgalikdaOʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – investitsiya kompaniyasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R.Xolmurodov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori Sh.A.Vafoyevga Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolash vakolati berilsin. 13. Belgilansinki, investitsiya kompaniyasi: Abu Dabi rivojlanish jamgʻarmasi (BAA) kompaniyasining 75 foiz miqdordagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 25 foiz miqdordagiulushlari hisobiga 5 million AQSH dollari miqdoridagi ustav fondiga va 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi eʼlon qilingan kapitaliga ega boʻlib, masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi, bunda qoʻshimcha ishtirokchilarni oʻrnatilgan tartibda jalb etish mumkin boʻladi; faoliyat koʻrsatayotgan va yangi tashkil qilinayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav kapitallarida ulushlar sotib olish, qarzlar berish, qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar ustav kapitalidagi ulushlarni mahalliy va xorijiy investorlarga realizatsiya qilish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa shakllarda investitsiya faoliyatini olib borish huquqiga ega; Birlashgan Arab Amirliklarining investitsiyaviy, moliya institutlari va kompaniyalari bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini bajaradi, ular bilan investitsiyaviy munosabatlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi va roʻyobga chiqarishga koʻmaklashadi. 14. Belgilab qoʻyilsinki: investitsiya kompaniyasi, shuningdek, uning taʼsischilari olingan dividend va foizlar boʻyicha daromadlar bilan birga foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan, shuningdek, uning mol-mulki va aktivlarini realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan 3 yil muddatga ozod qilinadi; ustav fondi (kapitali)ning kamida 30 foizi investitsiya kompaniyasi mablagʻlari hisobidan shakllantirilgan yangi tashkil etilgan korxonalarga xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling