Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1 «2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»


TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI


Download 75.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana09.01.2022
Hajmi75.29 Kb.
#262419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
faol-tadbirkorlik

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

6

15. Quyidagilar:

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Administratsiyasi  boshqaruv  xodimlarining  vakant  lavozimlarini

qisqartirish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy taʼminlash va huquqni

muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari tuzilmasida 5 ta

shtat birligidan iborat Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini

muvofiqlashtirish shoʻbasi;

vazirlik va idoralarda – belgilangan shtatlar soni doirasida xalqaro reytinglar boʻyicha faoliyatni amalga

oshirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalar

tashkil etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaxshilash

uchun masʼul vazirlik va idoralar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

16. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligiga, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlik doiralar, tadbirkorlar,

salohiyatli  investorlar,  davlat  va  jamoat  arboblari  oʻrtasida  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  keng

koʻlamli islohotlar, jumladan, Davlat dasturining borishi, biznes uchun yaratilgan qulay sharoitlar toʻgʻrisida

keng maʼlumot berish va targʻib qilishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan PR-markaz funksiyasi yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Z.Sh.Nizomiddinov) ikki hafta muddatda Oʻzbekiston

Matbuot va axborot agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi, jumladan, PR-markaz funksiyasini

bajarish doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqsin.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari,

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda yetakchi xalqaro moliyaviy va konsalting tashkilotlarini

jalb etgan holda 2019 yil 1 iyulga qadar ustav kapitalidagi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining

aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish nazarda tutilayotgan strategik ahamiyatga ega boʻlmagan xoʻjalik

jamiyatlari yagona roʻyxati shakllantirilishi va yuritilishini taʼminlasin.

18.  Oʻzbekiston  Respublikasi  Davlat  aktivlarini  boshqarish  agentligi  Investitsiyalar  boʻyicha  davlat

qoʻmitasi,  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Oʻzbekiston  Matbuot  va  axborot  agentligi,  shuningdek,  Oʻzbekiston

Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda 2019 yil 10 iyulga qadar xalqaro

ishbilarmonlik doiralarida istiqbolli investitsiya loyihalari, shu jumladan, ustav kapitalidagi davlat va xoʻjalik

boshqaruvi organlarining aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish nazarda tutilayotgan xoʻjalik jamiyatlari,

davlat-xususiy  sheriklik  loyihalarining  taqdimotlarini  (“Road  Show”)oʻtkazish  grafigini  tasdiqlasin  va  yil

davomida  amalga  oshirsin.

19. Belgilansinki, 2019 yil 1 martdan boshlab bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor onalarga, ular

pensiya yoshiga toʻlgandan soʻng, agar ularda pensiya tayinlash uchun zarur staj mavjud boʻlmasa, ijtimoiy

nafaqa toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu bandda belgilangan ijtimoiy nafaqa

miqdorini va uni toʻlash tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin.

20. Band boʻlmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish,

shuningdek, kasbiy malakalar berish va tasdiqlashning umummilliy tizimini joriy etish boʻyicha tizimli

ishlarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yildagi

ustuvor vazifasi hisoblansin.

Belgilansinki,  fuqarolar,  ayniqsa,  yoshlar  tomonidan  oʻz  malakasini  oshirish  uchun  taʼsirchan

ragʻbatlantiruvchi omillar yaratish, shu jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasiga

kiruvchi kasb-hunar kollejlari negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida band boʻlmagan aholi va

ishsiz fuqarolar uchun oʻqitish markazlarini tashkil etish hisobiga zamonaviy oʻquv va ishlab chiqarish




Download 75.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling