Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bulmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir. Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib urin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobakada teng katnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta ko’rishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim. Bizning Respublikamiz xam mustakillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon kirib bormokda. Bu masala Prezidentimiz va xukumatimizning diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi. Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi. Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan. Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi.O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |