Toshkent kimyo texnalogiyalar instituti


Download 388.31 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi388.31 Kb.
#1145467
1   2   3
Bog'liq
kimyo injineringi

Tajribaviy qism
Taqsimlanish koeffitsiyentini aniqlash. Taqsimlanish koeffitsiyentini quydagicha aniqlash mumkin. O’lchov kolbasida o’rganilayotgan kislotaning tegishli erituvchidagi eritmasi tayyorlnadi . Sirka va xlorid kislotalari bilan ishlaganda suv erituvchi bo’lib xizmat qiladi: benzoy ,salitsil va shunga o’xshash kislotalar bilan ishlaganda esa ,organik erituvchilar ishlatiladi. Olingan eritmani ketma-ket suyultirilib, yana bir necha ( 2-3) ishchi eritmalar tayyorlanadi va ular qopqoqli kolbaga quyib qo’yiladi.Har bir tayyorlangan eritmalarga bir xil miqdordagi ikkinchi erituvchidan solinadi, kolbaning og’zini yopib , 40-45 minutdavomida chayqatiladi.Shundan so’ng suyuqliklar to’la qavatlangunga qadar tinch holatda qoldiriladi ( taxminan 1soat) .Chayqatilgan vaqtda kolbaning qopqog’ini ushlab turish lozim va vaqti-vaqti bilan ehtiyotlik bilan biroz ochib turiladi.
Qavatlarga bo’luv voronkalari yordamida ajratiladi ( hamma ishni kolbalarda emas balki qopqoqli bo’luv voronkalarda olib borilsa ham bo’ladi).Har bir qavatdan bir nechtadan namuna olinadi .Titrlash uchun namunalarni olishda bo’lish voronkalari o’rniga pipetkadan foydalanish mumkin. 5sm3 hajmli pipetka yordamida ,
CH3COOH va HCl lar bilan ishlaganda esa ,2 sm3 li pipetka bilan,organik qavatidan namuna olinadi.Agar suv qavati pastda bo’lsa ,yuqoridagi qavatdan pipetkaga eritma o’tib ketmasligi uchun pipetkaning yuqoridagi teshigini barmoq bilan berkitamiz va ikkinchi qo’l bilan pipetkaning zo’ldiri isitiladi va eritmaga pipetka kolbaning tagiga yetguncha tushiriladi.Bu holda pipetkaning ichidagi havo qizib kengayadi va uning ichiga yuqoridagi suyuqlikning o’tishiga qarshilik qiladi.
Ajratib olingan namuna titrlash uchun kolbaga qiyiladi, unga 2-3 tomchi indikator va ~20sm3 ditillangan suv qo’shiladi va NaOH eritmasi bilan titrlanadi. Xuddi shunday yo’l bilan organik qavatdan ham 5 sm3 dan namunalar olinadi va qopqoqli kolbaga solinadi, ular indikator va ~20sm3 distillangan suv qo’shiladi ,keyin qavatidagi ushbu indikatorga xos rang paydo bo’lguncha va u chayqatilganda yo’qolmaydigan holatga kelguncha sekin-asta titrlanadi .Titrlash natijalari bir xil bo’lguncha 2-3 marta takrorlanadi.
Suyultirilgan eritmlar bilan ishlaganda titrlash uchun olinayotgan namunalarning hajmi 2-3marta oshirish foydali.Har bir qavatda tekshirilayotgan moddaning konsentratsiyasi quydagi

Tenglama bilan aniqlanadi; bu yerda v1 va v2 titrlashdan oldingi va keyingi byuretkada olingan o’lchov hajmlar sm3 ; v titrlash uchun olingan eritmaning hajmi
Sm3; c-ishqorning konsentratsiyasi,M.
Organik erituvchilarni tutgan hamma eritmlar alohida kolbaga quyiladi.Ish tugagandan so’ng organik erituvchi suv qavatidan ajratiladi,2-3marta suv bilan yuviladi va qoldiqlar saqlanuvchi kolbaga solinadi. Taqsimlanish koeffitsienti yuqoridagi tenglamalarning biri yordamida hisoblanadi,turli konsentratsiyalar uchun k ning o’zgarmas qiymatini aniqlovchi tenglama tanlab olinadi.

Download 388.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling